1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining boshqa fanlar


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

6.Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining boshqa fanlar 
bilan aloqadorligi va uni о„rganishning ahamiyati 
Milliy istiqlol g„oyasini faqat shu Fanni о„rganish asosidagina egallash 
mumkin deb qarash birtomonlama va notо„g„ri tasavvurdir. 
Aksincha, milliy istiqlol g„oyasi bilan barcha fanlar, xususan falsafa, 
ijtimoiy gumanitar, iqtisod, ijtimoiy-siyosiy fanlar uzviy bog„liq. Bu fanlarning 
qanday g„oyaga asoslanishi, ularni о„qitish asosida yoshlar ongi va ishonchiga, 
qalbiga qanday g„oyalar singdirilishi har qanday jamiyat uchun ham zaruriy 
shartdir. Ayniqsa, mustabid tuzum davrida bu fanlarni о„ta mafkuralashtirib, 
xalqlar, mamlakatlar va millatlar taqdiriga, uning rivojlanish yо„li, milliy-madaniy 
merosiga, qadriyatlariga ham «sinfiy» manfaatlar «kommunistik g„oya» 
talablaridan kelib chiqib yondashilganligini aniq hisobga olish kerak. Natijada 
О„zbekiston xalqi hayoti, tarixi «о„zga xalqlar tarixi»ni о„rganishdan iborat bо„lib 
qolgandi. 
Yoki 
milliy 
madaniyat, 
qadriyatlar 
о„rnida 
«soxta 
baynalmilallashtirilgan», mohiyatan milliylikni e‟tirof etmaydigan, milliy 


15 
qadriyatlardan begona «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» bо„lgan tamoyilga 
bо„ysundirilgan edi. Butun ta‟lim va tarbiya, fan va ilmiy muassasalar, madaniy-
ma‟rifiy ishlar, adabiyot va san‟at, ijod uchun «sotsialistik realizm» muhim 
mezonga aylangan, tо„g„rirog„i aylantirilgan edi. Shunga javob berish va shunga 
amal qilinishi shart edi. Bu barcha ijtimoiy-gumanitar fanlarning yagona qolipga 
solinishiga «yagona kommunistik g„oya va mafkura»ning targ„ibotchisiga 
aylanishiga olib keldi. Oqibatda ijtimoiy-siyosiy fanlar «rivojlanishdan» «tо„xtadi». 
Fanlarning erkin rivojlanmasligi oqibatida ularning samarasi tushib, teskari «natija» 
berganligi ma‟lum. 
Bugun milliy istiqlol g„oyasining boshqa fanlar bilan munosabati tо„g„risida 
fikr yuritilganda avvalo uni «kommunistik g„oya tamoyillaridan tub farqini hisobga 
olish» muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda «fikrlar xilma-xilligi», «g„oyalar xilma 
xilligi» tamoyiliga asoslanishni, xalqning milliy-madaniy merosi va qadriyatlariga 
tayanishi hamda umumbashariy tamoyillarni e‟tirof etish qoidasi fanlarning rivoji 
uchun keng imkoniyat beradi. Ikkinchidan har bir fan yо„nalishlari (sohalari) orqali 
milliy istiqlol g„oyasi negizlarini bilib olish mumkin. Masalan, milliy istiqlol 
g„oyasining tarixiy negizlarini - tarix orqali, falsafiy jihatlarini – falsafa, iqtisodiy 
asoslarini - iqtisod, diniy asoslarini – dinshunoslik, adabiyot va san‟at bilan bog„liq 
tomonlarini о„rganish orqali milliy g„oya kishilarning ishonch va e‟tiqodiga aylanib 
boradi. Boshqa fanlar ham о„z predmeti maqsad va vazifalari bilan shu mushtarak 
maqsadga xizmat qilishi tabiiy. 
Milliy istiqlol g„oyasini alohida fan sifatida о„rganish esa uning о„ziga xos 
xususiyatlarini, ishonch va e‟tiqodga aylanish bilan bog„liq qonuniyatlarining 
mavjudligini anglatadi. Uni alohida о„rganish yuqorida qayd etilgan fanlarning 
bevosita vazifasiga kirmaydi. Shu ma‟noda, milliy istiqlol g„oyasi bilan bog„liq 
bо„lgan qonuniyatlarni о„rganish, uning о„ziga xos jihatlarini bilish О„zbekiston 
xalqlari hayotida muhim ahamiyatga ega. U quyidagi yо„nalishlarda о„zining aniq 
ifodasini topadi.
- Milliy istiqlol g„oyasi О„zbekistonning har bir fuqarosiga О„zbekiston 
xalqlari, о„zbek xalqi hayoti, ma‟naviy-ruhiy, madaniy merosi, milliy-ma‟naviy 
qadriyatlari bilan yaqindan tanishtiradi, uning mazmun va mohiyatini anglashga 
undaydi. Bu ularni milliy-ma‟naviy negizlariga tayangan holda rivojlanish, uni 
qadrlash tuyg„ularini shakllantiradi va mustahkamlaydi;
- Milliy istiqlol g„oyasi tamoyillarining har bir fuqaroning ishonch va 
e‟tiqodiga aylanishi, kishilarning hatti-harakati va faoliyati orqali ularning 
mamlakat oldida turgan maqsadlarni birgalikda amalga oshirish uchun ularni 
mushtarak maqsadlar atrofida jipslashtiradi, ma‟naviy-ruhiy kuch-quvvat beradi.
- Yot, zararli, begona g„oyalarning ta‟siridan saqlaydi, g„oyaviy 
immunitetni oshiradi. Prezidentimiz aytganlaridek, «fikrga qarshi fikr bilan, 
g„oyaga qarshi g„oya bilan, jaholatga qarshi faqat ma‟rifat bilan» kurashishni talab 
etadi. Chunki, о„zining fikri, g„oyasi bо„lmagan odam yot va begona, yovuz 
g„oyalarga qarshi kurasha olmaydi;
- Milliy istiqlol g„oyasini о„rganish orqali inson turli xil g„oyaviy 
ta‟sirlarning maqsad va muddaolarini bir-biridan farqlay oladi. Fuqarolarda 
xususan yoshlarning tarixiy xotirasi, milliy о„zligini anglashi milliy-ma‟naviy 


16 
qadriyatlarga bо„lgan sog„lom muhitni shakllantiradi va uni hurmat qilish ruhida 
tarbiyalaydi.
- Milliy istiqlol g„oyasini о„rganish, milliy g„urur, avlodlarga munosib 
vorislar bо„lish, ular bilan faxrlanish va ularga о„xshab о„z Vatanining ravnaqiga 
munosib hissa qо„shish bilan bog„liqdir. Hozirgi zamon ilm-fan yutuqlarini 
egallash, fan va texnologiyalarni о„zlashtirishga da‟vat etadi. Vatanparvarlik 
tuyg„ularini oshiradi. О„z xalqiga va millatiga bо„lgan sadoqatini mustahkamlaydi. 
Kelajak avlodlar oldidagi ma‟suliyatni oshiradi. О„zbekistonni ozod va obod Vatan, 
erkin va farovon hayotga ega bо„lgan mustaqil mamlakat sifatida dunyo 
hamjamiyatida о„ziga xos о„ringa va nufuzga ega bо„lish uchun fidoyilik bilan 
mehnat qilishga xizmat qiladi.
Mamlakatda fuqarolik jamiyati qurilishida uning ahamiyati doimo oshib 
boradi. Chunki, dunyoda turli xil g„oyalar, turli xil maqsadlar mavjud bо„lar ekan, 
milliy istiqlol g„oyasi tizim sifatida amal qilishi kerak. Shunda О„zbekiston 
о„zining tadrijiy rivojiga ega bо„ladi. Milliy g„oya hayot о„zgarishlari bilan bog„liq 
holda doimo yangi-yangi muammolarga duch kelishi mumkin. Har bir davr, zamon 
va makon о„zgarishlari, unga bо„lgan ishonch va e‟tiqod zaruratini doimo saqlab 
qoladi. Faqat uni yangi sharoitda yangicha yondashuv, yangicha texnologiyalarni 
joriy etish asosidagina odamlar ongi va tafakkuri, ishonch va e‟tiqodi bilan bog„liq 
ma‟naviy-ruhiy olamining negizi bо„lgan milliy istiqlol g„oyasi uzluksiz ravishda 
mustaqillikni mustahkamlashga va rivojlantirishga shart-sharoit yaratadi. 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling