Vitaminlarning inson organizmdagi o’rni
Download 18.86 Kb.
|
Vitamin 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotation
- Kalit so’zlar;
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.
VITAMINLARNING INSON ORGANIZMDAGI O’RNI. S.A. Mavlanova biologiya fanlari nomzodi, dotsent Qodiraliyeva Robiya NamDU biologiya yo’nalishi 1-kurs talabasi. Mo’minxonov Maqsudxon NamDU biologiya yo’nalishi 1-kurs talabasi. Annotatsiya: Vitaminlar haqida umumiy tushuncha; vitaminlarning inson organizmidagi o’rni; B guruh vitaminlari haqida ma’limot; B guruh vitamin turlari va ular haqida kerakli ma’lumotlar, ushbu vitaminga boy mahsulot turlari, oziq ovqat mahsulotlaridagi vitaminlar va ularning inson organizmida tutgan o’rni hamda vitaminlarga kunlik ehtiyoj mg hisobida. Аннотация: Общее понятие о витаминах; роль витаминов в организме человека; Информация о витаминах группы В; Типы витаминов группы В и необходимая информация о них, виды продуктов, богатых этим витамином, витамины в пище и их роль в организме человека, а также суточная потребность в витаминах в мг. Annotation: General concept of vitamins; the role of vitamins in the human body; Information on B vitamins; Types of B vitamins and necessary information about them, types of products rich in this vitamin, vitamins in food and their role in the human body, as well as the daily requirement of vitamins in mg. Kalit so’zlar; vitamin, tiamin, riboflavin, pantoten kislota, pirodoksin, Siankobalamin, folat kislota, tsinobolamin, oziq-ovqat mahsulotlari, xotira, xotira turlari, xotirani yaxshilash, asab tizimi, ichaklar, metobolizm, kunlik ehtiyoj, nikotin, to’g’ri ovqatlanish, markaziy asab tizimi, stress, ruhiy kasalliklar. Asosiy ozuqa moddalari va mineral tuzlarga ega ovqat ratsionining to’laqonli bo’lishi uchun vitaminlar (lotincha “vita” – “hayot”) ham kerak bo’ladi. Vitaminlar 2 guruhga; suvda eriydigan ( B guruh, PP, P vitaminlar) va yog’da eruydigan (A, D , E, K vitaminlari). Vitaminlarni asosan o’simliklar sintezlaydi. Hayvonlar o’simliklar bilan oziqlanib, o’z to’qima va azolarida to’playdi. Odam uchun vitaminlar manbayi bo’lib o’simlik va hayvon mahsulotlari hisoblanadi. B guruh va K, H vitaminlari yo’g’on ichak mikroflorasi tomonidan sintez qilinadi , shuning uchun ichak mikroflorasini o’ldiruvchi antibiotik va sulfanaimd preparatlar bilan davolangan vaqtda vitaminlar berish zarurdir. Vitaminlarning ko’pchiligi fermentlar tarkibiga kirgani uchun organizmdagi modda almashinuvi katalizida ishtirok etadi. Organizmning vitaminlarga ehtiyoji milligramlarda bo’ladi va ular yetishmaganda modda almashinuvi sezilarli o’zgaradi. Organizmda vitaminlar kamayishi gipovitaminozga, yetishmovchiligi avitaminozga olib keladi. Bunda vitamin yetishmovchiligiga hos bo’lgan kasallik alomatlari namoyon bo’ladi. Gipo va avitominoz vitaminlar ichakda yetarli miqdorda so’rilmaganda ham payo bo’ladi. Vitaminlarga ehtiyoj organizmningtez o’sishi, homiladorlik davrida ancha ortadi. Bu holat kerak vitamin yoki unga boy mahsulot qabul qilganda tezda yo’qolib ketadi. Sizlar bilan biz B guruh vitaminlari haqida umumiy gaplashamiz. B guruh vitaminlari pivo achitqisi , jigar, cho’chqa go’shti, yong’oq, tuxum sarig’ida bo’ladi. B guruh vitaminlari alohida B1, B2, B3, B6, B12 va boshqalar shaklida uchraydi. Bu vitaminlarning har bir o’ziga hos hususiyatga ega. B1vitamini – tiamin uglevod, yog’, oqsil moddalar almashinuvida ishtirok etuvchi fermentlar tarkibiga kiradi. B1vitamini yetishmaganda sinapslarda qo’zg’aluvchanlikni o’tkazishda mediator vazifasini bajaruvchi atsetilxolinni parchalanishi sekinlashadi. Gipovitaminozda tez charchash , ishtaha yo’qolishi va titrash belgilari paydo bo’ladi. Og’ir shaklida ( beri – beri kasalligi) nervlarning degenratsiyasi, mushaklar atrofiyasi va paralichlarga olib keladi, yurak qon-tomirlar va oshqozon ichak trakti faoliyati buziladi. Katta yoshli odamlarning B1 vitamini kundalik ehtiyoji 2-3mg. B2 vitamini – riboflavin oganizm hujayralarida bo’lib, oksidlanish –tiklanish jarayonida katalizatorlik vazifasini otaydi. Riboflavin tabiatda keng tarqalgan bo’lib, boshoqli va dukkakli o’simliklar, jigar, buyrak, sut, tuxum va achitqida ko’p bo’ladi. Bu vitamin yetishmaganda modda almashinuvi buzilib, teri va ko’zning shox pardasi o’zgarib, og’iz burchagida yoriqlar paydo bo’ladi. Odamning B2 vitaminiga kundalik ehtiyoji 2-3 mg. B3 vitamin – pantoten kislota yog’ kislotalar, tireoid garmonlar, atsetilxolin va boshqa muhim moddalarning sintezi uchun zarur. Bu vitamin boshoqli va dukkakli o’simliklar, jigar, tuxumda ko’p bo’ladi. Yetishmovchiligi nimjonlikka, bosh aylanishiga, nevritlarga, teri va shilliq pardalar shikastlanishiga olib keladi. Pantotenga bir kunlik ehtiyoj 10 mg. B6 vitamini – pirodoksin aminokislotalar almashinuvida ishtirok etadi. Pirodoksin boshoqli va dukakli o’simliklar, jigar va achitqida ko’p bo’ladi. Pirodoksin yetishmovchiligida ishtaha yo’qoladi, ko’ngil aynish, nimjonlik, teri va nervlarning yallig’lanishi kuzatiladi. Organizmning pirodoksinga kundalik ehtiyoji 2-3 mg. B12 vitamini – siankobalamin (antianemik factor). Qon ishlab chiqarishga faoliyatiga ta’sir qilib, kamqonlikni davolashda qo’llaniladi. Ko’p miqdorda qoramol va jo’jalar jigarida bo’ladi. Organizmning B12 vitaminiga kundalik talabi 2 mkg. Bu vitaminni so’rilishi oshqozon shilliq pardasi ajratadigan gastromukoproteid (Kastlning ichki faktori)ga bog’liq. Usiz B12vitamini so’rilmaydi va yomon kam qonlik paydo bo’ladi. B12 vitamin – folat kislota nuklein kislotalar va aminokislotalarning sinteziga ta’sir qiladi. U xromosomalarda joylashib, hujayralarning ko’payishiga kerakli omil bo’lib xizmat qiladi, qon ishlab chiqarishini kuchaytiradi va boshqarib turadi. Bu vitamin karam, pomidor, sabzi, jigar, buyrak, go’sht va tuxumda ko’p bo’ladi. Organizmning kundalik ehtiyoji 0,4 mg. B vitaminlari guruhidagi vitaminlarning ochilish vaqtidan kelib chiqqan holda yetakchi deb atash mukin. Uning hususiyati suvning eruvchanligi. To’plashning iloji yo’qligi sababli tiamin kundalik ratsionda bo’lishi kerak. Shu bilan birga, ikki yo’l bilan birga keladi va tanada (ichakda) ishlab chiqariladi. Parhezni rejalashtirayotganda, ovqatlanish paytida elementning 25% issiqlik bilan yo’q qilinishini hisob olish kerak. Ikkita asosiy salbiy omil mavjud-qaynab ketish va metallar bilan aloqa qilish. Bundan tashqari, don – granola, don va boshqalardan tayyorlangan mahsulotlarni qayta ishlash jarayonida tiamin miqdori kamayadi. B1 vitamini quyidagi omillar tomonidan so’riladi: Alkago, tamaki tuzlari bo’lgan mahsulotlari (uglerod, limon),qahva va boshqalar. Tiamin organizmda quyidagicha harakat qiladi: Asab tizimini normalizatsiya qiladi, miyyani faollashtiradi. Markaziy asab tizimida harakat qilish qobilyati va “Kulrang modda’’ faoliyati tufayli tiamin ko’pincha “pep vitamin’’ deb nomlanadi. Asosiy ahamiyati uning kuchli neyrotrasmitter bo’lgan atsetilxolin sintezidagi ishtirokidir.Ikkinchisi xotirani yaxshilaydi, yurak mushaklarini qo’llab quvvatlaydi, ichak va oshqozonni normallashtiradi. Genetik malumotlarni uzatadi. Elementlarning asosiy vazifalaridan biri hujayralararo darajada genetik ma’lumotlarni uzatishda ishtirok etish hisoblanadi. Tiamin quyidagi oziq-ovqatlarda mavjud. Bodom, qizil lavlagi, karam, kartoshk, sabzi, o’rik, atirgul, loviya va boshqalar. Kunlik ehtiyoj dozada: kattalarda 1-2,5 mg (yuklarga va yoshga qarab), bolalarda 0,5-2 mg, mahsus holatlarda (stress, nikotin yoki og’ir metaldan zaharlanish) – 4,5-5 mg. Ratsionda tiamin yetishmasligi bilan tanqislik havfi ortadi. Buning asosiy sababi – monoton diet, shirinliklar va uglevod o’z ichiga olgan ovqatlarning ko’payishi. B1 yetishmovchiligi ko’pincha spirtli ichimliklarni suistemol qiluvchilarga ta’sir qiladi. Kamaygandagi belgilari: markaziy asab tizimini buzilishi- bosh og’rig’i, asabiylashish, falaj, oshqozon tizimida buzilishlar –ko’ngil aynishi, qorin og’rig’i, yurak muammolari – taxikardiya, ko’paygan shish, yurak og’rig’i. Uzoq muddat vitamin yetishmovchiligining oqibatlari: oqsil ishlab chiqarish tezligining pasayishi, markaziy asab tizimi va oshqozon ichak traktining buzilishi.taxikadiya, bosimning pasayishi va boshqalar. Riboflavin (B2) tana uchun teng darajada muhim element- bu sariq rangda to’q sariq rangga ega bo’lgan suvda eriydigan modda bo’lgan riboflavin yoki B2 . U tanadagi oziq –ovqat bilan kiradi va yog’on ichakda ishlab chiqariladi. Vitaminning yo’qolishigasabab bo’ladigan omillar quyidagilar: UB nurlari, isitish, muzdan tushirish. Ahamiyati: markaziy asab tizimining hujayralarini normallashtirishda ishtirok etadi, retinani UB nurlaridan himoya qiladi, qizil qon hujayralari ishlab chiqarishni faollashtiradi, temir ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi, buyrak usti bezlarini tartibga soladi, temirning holatiga foydali tasir ko’rsatadi, ularni yangilaydi. Riboflavin quyidagi oziq ovqat mahslotlarida uchraydi:yashil no’xot, dogzor, bug’doy noni, jo’xori uni, grechka, jigar, buyraklar, go’sht, baliq va tuxum. Bundan tashqari, ushbu mahsulotlarning eng yaxshi hazm bo’lishi. Kunlik ehtiyoj; kattalar uchun 2-6 mg, bolalar uchun 1-3 mg. B2 yetishmovchiligi quyidagicha namoyon bo’ladi: Yuz ko’krak terisining dermatitis, lablar va og’iz bo’shlig’i mintaqasida yuzaga keladiga yallig’lanish jarayonlari, ishtahani yo’qolishi, bosh og’rig’i. B1 va B2 vitaminlari miqdorining oshishi jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi. Niatsin (B3) B guruhdagi vitaminlar va ularnining organizmga ta’sirini hisobga olgan holda niatsinga alohida etibor berish kerak. Kukun shakliga ega va oq rang bilan ajralib turadi, suvda eriydigan toifaga kiradi. B3 issiqlikka bardoshliligi, havo, gidroksidi va UB nurlarigata’sir qilishi sababli boshqa guruh vakillari orasida eng barqaror hisoblanadi. Uning vazifasi: Metabolik jarayonlarni normallashtirish, organizm uchun asosiy elementlarning (oqsillar, yog'lar va uglevodlar) so'rilishini yaxshilash. Harakat B3, shuningdek, xolesterin miqdorini normallashtirishga qaratilgan, turli gormonlar - tiroksin, kortizon, insulin va boshqa hayotiy moddalarni ishlab chiqarishda ishtirok etish, viruslar yoki dorilar tufayli kelib chiqqan genetik ziyonni tiklashga yordam berish, markaziy asab tizimini qo'llab-quvvatlash, miya faoliyatini yaxshilash, bosimni normallashtirish (arterial, venoz), qizil qon hujayralarini stimulyatsiya qilish. Ushbu vitamin quyidagilarda mavjud: baliq, yog'siz go'sht, buyraklar, jigar, sarimsoq, no'xat, qorabuğday va boshqalar. Niatsinga bo’lgan kunlik ehtiyoj:kattalar - 20mg (chegara darajasi - 60 mg), bolalar - 5 mg (chegara darajasi 20 mg). Kamaysa bir qator noxush belgilar bilan namoyon bo'ladi:uyqusizlik, qo'llar va lablarni qoqish, haddan tashqari zaiflik, charchoq, xotira buzilishi, quruq teri, ta'm bilishning buzilishi. Uzoq muddatli vitamin etishmasligi quyidagi oqibatlarga olib keladi:oshqozon-ichak trakti bilan bog'liq patologiyalar, teri muammolari, markaziy asab tizimining noto'g'ri ishlashi;B guruhining boshqa vakillarining tanqisligi paydo bo'lishi. Pantotenik kislota (B5) vitamini ko'plab oziq-ovqatlar tarkibiga kiradigan suvda eriydigan elementdir. Qisman ichaklarda ishlab chiqariladi. Ishqor va kislota bilan yo'q qilinadi. Vazifasi:yog'lar va uglevodlarni parchalashda yordam berish, markaziy asab tizimini normalizatsiya qilish, yarani davolashni tezlashtirish, immunitet tizimini mustahkamlash, buyrak usti bezlarini normalizatsiya qilish, gemoglobin ishlab chiqarishda ishtirok etish.B5 quyidagi mahsulotlarda mavjud: donalar, yashil sabzavotlar, qorabug’doy, loviya, qo'ziqorin, tuxum, buyraklar, jigar, sut mahsulotlari. Kunlik ehtiyoj - 5-15 mkg. Kamayganda quyidagi muammolarga olib keladi: uyqu buzilishi, metabolik jarayonlardagi muvaffaqiyatsizliklar, oshqozon tizimi, markaziy asab tizimi va yurak bilan bog'liq muammolar pirodoksin(B6) ushbu element suvda eriydigan vitaminlarga kiradi, oziq-ovqat bilan birga keladi. Piridoksin oz miqdorda ichakda sintezlanadi. Pishirish jarayonida moddaning bir qismi yo'qoladi. Ahamiyati quyidagicha: metabolik jarayonlarni normallashtirish, oqsillar va yog'larning so'rilishiga yordam beradi prostaglandinlar sintezida ishtirok etish - yurak mushagi faoliyatini tartibga soluvchi va bosim darajasini normallashtiradigan yog'da eriydigan elementlar, immunitet tizimini mustahkamlash, antikorlarning shakllanishi, markaziy asab tizimi va miya faoliyatini normalizatsiya qilish, aqliy faoliyatini tezlashtirish, kayfiyatni yaxshilash. Shunisi e'tiborga loyiqki, "Kulrang modda" tarkibidagi B6 darajasi qondagi bir xil ko'rsatkichdan 30-50 baravar ko'p, terining holatini yaxshilash, terining qarishini oldini olish, boshqa funktsiyalar - qizil qon tanachalari va gormonlarni sintez qilishda yordam beradi, B12 ning to'liq so'rilishini ta'minlaydi. Vitamin quyidagi mahsulotlardamavjud: cho'chqa go'shti, mol go'shti, jigari, qorabuğdoy,kartoshka, qulupnay, shirin gilos, limon, anor;apelsin. Yetishmasligi quyidagi muammolarga olib keladi: markaziy asab tizimining noto'g'ri ishlashi (uyquchanlik, haddan tashqari asabiylashish), immunitet tizimining yomonlashishi;teri muammolari, anemiya (ko'pincha bolalarda namoyon bo'ladi). Vitamin eng ko'p talab qilinadi: go'daklar, homilador ayollar, ateroskleroz, surunkali kasalliklar, poliartritli bemorlar, kontratseptiv vositalarni qabul qilish jarayonida, antibiotiklardan uzoq muddat foydalanish bilan. Biotin (B7 vitamini, shuningdek, suvda eriydi deb tasniflanadi. Uning xususiyatlari oltingugurt miqdori, pishirish paytida qayta ishlashga qarshilik. U oziq-ovqat bilan iste'mol qilinadi va qisman ichaklarda ishlab chiqariladi. Vazifasi: oshqozon fermentlarini faollashtirish, metabolik jarayonlarni takomillashtirish, energiya almashinuvini normallashtirish, diabetga qarshi yordam, terining holatini yaxshilash, ovqat hazm qilish fermentlarining rivojlanishi tufayli ovqat hazm qilish tizimini normalizatsiya qilish. Biotin ko'plab ovqatlarda uchraydi: pivo, bodom, no'xat, yong'oq, buyraklar, sut, olma, banan. Askorbin kislota (C vitamini) Askorbin kislota (C vitamin) — moddalar almashinuvida, biriktiruvchi toʻqimalarning oʻzlashtirilishida, bu toʻqimalarning normal holatda tutib turilishi va tiklanishida muhim ahamiyatga ega. Bu vitamin quyidgi mahsulotlar tarkibida uchraydi: na'matak, qora smorodina, limon, apelsin, piyoz, sarimsoq, ko'pchilik o'simliklar mevasi va o'simliklarning yashil qismi, ayniqsa novdasida hamda ko`katlarda mavjud. Organizmda C vitamin yetishmasa, togʻay va suyak toʻqimalari tuzilishi buziladi, lavsha (singa) kasalligi roʻy beradi. Kasallik belgilari: Organizmda askorbin kislota hosil boʻlmaydi va toʻplanmaydi, odamning tish milklari qonaydi, og'zining shilliq pardasiga mayda yaralar toshadi,tishlari tushib ketadi va bo'g'imlari og'riydi, kamqonlik paydo boʻladi,immuniteti keskin pasayib ketadi.askorbin kislota(C vitamin) turli polivitamin preparatlari tarkibiga kiradi. C vitamin haqida qiziqarli ma’lumot: C vitamini saratonni davolash uchun muqobil muolajadir.Amerikalik olimlarning ushbu xulosasi sichqonlar ustida olib borilgan tadqiqotlarga asoslangan.Shuningdek, tadqiqotga ko‘ra, yuqori miqdorli C vitamini kimyoterapiyaning saratonni o‘ldiruvchi ta‘sirini oshiradi. Olimlarning ta‘kidlashlaricha, uni qo‘llash tuxumdon saratoni va boshqa turdagi xatarli o‘sma va shishlar uchun xavfsiz, samarali va arzonga tushuvchi muolaja bo‘lishi mumkin. Tadqiqotchilar ayni usulni davlat tibbiy markazlarda keng miqyosda tadbiq qilib ko‘rishga chaqirishadi. Biroq, vitaminlar uchun patent olish imkonsizligi bois, dori ishlab chiqaruvi shirkatlar bu tajribaga shoshilishadigan ko‘rinmaydi. C vitamini uzoq vaqtdan beri saratonga qarshi muqobil muolaja sifatida qo‘llab kelingan.1970 yillar kimyogar Laynus Poling C vitaminini tomir orqali yuborish saratonni davolashda samarali bo‘lgani xususida bildirgandi. Kansas universiteti olimlariga ko‘ra, C vitamini ukol qilinganda tanaga singib ketadi va saraton hujayralarini sog‘lomlariga zarar yetkazmagan holda o‘ldiradi. Tadqiqotchilar buni laboratoriyada inson tuxumdonidan olingan saraton hujayralari, sichqonlar va tuxumdon saratoni yuqori darajaga yetgan bemorlarda sinab ko‘rishgan. Olimlar kasal hujayralar C vitamini orqali olib borilgan muolajaga ta‘sirchan bo‘lgani, biroq sog‘lom hujayralarga zarar yetmaganini aniqlashgan. Tadqiqot sichqonlar ustida olib borilganda C vitamini odatiy kimyoterapiya darajasida o‘smalar o‘sishini sekinlashtirgan. Kimyoterapiya C vitamini bilan qo‘shib qilinganda bemorlar zararli ta‘sirlaridan kamroq shikoyat qilishgan. Dori shirkatlari g‘oyani tastiqlashmaydi. Tadqiqotchilardan biri Jeyn Drisko onkologlar orasida C vitaminidan foydalanishga qiziqish kattaligini aytadi."Bemorlar saraton bilan hisoblashishda xavfsiz va arzon tanlovlar izlashadi", deydi Jeyn Drisko BBC bilan suhbatda."Bizning dastlabki tadqiqotlarimiz va ilk tibbiy ma‘lumotlarga ko‘ra, tomirdan yuboriladigan C vitaminida shunday kuch bor", deya qo‘shimcha qiladi u. Bitta to‘siq bu - dori ishlab chiqaruvchi shirkatlar C vitamini tajribasiga oshiqmasligidir. Chunki ular tabiiy mahsulotlar uchun patent olish huquqiga ega emaslar. "C vitamini uchun patent olish imkoni yo‘qligi bois bu ish dori shirkatlari tomonidan tastiqlanmaydi", deydi tadqiqotlar yetakchisi Shi Chen."Biz tadqiqot agentliklari vitamin C vitamini shifoxonalarda tajriba qilishni dadil qo‘llab-quvvatlashlari vaqti yetganiga ishonamiz", deydi u. Buyuk Britaniyadagi Saraton tadqiqotlari markazidan Ket Arni vitamin C orqali saratonni davolash yuzasidan tadqiqotlar uzoq tarixga ega ekanini aytadi. "Bor-yo‘g‘i 22 bemorda sinab ko‘rilgan tajribadan tomir orqali yuqori miqdorli C vitamini yuborish inson umrini saqlab qolishi borasida gapirish qiyin. Ammo, aftidan, u kimyoterapiyaning zararlarini kamaytirgani qiziq jihat", deydi u. Ket Arniga ko‘ra, saraton uchun har qanday ehtimoliy muolaja yirik klinikalarda sinab ko‘rilib, ular xavfsiz va samarali ekaniga ishonch hosil qilinishi lozim." Shunday ekan, yuqori miqdorli C vitamini bemorlar uchun qanchalar foydali ekaniga ishonch hosil qilishimiz uchun yana tadqiqotlar o‘tkazilishi kerak", deya qo‘shimcha qiladi u. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.https://rusfurs.ru/uz/the-source-of-vitamins-b-vitamin-b-what-is-needed-in-the-body-and-what-it-contains-html 2.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 3. Sohibov D., Vitaminlar va ularning hayot uchun ahamiyati, T., 1991. 4. A.Ahmedov Odam anatomiyasiva fiziologiyasi, T., 5.https://www.bbc.com/uzbek/mobile/lotin/2014/02/140210_latin_vitamin_c_cancer Download 18.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling