1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
4076 MILLIY GOYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.G„oya va mafkurani mutlaqlashtirishning g„ayriinsoniyligi
4.Mafkura yakkahokimligi tushunchasi va uning mohiyati Bu muayyan davlat, jamiyat yoki bir guruh davlatlarda yagona mafkuraning tо„la hukmronligini unga xos tamoyillarning о„zgarmas aqidalar tarzida jamiyat hayotida qat‟iy va mutloq tartibda о„rnatilishini ifodalaydi. Yagona mafkura yakkahokimligining mohiyati shundaki, bunda biron-bir mafkuraviy tizim yagona ilmiy, eng adolatli, jamiyatdagi muayyan qatlam manfaatlarini ifoda etuvchi mafkura deb e‟lon qilinadi. О„zining mohiyati yoki biron bir jihati bilan undan farq qiluvchi g„oyalar, qarashlar, mafkuralar yot va dushman mafkuralar sifatida qaraladi. Fikrlar, g„oyalar xilma-xilligi inkor etiladi. Oqibatda, millionlab kishilarda yagona fikrga moslashish, mutelik, loqaydlik, boqimandalik, mahdudlik, о„zga g„oyalarga hadiksirab qarash ruhiyati shakllanadi. Jamiyatning ma‟naviy rivojiga, ilm-fan ravnaqiga jiddiy zarar yetkaziladi. Aslida bunday yagona mafkura yakkahokimligi yovuz niyatlarda amalga oshiriladi, davlat mafkurasiga aylanadi. Ijtimoiy hayotning rivojiga salbiy ta‟sir kо„rsatadi va jamiyat hayotini, fikrlar erkinligini bо„g„adi. 5.G„oya va mafkurani mutlaqlashtirishning g„ayriinsoniyligi Tarixdan ma‟lum bо„lgan mustabid tuzumlarni qiyosiy tahlil etish ular amal qilgan mafkuralarning quyidagi umumiy xususiyatlarini hamda bu g„oyani amalga oshirish bilan bog„liq qator salbiy oqibatlarini aniqlash imkoniyatini beradi. Avvalo, mustabidchilik mafkuralari о„z davlatlarida ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha sohalarini tо„liq qamrab olishga, yagona dunyoqarash tizimi hukmronligini о„rnatishga intildilar. Bu mafkuralar buyuk va yorqin о„tmishni inkor etadilar. Ular jamiyatni inqilobiy yо„l bilan yoppasiga qayta tuzish 26 zarur va uni amalga oshirish mumkin, deb isoblaydilar. О„zlarigacha bо„lgan milliy madaniy meros va qadriyatlarning barchasini yoxud kо„pchiligini bekor qilib, ularni faqat о„z tamoyillari bilan alishtiradilar. Mustabid davlatlarning о„ziga xos boshqa xarakterli xususiyatlari jamiyatning harbiylashtirilishi, «harbiy lager» yoki «qamal qilingan qal‟a»dan iborat g„oyaviy-psixologik vaziyatni vujudga keltirishdan iboratdir. Bunda mamlakat ichida harbiy fanatizm vaziyati avj oldirilibgina qolmasdan, shu bilan birga agressiv tashqi siyosat ham amalga oshirildi. Bu siyosat harbiy-hududiy va mafkuraviy bosqinchilik qilishga, о„zining mustabidchilik tartiblarini keng miqyosida qaror toptirishga qaratiladi. Lekin, tarixiy haqiqat shundan iboratki, mustabidchilik mafkuralarining turli andozalari va ularning loyihalari asosida yaratilgan, demokratiyaga qarshi tuzumlarning pirovard natijada halokatga uchrashi muqarrar. Shu sababli yakkahokimlikka intilgan, mutloq haqiqatni da‟vo qiladigan mafkuraning istiqboli yо„q. Chunki, u yakkahokimlik о„rnatish barobarida о„zini boyitib boradigan manba - fikrlar rang-barangligi va qarashlar xilma-xilligidan uzilib qoladi. Muayyan guruh yoki partiya g„oyalari hukmron mafkuraga aylansa, hurfikrlik, vijdon erkinligi va qarashlar xilma-xilligi cheklanadi. Mutloq haqiqatga egalik da‟vosi, mustabidlik tamoyillarini kuchaytiradi. Masalan, sobiq Ittifoq davrida yagona kommunizm mafkurasi ana shunday holga tushgan edi. Uning asosiy g„oyalari sobiq shо„rolar hokimiyati rahbarligida zо„rlik bilan amalga oshirildi. Natijada bu mafkura yakka hukmron bо„lib qolgan edi. U XX asrning 80- yillarida tanazzulga yuz tutdi. 1991 yilda sobiq Ittifoq tarqalib ketishi bilan uzil-kesil inqirozga uchradi. Buning sabablari nimalardan iborat? Birinchidan, u о„zini insoniyat tafakkuri erishgan eng yuksak chо„qqi, mutlaq haqiqat ifodasi deb hisoblab, boshqa mafkuralarni tan olmas, ular bizning dushmanimiz, degan aqida asosida murosasizlarcha ish tutar edi; Ikkinchidan, bu mafkura zо„ravonlikka asoslangan bо„lib, «majbur qilamiz» qabilida ish tutar, uning g„oyalari hamma joyda, hamma vaqt hech istisno va tо„xtovsiz targ„ib qilinar, xalqning erkin yashashi va fikr yuritishiga yо„l qо„yilmas edi. Kimki bu g„oyaga qarshi chiqsa, shafqatsiz jazolanar, butun davlat mexanizmi ana shu jazoni turli shakllarda amalga oshirishga qaratilgan edi. Uchinchidan, bu mafkura nomigagina ijtimoiy guruhlar mafkurasi edi. Aslida sobiq Ittifoq davrida ziyolilar, dehqonlar, xizmatchilar, qolaversa, «yetakchi sinf» bо„lgan ishchilarning orasida ham mafkuradan norozi bо„lganlar bor edi. Lekin metin mafkuraviy devor ortidan ularning ovozi chiqmas edi; Tо„rtinchidan, bu mafkura hech kimga vijdon erkinligi, о„z fikrini ochiq bayon etish,jumladan, xorij fuqarolari bilan xolisona muloqatda bо„lishga ham yо„l qо„ymas edi. Bordi-yu kimdir shunga jur‟at etsa, «xalq dushmani», «burjuaziya malayi»ga aylanar edi; Beshinchidan, u milliylikdan butunlay xoli edi. Unda mavhum baynalmilallik zо„r berib kuylanardi. Kimki milliy qadriyatlar tо„g„risida gap ochsa, darhol «millatchi»ga chiqarib qо„yilardi. Milliy tafakkurga ega bо„lgan shaxs, mutaxassis, ziyoli, olim, boshqalar «qoloq», «shubhali kishi» hisolanardi; 27 Oltinchidan, unda milliy tarix, xususan, О„zbekiston tarixi uning о„tmishi merosi mutloq tan olinmas edi. Nari borsa, ular kо„pincha umumiy tarzda qayd etilardi, xolos; Yettinchidan, xalqlarning diniga, diniy merosiga, diniy qadriyatlariga nisbatan mutlaqo notо„g„ri munosabat о„rnatilgan edi. Jumladan, xalqimizning ulug„ siymolari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, Mahmud Zamahshariy, Imom Moturidiy, Sо„fi Olloyor kabi allomalarning boy ilmiy merosini о„rganish, ulardan foydalanish taqiqlangan edi; Bularning barchasi bolshevistik - yagona kommunistik mafkuraning taraqqiyot talablariga mutlaqo zid ekanini yaqqol namoyon etdi. Shu bois u yangi zamonaviy talablarga dosh berolmay, о„z davlati bilan birga tarixga aylandi. Yagona mafkura hukmronligini da‟vo qilib, uzoq о„tmishga qaytishga chaqiruvchi islom fundamentalizmi gо„yoki bundan mustasnodek tuyuladi. Biroq, aslida bunda ham о„sha andoza saqlanib qoladi. YA‟ni, islom fundamentalizmi tarix g„ildiragini о„rta asr jaholati davriga qaytarish niqobi ostida, birxillashtirgan mustabid «kelajak»ning о„ziga xos andozasini taklif etadiki, unda inson fuqarolik huquqlaridan tо„liq mahrum qilinadi, haqiqatdan diniy aqidaparastlik terroriga duchor etiladi. Yagona mafkura hukumronligining jamiyat hayotida zararli oqibatlari: Shaxs erkinligi va fikrlar xilma-xilligiga murosasizlik, millatning о„zligini inkor etish, milliy va diniy qadriyatlarni rad etish, milliylikni cheklash, mutloq haqiqatni da‟vo qilish, zо„ravonlikka asoslanganligi, mutelik, qaramlik, boqimandalik, loqaydlik, milliy mahdudlik, siyosiy tashabbussizlik, о„zga g„oyalarga yotqarash, jamiyatning ma‟naviy inqirozi, tarixiy xotirasizlik, ona tiliga pisandsizlik bilan qarashda yaqqol namoyon bо„ladi. Mustaqillik tufayli oldimizga qо„ygan oliyjanob maqsad-muddaolarimizga yetish, eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bо„lish, g„oyaviy bо„shliq paydo bо„lishiga yо„l qо„ymaslik, begona va yot g„oyalarning xurujidan himoyalanish, bunday tajovuzlarga qarshi tura oladigan har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish zaruriyati xalqimiz va jamiyatimiz manfaatlariga mos milliy istiqlol g„oyasini shakllantirishni va mustahkamlashni taqozo etadi. Ma‟lumki, biz о„z milliy tabiatimiz va ming yillik an‟analarimizga, urf- odatlarimizga zid bо„lgan soxta kommunistik g„oyalardan voz kechdik. Lekin mafkura dunyosida bо„shliqqa yо„l qо„yib bо„lmasligi, shunday holat yuz bergan taqdirda bо„sh qolgan mafkura maydonidan bizga begona, orzu-intilishlarimizga mutloq yot g„oyalar о„rin egallashga urinishi shubhasiz. Tabiatda bо„shliq (vakuum) bо„lmaganidek, jamiyatda ham bо„shliq bо„lmaydi. Ma‟lum davrda oldingi fikr о„zgarishi bilan о„rnini yangi fikr egallaydi, g„oyaning о„rnini ham boshqa g„oya egallaydi, shu sababli jamiyatda ham inson ongi va qalbida ham bо„shliq bо„lmaydi. Hozirgi paytda rо„y berayotgan ayrim salbiy holatlar, nojо„ya hatti- harakatlar, yovuz ishlar, avvalo, mafkuraviy bо„shliqning yuzaga kelishi uchun yо„l qо„yilgan kamchilik va e‟tiborsizlik tufayli sodir bо„lmoqda. G„oyaviy bо„shliqni yuzaga kelishi eng avvalo chuqur ijtimoiy-siyosiy, ma‟naviy-psixologik muammo va jarayonlar bilan bog„liq. Odatda, yangi g„oyalar turli ta‟sir kuchiga ega bо„ladi. 28 Ayrim guruhlar ularni tez qabul qiladi, ba‟zi toifalarning avvaligi mafkuraviy aqidalardan yuz о„girishi va yangi g„oyalarni qabul qilishi esa qiyin kechadi. G„oyaviy bо„shliq poydo bо„lishining yana bir manbayi - jamiyatda bu sohadagi tarbiyaning yetarli emasligi, mafkuraviy jarayonlarning о„z holicha tashlab qо„yilganligi ham bо„lishi mumkin. Agar davlat yoki millat, ijtimoiy guruh yohud qatlam о„z manfaatlarini, maqsad-muddaolarini aniq-ravshan ifoda etadigan о„z g„oyalarini kishilar, ayniqsa, yosh avlod ongiga muntazam singdirmasa, g„oyaviy bо„shliq paydo bо„lishi mumkin. Bunday sharoitda ishonch-e‟tiqod susayib, mafkuraviy tahdidlar kuchayadi. О„z mustahkam g„oyasi yо„q, e‟tiqodi bо„sh odamlar esa, ta‟sirga tez beriluvchan bо„ladi, о„z yо„lini yо„qotib qо„yadi, bunday hol jamiyatga juda katta zarar yetkazadi. Sobiq mustabid tuzum о„rnida yangi mustaqil davlatlar shakllandi. Hukmron yagona mafkura barham topgach, uning hududida ma‟lum muddat g„oyaviy-mafkuraviy bо„shliq (vakuum) holati vujudga keldi. Ma‟lumki, umrini о„tab bо„lgan g„oya, mafkura taraqqiyot nuqtai nazaridan inkor etilar ekan, jamiyatda yangi bir g„oya, ilg„or bir fikrning shakllanishiga ehtiyoj seziladi. Bu zaruriyat teran anglab yetilmagan holda esa g„oyaviy vakuum - bо„shliq yuzaga keladi. Lekin, mafkura sohasida bо„shliqqa yо„l qо„yib bо„lmaydi. Xо„sh, aslida g„oyaviy bо„shliq nima? G„oyaviy bо„shliq eski mustabid tuzumdan yangi tuzumga о„tish jarayonida oldin hukmronlik qilib kelgan mafkura о„z mavqeini yо„qotgach, taraqqiyot talablariga mos ravishda uning о„rnini bosadigan ilg„or g„oyaviy tizimning hali tо„liq shakllanmagan holatidir. Bunday sharoitda turli xil mafkuralar ushbu hududga о„z ta‟sir doirasini о„tkazishga urinadi. 1990 yillarning boshlarida bunday mafkuraviy bо„shliq О„zbekiston hududida ham namoyon bо„ldi. Uning о„ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat. - Hukmron, yakkahokim kommunistik mafkura tanazzulga yuz tutdi va о„rni bо„shab qoldi; - О„zbekiston mustaqil davlat sifatida qaror topgan bо„lsa-da, uning mafkurasi hali tо„la-tо„kis shakllanmagan va barcha fuqarolar ongiga singib ulgurmagan edi. Tо„g„ri, mustaqillik mafkurasi g„oyalari mamlakatimiz fuqarolarining ma‟lum qismi ongi, dunyoqarashida о„z о„rniga ega bо„lib, Prezident Islom Karimov asarlarida isbotlangan bо„lsa-da, ammo u hali tо„la holda barchaning mustaqil dunyoqarashiga, mustahkam ishonch va e‟tiqodiga aylanmagan edi; - О„tish davrida jamiyatning ijtimoiy hayoti sohalarida fikrlar va mafkuralar xilma-xilligiga о„tildi. Milliy madaniy meros va qadriyatlarga, milliy istiqlol g„oyasiga bо„lgan ishonch va e‟tiqodni e‟tirof etilishi muhim burilish bо„ldi. О„tish davrida, yangicha qarashlar mustahkam e‟tiqodiga aylanib ulgurmagan paytda tashqi mafkuraviy ta‟sirlarning yaxshi yoki yomon, foydali yoki zararli ekanini hamma ham farqlay ololmadi. О„zbekistondagi mafkura maydoniga begona, xalqimizning orzu-intilishlariga mutlaqo yot g„oyalarning hujumi ana shu bilan bog„liq geosiyosiy, mafkuraviy maqsadlar bilan ham izohlanadi; masalan, mustaqil mamlakatimiz tinch-osoyishta yashayotgan bir paytda Afg„oniston va boshqa yaqin hududlaridagi beqaror vaziyatdan foydalanib, ularning hududiga in 29 qurib olgan ba‟zi bir ekstremistik kuchlar, terrorchi tо„dalar о„z jinoyatkorona maqsadlarini amalga oshirishga, Markaziy Osiyo mintaqasini mafkuraviy kurashlar maydoniga aylantirishga urina boshlagan edi. G„oyaviy bо„shliq mamlakat xavfsizligi va fuqarolar osoyishtaligiga jiddiy xavf soladi. Chunki, g„oyaviy bо„shliq, g„oyaviy zaiflikka, mafkuraviy beqarorlik va g„oyaviy parokandalikka olib keladi. G„oyaviy parokandalik millatning birdamligiga, davlatning qudratiga putr yetkazadi, natijada davlatlar va xalqlar qaramlikka, iqtisodiy va mafkuraviy iskanjaga tushib qoladilar, tanazzul va tushkunlikka yо„liqadilar. Masalan, Chingizxon yurtimizga bostirib kelganda Muhammad Xorazm Shoh boshchiligidagi davlat qudrati va lashkarlarning soni jihatidan Chingizxondan bir necha barobar ustun edi. Lekin g„oyaviy barqarorlik Vatan mustaqilligini saqlab qolish uchun birdamlik yо„qligi, xalqni umumiy dushmanga qarshi birlashishga safarbar etmagani sababli parokandalikka olib keldi va xalqimiz asoratga tushib qoldi. Xuddi shuningdek Chor Rossiyasi istilosi davrida ham kam sonli rus askarlariga qarshi Buxoro Amirligi, Xiva va Qо„qon xonliklarining bir-birlari bilan kelishmovchiliklari umumiy dushmanga qarshi kuchlarni birlashtirish g„oyasi о„rniga, aksincha о„zlaricha bо„linib qarshi turishlari, tarqoqliklari oxiri oqibatda halqni birlashtirib, kurashga safarbar etmagani о„lkamizning qaramlik changaliga tushib qolishiga sabab bо„ldi. Jamiyatdagi barcha qatlam va guruhlarni, xalqni umumiy maqsadlar va tub manfaatlar yо„lida birlashtiradigan jamiyat mafkurasigina g„oyaviy zaiflik, parokandalikka barham beradi. Shuning uchun о„z kelajagini о„ylagan har bir davlat va jamiyat g„oyaviy bо„shliq va mafkuraviy parokandalikka yо„l qо„ymaslik, eskirgan aqidalar va begona qarashlarni inkor etish bilan birga, ilg„or fikrlar, ulug„vor maqsad va ezgu g„oyalarni odamlar ongi va qalbiga singdirishga harakat qiladi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling