2I-21 guruh talabasi g’afforov muhammadaminning
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- MILLIY BOYLIK
2I-21 GURUH TALABASI G’AFFOROV MUHAMMADAMINNING MILLIY BOYLIK MAVZUSIDA TAYYORLAGAN TAQDIMOTI O’QUV YILI 2022-2023 MAVZU: MILLIY BOYLIK TUSHUNCHASI VA UNING TARKIBIY TUZILISHI REJA: MILLIY BOYLIK TUSHUNCHASI •MILLIY BOYLIKNI TARKIBIY TUZILISHI MILLIY BOYLIK TURLARI HAQIDA •XULOSA • MILLIY BOYLIK insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg'arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir. • MILLIY BOYLIK — mamlakatning tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish va kishilar hayotini taʼminlash sharoitlarini belgilovchi resurslari majmui. Umuman, mamlakatning mulkiy holatini tavsiflashda qoʻllaniladigan Milliy boylik koʻrsatikichi turli shaklda jamgʻarilgan kishilar mehnat mahsullari natijalari bilan birga iqtisodiy muomalaga kiritilgan tabiat resurelarini, shuningdek, xorijdagi moliyaviy aktivlar va hisobkitoblar saldosini ham oʻz ichiga oladi. Milliy boylikni hisoblash milliy hisoblar tizimi konsepsiyasiga asoslanadi, Milliy boylik har bir mamlakat xalqi hayoti va taraqqiyotida katta ahamiyatga ega boʻlib, umumiy hayot darajasini, mamlakatning salohiyatini ifodalaydigan juda muhim makroiqtisodiy va umumiqtisodiy koʻrsatkichdir. MILLIY BOYLIKNI SHARTLI RAVISHDA QUYIDAGI UCHTA YIRIK TARKIBIY QISMLAIGA AJRATISH MUMKIN: 1. Moddiy-buyumlashgan boylik. 2. Nomoddiy boylik. 3. Tabiiy boylik. MODDIY-BUYUMLASHGAN BOYLIK • Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning, unumli mehnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg'arish oqibatida vujudga keladi va o'sib boradi. Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig'indisi sifatida tasavvur qilish noto'g'ri bo'lar edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqarib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste'mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o'mini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy-buyumlashgan boylik sifatida jamg'arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o'sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi. MILLIY BOYLIKNING INSON MEHNATI BILAN YARATILGAN MODDIY QISMI QIYMAT SHAKLIGA EGA BO'LIB, TARKIBIY TUZILISHI BO'YICHA QO'YIDAGILARNI O'Z ICHIGA OLADI: • - ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar). Bular butun milliy boylik tarkibida ancha katta salmoqqa ega bo'ladi hamda o'zining texnikaviy darajasi bo'yicha yalpi milliy mahsulotning o'sish imkoniyatini belgilab beradi; • - noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar). Asosiy kapitalning bu turiga mamlakatning uy-joy fondi, ijtimoiy madaniy tavsifidagi obyektlar kiradi; • - aylanma kapital (fondlar) . Milliy boylikning bu qismi mehnat predmetlaridan iborat bo'lib, asosiy kapitalning taxminan 1/4 qismini tashkil qiladi; • - tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi. Ular ishlab chiqarish bosqichida mehnat jarayoni ta’siri ostida bo'lib, potensial tayyor mahsulot hisoblanadi; • - moddiy zahiralar va ehtiyojlar. Bunga muomala bosqichidagi tayyor mahsulot, korxonalar va savdo tarmoqlaridagi moddiy zahiralar, davlat ehtiyojlari va rezerv fondlari kiradi. Moddiy zahiralar iqtisodiyotda ro'y berishi mumkin bo'lgan va oldindan bilib bo'lmaydigan favqulodda holatlarda foydalanish maqsadida ushlab turiladi. Davlat ehtiyojlariga oltin zahiralari, sug'urta va mudofaa ehtiyojlari uchun zarur zahiralar kiradi; • — aholining uy, tomorqa va yordamchi xo'jaligida jamg'arilgan mol-mulk. Bunga uy-joy, avtomobil. madaniymaishiy buyumlar, kiyim-kechaklar va shu kabilarning qiymati kiradi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling