1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”
Milliy g„oyaning asosiy tushunchalari va qonunlari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
4076 MILLIY GOYA
3.Milliy g„oyaning asosiy tushunchalari va qonunlari
Milliy istiqlol g„oyasi muayyan tushunchalarga asoslanadi. Ular turli xil bо„lib, jamiyatda shakllangan va mavjud bо„lgan fikrlar xilma-xilligi bilan kishilarning о„zaro ijtimoiy munosabatlari asosida amaliy hatti-harakati orqali namoyon bо„ladi. «Milliy g„oya va istiqlol mafkurasi haqida gap borar ekan, deb ta‟kidlaydi Yurtboshimiz, - biz nihoyatda keng qamrovli, murakkab, serqirra, insoniyat tarixida aniq va mukammal ifodasi, tugal namunasi hali-hanuz yaratilmagan tushunchalarni о„zimizga tasavvur qilishimiz kerak, deb о„ylayman. Bu tushunchalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligikabi yuksak g„oyalarning ma‟no-mazmunini teran anglab yetishga xizmat qiladi»[Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz ma’sulmiz. T.9. -T.: «О‘zbekiston», 2001, 221-222 b.]. Binobarin, milliy istiqlol g„oyasining asosiy tushunchalari va qonunlarini о„rganish nisbiylik xususiyatiga egadir. Milliy istiqlol g„oyasini о„rganishda quyidagi tushunchalarni hisobga olish zarur: - turli jamiyatlar, xalqlar hayoti, milliy-madaniy qadriyatlari, maqsadlari bilan bog„liq bо„lgan turli xil ma‟no-mazmunga ega umumiy tushunchalar: «g„oya», «mafkura», «g„oyaning turli xil kо„rinishlari», «bunyodkor g„oyalar» va «yovuz, tajavvuzkor g„oyalar», «milliy g„oyalar» va «umumbashariy g„oyalar»; - jamiyatning siyosiy hayoti, turli xil jamoat birlashmalari faoliyati bilan bog„liq maqsad va intilishlarni ifoda etadigan turli-xil siyosiy mafkuralar kо„rinishlari; - О„zbekiston xalqi hayoti bilan bog„liq bо„lgan, uni о„zida aks ettiradigan va unga xizmat qiladigan «milliy istiqlol g„oyasi», «milliy istiqlol g„oyasining ma‟naviy negizlari», «milliy rivojlanish g„oyasi», «milliy istiqlol mafkurasi», «milliy istiqlol g„oyasining asosiy g„oyalari», «milliy istiqlol g„oyasining bosh g„oyasi», «milliy istiqlol g„oyasining umumbashariy tamoyillari» v.b. tushunchalar. 7 Milliy istiqlol g„oyasi bilan bog„liq tushunchalarning о„ziga xos xususiyati shundan iboratki u asosan О„zbekiston xalqi ijtimoiy, hayot sohalari rivoji bilan, uning milliy-madaniy merosi, urf-odatlari, qadriyatlari, tili, madaniyati, tarixi, falsafasi, diniy ruhiyati bilan uzviy bog„liq. Milliy istiqlol g„oyasi milliylikni, milliy rivojlanish xususiyatlarini e‟tirof etadi va unga hurmat bilan qaraydi. Milliy istiqlol g„oyasi «sinfiylik», «partiyaviylik» tamoyillariga asoslanmaydi. Boshqa mamlakat xalqlari hayotiga о„z g„oyalarini singdirishni da‟vo qilmaydi. Bu bilan u «kommunistik g„oyadan» tubdan farq qiladi. Milliy istiqlol g„oyasi О„zbekiston Respublikasi nomini olgan о„zbek xalqi, millatining milliy-madaniy merosiga tayangan holda boshqa xalqlar madaniyati, maqsad va intilishlari bilan о„zaro mushtarak tarzda mamlakat ravnaqining ma‟naviy-ruhiy, falsafiy omili sifatida xizmat qiladi. Milliy istiqlol g„oyasini о„rganishni taqoza etadigan umumiy va о„ziga xos qonuniyatlar mavjud. Umumiy qonuniyatlar turli xalqlar, mamlakatlar, jamiyatlar hayotida amal qiladigan umumiy asosga ega bо„lgan ichki zaruriy bog„lanishlar bо„lib, u jamiyat va mafkuralar (g„oyalar) ning bir-birlari bilan uzviy bog„liqligi qonunidir. Jamiyat mafkurasiz, maqsadsiz yashay olmaydi. Demak, birinchidan mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bо„lmasa, odam, jamiyat, davlat о„z yо„lini yо„qotishi muqarrar. Ikkinchidan, qayerdaki mafkuraviy bо„shliq vujudga kelsa, о„sha yerda begona mafkura hukmronlik qilishi ham tayin. Buni isboti uchun xoh tarixdan, xoh zamonamizdan kо„plab misollar keltirish qiyin emas. [Karimov I.A. Biz kelajagimizni о„z qо„limiz bilan quramiz. T.7. -T.: «О„zbekiston», 1999, 84-85 b.] U jamiyat oldidagi maqsadlar, uni amalga oshirish vositalaridir. Milliy istiqlol g„oyasining tushunchalari bilan bir qatorda uning namoyon bо„lish qonunlari ham mavjud. Bular: - Turli xalqlar, turli jamiyatlar mavjud. Ularning maqsadlari ham rivojlanish yо„llari ham turli xil. YA‟ni rivojlanishning, ijtimoiy taraqqiyotning xilma-xilligi qonuni orqali namoyon bо„ladi; 8 - Dunyoning mafkuraviy manzarasi turli xil maqsadlar, turli-xil manfaatlar, qarashlar bilan bog„liq holda namoyon bо„lgan va bо„lib qolmoqda. Bu ezgu g„oyalar bilan birga yovuz g„oyalarning ham yashovchanligini, «dunyoda mafkura sohasida kurashning» davom etib kelayotganligining asosida yotgan о„ziga xos jihatidir. Lekin, har bir xalqning о„ziga xos ma‟naviy ruhiyati, merosi, qadriyatlari bilan bog„liq g„oyasi ham mavjud. Uni inkor etib bо„lmaydi. Uni anglamaslik u bilan bog„liq bо„lgan turmush tarzini, madaniyatidagi xususiyatlarini, tarixini, tilini, milliy-madaniy rivojlanish qonuniyatlarini e‟tirof etmaslikka olib keladi. Bu oxir-oqibatda shu xalqni yoki mamlakatning «о„zligini» tan olmaslikka sabab bо„ladigan yо„ldir. - Globallashuv jarayoni, uning milliy g„oyada ta‟sir etishi ham о„ziga xos umumiy qonuniyatdir. Bu jarayon turli mamlakatlar, xalqlar hayotida ularning bir-biriga bog„liqligini, о„zaro ta‟sirini oshiradi, ma‟naviy, g„oyaviy hayotida aks etmasdan qolmaydi. Milliy istiqlol g„oyasi tо„g„risida fikr yuritganda, uning О„zbekiston jamiyati, о„zbek xalqi hayoti, turmush tarzi, tarixi, madaniyati, milliy-madaniy merosi va qadriyatlari bilan bog„liq bо„lgan, hamda milliy g„oyasida aks etadigan, о„ziga xos qonuniyatlari ham mavjud. Bu qonuniyat milliy istiqlol g„oyasining mazmuni, maqsadi va xususiyati nuqtai nazaridan qaraganda alohida, ustuvor ahamiyatga ega. Chunki, bu qonuniyatni hisobga olish о„zbek xalqining, millatning kelajagi bilan о„zligini saqlab qolish hamda о„z negizida rivojlanishini, dunyoda о„ziga xos о„ringa ega bо„lishni e‟tirof etish bilan bog„liq. Tarixan yondoshganda bu sohada «turli g„oyalar», «mafkuralar» ana shu muhim qonuniyatlarga zid bо„lgan holatlarni ham kuzatilishini kо„rsatadi. О„zbek xalqini tilidan, madaniyatidan, tarixidan ajratib qо„yishga bо„lgan urinishlar bunga misoldir. Chunki, yot va begona g„oyalar xalqning turmush tarzi, milliy-madaniy qadriyatlaridan ajratib qо„yish orqali uni zaiflashtirishga va о„z irodasiga bо„ysindirishga harakat qilgan. Yot va begona g„oyalar kirib kelishi oqibatida ba‟zi xalqlarning millat sifatida rivojiga о„zining salbiy ta‟sirini о„tkazgan. Shuning uchun ham milliy istiqlol g„oyasiga tayanish va unga amal qilish О„zbekiston xalqining о„zligini saqlab qolish va о„ziga xos va mos rivojlanish ehtiyoji sifatida namoyon bо„ladi. Demak, milliy istiqlol g„oyasining qonuniyatlari har bir xalq uchun milliy о„ziga xosligini zamon yutuqlari bilan bog„lashning nafaqat kafolati, balki rivojlanish strategiyasi hamdir. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling