1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
4076 MILLIY GOYA
an’analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi. Chuqur ildizi о„tmishdagi an‟anaviy
jamoa turmush tarziga borib taqaladigan kollektivchilik asoslari О„zbekiston xalqiga tarixan xosdir. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar tо„g„risida g„amxо„rlik qilish, ochiq kо„ngillilik, millatidan qat‟i nazar odamlarga xayrixohlik bilan munosabatda bо„lish, о„zgalar kulfatiga hamdard bо„lish va о„zaro yordam 11 tuyg„usi kishilar о„rtasidagi munosabatlarning meyori hisoblanadi. О„zbeklar diyoriga, о„z Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlarga, ma‟rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat-ehtirom - О„zbekiston aholisiga xos fazilatlardir. Odamlarning turmush tarzida, ruhiyatida, ma‟naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda, islomga e‟tiqod qiluvchi xalqlar bilan yaqinlashish istagida ham shu omil namoyon bо„ladi. Mazkur mintaqaning qadimiy tarixi va madaniyati, bunda yashab о„tgan Sharq mutafakkirlari va faylasuflarining jahon madaniyatini rivojlantirishga qо„shgan g„oyat katta hissalari ham bu yerda yashayotgan odamlar turmushining barcha tomonlariga sezilarli ta‟sir о„tkazgan. О„tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning ma‟naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta‟sir kо„rsatmoqda. Respublikadagi о‘ziga xos demografik vaziyat - g‘oyat muhim xususiyatlardan biridir. Respublikamizda aholi va mehnat resurslari har bir yuksak sur‟atlar bilan о„sib bormoqda. Aholining yarmidan kо„prog„i qishloq joylarda yashaydi va asosan dehqonchilik bilan shug„ullanadi. Aholi tarkibida 60 foizdan kо„prog„i bolalar, о„smirlar, 25 yoshgacha bо„lgan yigit-qizlar tashkil etadi. О„z ajdodlari qadimdan yashab kelgan joylarga bog„langanlik, kо„chib yurishga moyillikning yо„qligi respublika aholisiga xos xususiyatdir. Respublikaning yana bir xususiyati - milliy tarkibining о‘ziga xosligidir. Etnik tarkibda tub aholi ustun mavqeni egallaydi. Shu bilan bir vaqtda respublika hududida о„z madaniyati va an‟anasiga ega bо„lgan yuzdan ziyod millat vakillari yashab turibdi. О„zbekistonning milliy-madaniy jihatdan g„oyat rang-barangligi milliy о„zligini anglash va ma‟naviy qayta tiklanishning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangilash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchun qudratli omil bо„lib xizmat qiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga qо„shilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi. Keyingi о„n yillar mobaynida ma’lum qadriyatlarga ega bо‘lgan kishilarning muayyan ijtimoiy ongi shakllanganligini ham e‟tiborga olmaslik mumkin emas. Bir tomondan, bu ijtimoiy tenglikka, kafolatlangan mehnat qilish huquqiga, yalpi bepul ta‟lim va tibbiy xizmatga qat‟iy tarafdorlikka intilishida namoyon bо„lmoqda. Ikkinchi tomondan esa, yakkahokimlikdan iborat ma‟muriy- buyruqbozlik tizimi kelitirb chiqargan insonni mulkka egalikdan va xо„jayinlik tuyg„usidan begonalashtirilganligi, tayyorga ayyorlik ruhiyati yuzaga keltirilganligida kо„rinadi. Yangilanish va ijtimoiy taraqqiyotning о„zimiz tanlagan yо„li -murakkab jarayon bо„lib, respublika ijtimoiy turmushining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma‟naviy-madaniy va boshqa barcha sohalarini qamrab oladi. Xalq davlat hokimiyatining manbaidir. Uning xohish-irodasi davlat siyosatini belgilab beradi. Bu siyosat inson va jamiyatning farovonligini, О„zbekiston barcha fuqarolarining munosib turmushini ta‟minlashga qaratilgan. Yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlab berganligi bilan xarakterlanadi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling