1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


Inson va jamiyat hayotining muayyan fikrlar, g„oyalar, mafkuralar


Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/41
Sana13.02.2023
Hajmi1,45 Mb.
#1194719
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

3.Inson va jamiyat hayotining muayyan fikrlar, g„oyalar, mafkuralar 
bilan bog„liqligi 
Har qanday jamiyat о„ziga xos rivojlanish yо„lini tanlar ekan, oldiga 
muayyan maqsad va vazifalarni qо„yadi. Zero, bu vazifalar jamiyat, davlat, xalq va 
millat taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ma‟rifiy, ta‟lim-tarbiya va mafkuraviy 
jarayonlarning uzviy birligi asosida amalga oshadi. Inson hech qachon tashqi 
dunyodan, о„zini qurshab olgan olamdagi о„zgarishlar, rо„y berayotgan hodisalar, 


24 
voqea jarayonlardan ajralib qolgan, ularni his etmagan xolda ularning ta‟sirisiz 
yashay olmaydi. Xalqlar, millatlar, ijtimoiy - siyosiy kuchlar faoliyatida sodir 
bо„lgan turli mazmundagi hodisa va jarayonlar, ayniqsa g„oyaviy hamda 
mafkuraviy omillar odamlar ongi, tafakkuri va dunyoqarashiga ta‟sir etadi.
Hayotda maqsadi, yuksak g„oyasi, ezgu orzu – intilishlari bо„lmagan 
inson va jamiyat a‟zolari tabiiy ehtiyojlar doirasi bilan chegaralanib, ma‟naviy 
yuksaklikka erishishi qiyin. Ayrim yovuz kuchlar ta‟sir о„tkazish orqali о„z g„arazli 
niyatlariga yetish maqsadida foydalanishlari mumkin. Shu sababli barcha davrlarda 
inson va jamiyat о„z maqsad muddoalarini ifoda etadigan manfaatiga zid bо„lgan 
zararli va begona g„oyalarga qarshi turadi. Har bir xalq, millat va jamiyat о„z 
manfaatiga xizmat qilib, uning taraqqiyotini ta‟minlashga yordam beradigan 
muayyan g„oyaga ehtiyoj sezadi.
Binobarin, g„oya muayyan millat va xalqning maqsad- muddoalari, 
manfaatlari zamirida shakllanadi hamda takomillasha boradi. Milliy istiqlol g„oyasi 
ham millat manfaatlarini, xalqning orzu-istaklarini о„zida mujassamlashtiradi. U 
о„zining hayotbaxsh g„oyalari, buyuk maqsadlari bilan о„z kuch g„ayrati, aql-
zakovati va hatto hayotini, buyuk g„oyalar yо„lida baxsh etishga tayyor komil 
insonlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Insoniyat tarixidan ma‟lumki, yer yuzida dastlabki odamzod paydo bо„lib, 
uning urug„, qabila jamoa yoki xalq sifatida shakllanishi rо„y bergan dastlabki 
davrlardayoq ularni birlashtirib turadigan umumiy g„oya va mafkuraga ehtiyoj 
tug„ilgan. Prezident I.A.Karimov ta‟kidlaganidek: «Chunki, mafkura - jamiyatda 
yashaydigan odamlarning hayot mazmunini, ularning intilishlarini о„zida
mujassamlashtiradi». Darhaqiqat, barcha davrlarda har bir davlat, xalq, inson va 
jamiyatning о„ziga xos g„oyasi va mafkurasi bо„lgan. Chunki insonning, 
jamiyatning, xalqning о„z oldiga qо„ygan aniq maqsadi uni amalga oshirishda 
jamiyat ahlini birlashtiradigan, safarbarlikka undaydigan g„oyasi va mafkurasi 
bо„lmasa u muqarrar ravishda halokatga mahkum bо„ladi. 
G„oya va mafkura inson va jamiyatning о„z oldiga qо„ygan aniq maqsadi 
bо„lib busiz jamiyat о„z yо„lini yо„qotadi. «Maqsad degani,- deb yozgan edi 
Prezident I.A.Karimov, - xalqni, millatni birlashtiruvchi, yо„lga boshlovchi 
bamisoli bir bayroq. Bu bayroq butun О„zbekiston xalqining ruhini, g„urur-
iftixorini, kerak bо„lsa qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlashtiradigan ulug„ 
kuchdir. Davlatimizning, xalqimizning, el-yurtimizning maqsadi о„zining 
ulug„vorligi, hayotiyligi va haqqoniyligi bilan hammamizni jalb etadigan bо„lmog„i 
lozim. Toki bu maqsad xalqni-xalq, millatni-millat qila bilsin, qо„limizda 
yengilmas bir kuchga aylansin»[Karimov I.A. Milliy isstiqlol mafkurasi – xalq 
e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir -T.: «О„zbekiston», 2000, 6-bet.]. 
Mafkuraning hayotiyligi odamlarning, millatning, jamiyatning milliy 
manfaatini, orzu-intilishlarini qay darajada aks ettirishiga, ularning turmush tarzi, 
dunyoqarashi, tabiatiga qanchalik mos bо„lishi bilan belgilanadi. Hayot sinovlariga
bardosh beradigan, odamlarning ezgu maqsad-muddoalarini ifodalaydigan, ularga
ma‟naviy-ruhiy quvvat beradigan mafkurani kо„pchilik qabul qiladi. Faqat shunday 
holdagina u kuchli ruhiy qudratga ega bо„ladi. Shu sababli ham mafkura barcha 
davrlarda jamiyatni yuksak va bunyodkor maqsadlar tomon birlashtirib, jamiyat 
ahli о„rtasida sog„lom munosabatlarni shakllantirgan. Hamda ezgu orzular, 


25 
maqsad-muddaolariga erishishda ma‟naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan omil 
vazifasini bajarib kelgan. Shuning uchun ham g„oya va mafkura barcha insonlar, 
xalqlar, jamiyat va davlat oldida turgan muhim vazifalarni amalga oshirishda 
yordam beradigan, turli sohada faoliyat yuritadigan jamiyat ahlini birlashtirib, 
ularni umumiy maqsad sari safarbar etadigan buyuk kuchdir.
Shu sababli ham insonlar, xalqlar, jamiyat hayotida mafkura muhim rol 
о„ynaydi. Mafkuraning hayotbaxsh kuchi, avvalo insonning jamiyatdagi о„rni va 
ahamiyatini qanday tushunishi va uni qanday ijtimoiy maqomda tasavvur etishiga 
bog„liq. Chunki, insonni ijtimoiy harakat va faoliyatga undash va shu tariqa 
kо„zlangan muayyan maqsad-vazifalarga erishish dunyodagi barcha ezgu 
mafkuralarning ma‟no-mohiyatini tashkil etadi. 
Shu sababli ham milliy istiqlol g„oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari 
tizimida insonning jamiyatdagi о„rni bunyodkor kuch sifatida belgilangan. 
Istiqlolning bosh g„oyasi ham, asosiy g„oya va tushunchalari ham bunyodkorlik 
falsafasi bilan yо„g„rilgan. Chunki bunyodkorlik - xalqimizning eng olijanob 
fazilati. Prezidentimiz ta‟biri bilan aytganda, о„zbek tom ma‟noda bunyodkordir, 
dо„ppisida suv tashib bо„lsa ham daraxt kо„kartiradi. Darhaqiqat, mustaqillik 
yillarida mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-madaniy, ma‟naviy sohalarda 
amalga oshirilayotgan islohotlar, erkinlashtirish jarayonlari va bunyodkorlik ishlari 
bunga yorqin misol bо„ladi.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling