1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Milliy istiqlol g„oyasi nimani о„rganadi va uning asosiy maqsadi 
nimadan iborat?
2. Fikr, g„oya, mafkura tushunchalarining umumiyligi va farqlari. Shaxs va 
jamiyat. 
3. Milliy mafkuraning asosiy maqsadi. 
4. Milliy istiqlol g„oyasining asosiy vazifalari. 
5. Milliy istiqlol g„oyasining ahamiyati. 
6. Nima uchun milliy istiqlol g„oyasini fan deb bilamiz? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


17 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


18 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2-mavzu: Jamiyat taraqiyotining g„oya, mafkuralar bilan о„zaro 
bog„liqligi. 
 
1. 
G„oya tushunchasi va uning ijtimoiy mohiyati 
2. 
Mafkura tushunchasi va uning mohiyati 
3. 
Inson va jamiyat hayotining muayyan fikrlar, g„oyalar, mafkuralar bilan 
bog„liqligi 


19 
4. 
Mafkura yakkahokimligi tushunchasi va uning mohiyati
5. 
G„oya va mafkurani mutlaqlashtirishning g„ayriinsoniyligi
6. 
Inson va jamiyat hayotida g„oya va mafkuralarning xilma - xilligi. 
Mafkuraviy plyuralizm
7. 
Bunyodkor g„oyalar va mafkuralarning jamiyat hayotidagi ijobiy ta‟siri 
8. 
Vayronkor, yot g„oya va mafkuralarning jamiyat hayotiga salbiy ta‟siri 
9. 
Fikrga qarshi fikr, g„oyaga qarshi g„oya, jaholatga qarshi ma‟rifat bilan 
kurashish zarurligi 
 
1.G„oya tushunchasi va uning ijtimoiy mohiyati 
G„oya inson va jamiyat taraqqiyotida asosiy о„rin tutadi. Inson va jamiyat 
hayotida muhim о„zgarishlarni amalga oshirilishida muayyan g„oyalar ta‟sir qiladi. 
Jamiyat taraqqiyotining ma‟lum davrlarda tezlashuvi yoki sekinlashuvi, jamiyat 
hayotida ijobiy yoki salbiy holatlarning rо„y berishi, qanday g„oyalar hukmronlik 
qilishi va u qanday kuchlar tomonidan, qanday sharoitlarda, kimlarning 
manfaatlariga xizmat qilishiga kо„p jihatdan bog„liqdir. G„oya tushunchasining 
mohiyati nimadan iborat? Inson о„zining aql – zakovati, iymon – e‟tiqodi va ijodiy 
mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi.Inson tafakkuri 
voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g„oyalar va ta‟limotlar 
yaratadi. Demak, birinchidan, g„oya inson tafakkurining mahsulidir.Ikkinchidan, 
g„oya oldin mavjud bо„lmagan о„zida yangilikni tashuvchi fikrdir.Uchinchidan, 
oldin g„oya paydo bо„ladi, undan keyin g„oya asosida mafkura, mafkura asosida 
esa tizim, siyosat paydo bо„ladi.
Ilmiy-falsafiy adabiyotlarda «g„oya», «mafkura», «ideya» va «ideologiya» 
tushunchalari ishlatilmoqda. Ideya va ideologiya kо„proq G„arb davlatlarida 
hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Ideya iborasi yunon tilidagi idea sо„zidan 
olingan, ideologiya uchun о„zak bо„lib hisoblanadi va tushuncha yohud fikr 
ma‟nosini anglatadi. Ideologiya (idea- g„oY. Tushuncha, iogos – ta‟limot) atamasi 
esa g„oyalar tо„g„risidagi ta‟limotni anglatadi va ikki xil ma‟noda ishlatiladi. 
- g„oyalarning mazmuni, shakllanishi, ahamiyati tо„g„risidagi 
bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bо„lib hisoblanadi; 
- muayyan g„oyani amalga oshirish, maqsadga yetish usullari, 
vositalari, omillari tizimini anglatadi. 
Sog„lom va nosog„lom, ezgu hamda yovuz bunyodkor yoki buzg„unchi 
g„oyalar bо„lishi mumkin. G„oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, 
bular garchi tafakkurda paydo bо„lsa-da, keng jamoatchilikning maqsadlarini ifoda 
etadi. Ularning ishonchi va e‟tiqodiga aylanib, e‟tirof etilganligini bildiradi, inson 
(va jamiyat) ruhiyatiga, hatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G„oya shunday 
quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib uni harakatga 
keltiruvchi, maqsad sari yetaklovchi ruhiy – aqliy kuchga aylanadi. Ularni 
muayyan maqsadga yо„naltiradi, safarbar etadi. Ularni jipslashtiradi, hamjihat va 
hamkorlikka undaydi. 
G‘oyaning ijtimoiy mohiyati. Har qanday g„oya ijtimoiy xarakterga ega. 
Muayyan g„oyalar odatda alohida olingan shaxs ongida shakllanadi. Ma‟lum bir 
muddatdan keyin esa jamiyatning turli qatlamlariga tarqaladi, turli elatlar va 
millatlar orasida yoyiladi. Mustaqil hayotga qadam qо„yyayotgan yangi avlod 


20 
jamiyatda mavjud g„oyalar ta‟sirida tarbiyalanadi. Muayyan qarashlar va 
g„oyalarni о„z e‟tiqodiga singdiradi, о„z navbatida yangi g„oyalarni yaratadi va 
targ„ib qiladi. 
G„oyaning eng muhim xususiyati – insonni va jamiyatni maqsad sari 
yetaklaydigan, ularni harakatga ketiradigan, safarbar etadigan kuch ekanidadir. 
Inson tafakkurining mahsuli sifatida g„oya milliy-madaniy merosni
umuminsoniy qadriyatlarni, ijtimoiy-ma‟naviy hayotni, tevarak olamni о„rganish, 
bilish jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllari ilm-fan, 
falsafa, din, san‟at va badiiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq - muayyan bir 
g„oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradi. Mazmuni va namoyon 
bо„lish shakliga qarab, g„oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin: 
- Ilmiy g„oyalar; falsafiy g„oyalar; diniy g„oyalar; badiiy g„oyalar; ijtimoiy 
– siyosiy g„oyalar; milliy g„oyalar; umuminsoniy g„oyalar v.h. 
1. Ilmiy g‘oyalar - fan taraqqiyotining samarasi, ilmiy kashfiyotlarning
natijasi sifatida paydo bо„ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari ustuvor 
qoidalarini tashkil qiladigan ilmiy fikrlardir. 
Fan taraqqiyoti uzluksiz va cheksizdir. Bu jarayonda amaliyotda 
tasdiqlanmagan, eskirgan qarashlar yangi ilmiy g„oyalar bilan о„rin almashaveradi. 
2. Falsafiy g‘oyalar  har bir falsafiy ta‟limotning asosini tashkil etadigan
olam va odam tо„g„risidagi eng umumiy tushuncha va qarashlardir. Ular bizni о„rab 
turgan dunyoni bilish jarayonida kishilik jamiyatining taraqqiyoti mobaynida 
tо„plagan bilimlarni umumlashtirish, inson hayotining ma‟no-mazmuni, uning baxt-
saodati kabi masalalar ustida mulohaza yuritish asosida shakllanadi. [Milliy istiqlol 
g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. -T.: «Yangi asr avlodi». 2001. 27-29 b.] 
Insoniyat tarixida turli xalqlarning aql- zakovat sohiblari, dono faylasuf va 
ilohiyotchilari turfa xil g„oyalar yaratganlar. 
3. Diniy g‘oyalar deb, har bir diniy ta‟limot va oqimning asosini diniy 
iymon-e‟tiqodning negizini tashkil etuvchi aqidalarga aytiladi. Ibtidoiy dinlar har 
bir narsaning jonli ekani, jonning abadiyligi, but va sanamlarning, tabiiy jism va 
hodisalarning ilohiy quvvatga egaligi tо„g„risidagi qarashlarga asoslangan edi. 
Masalan, hindlarning diniy tasavvurlariga kо„ra jon kо„chib yuradi, bu hayotda u 
insonda bо„lsa, keyingi hayotda boshqa jonzotga о„tishi mumkin. Ilohlarning 
kо„pligi haqidagi fikrga tayanadigan politeizm dinlari vaqti kelib monoteistik
yakkaxudolik g„oyasi asosidagi dinlarga о„z о„rnini bо„shatib bergan.
Yakkaxudolik g„oyasi milliy dinlarda (masalan, iudaizmda), ayniqsa jahon 
dinlari - xristianlik va islomda о„z ifodasini yaqqol topgan. Xususan, islom dinida 
Allohning yagonaligi g„oyasi asosida uning barcha aqidalari, ruknlari, talab va 
majburiyatlari shakllangan. 
4. Badiiy g‘oyalar  - adabiyot va san‟at asarining asosiy ma‟no – 
mazmunini tashkil etadigan, undan kо„zlangan maqsadga xizmat qiladigan yetakchi 
fikrlardir. Ular hayotdan olinadi, badiiy talqinlar asosida bayon etiladi, о„quvchida 
muayyan taassurot uyg„otadi. «Qahramon»larni sevish, ularga ergashish hollari 
ham shu asosda rо„y beradi. 
5. Ijtimoiy - siyosiy g‘oyalar  har bir xalq va umuman bashariyatning orzu-
umidlarini, maqsad-muddaolarini ifodalaydi, erkin hayot va adolatli tuzumni 
tarannum etadi. 


21 
Milliy g„oya - inson va jamiyat hayotiga ma‟no-mazmun baxsh etadigan, 
uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar, g„oyalar majmuidir. Ozodlik va 
mustaqillik, adolat va haqiqat, tinchliksevarlik va insonparvarlik g‘oyalari shular 
jumlasidandir. Asrlar mobaynida bunday buyuk, о„lmas g„oyalar xalqlarga kuch - 
quvvat va ilhom bag„ishlab, ularni о„z erki uchun kurashga safarbar etib kelgan. 
Prezident Islom Karimov ta‟kidlaganidek, millat taraqqiyotiga, uning 
yuksalishiga xizmat qiladigan, xalqlarni jipslashtirib, oliy maqsadlarga safarbar 
etadigan g„oyalar yuksak g„oyalardir. Odamlar orasida nifoq, xalqlar о„rtasiga nizo 
soladigan, kishilarni turli taraflarga ajratib, adovat qо„zg„aydigan tuban fikrlar 
buzg„unchi g„oyalarga misol bо„ladi. Aslida bunday qabih niyat va sohta shiorlarni 
g„oya deb atash ham shartlidir. Qaysi ijtimoiy birlik yoki qatlam orasida tarqalgan, 
qanday aholi guruhlari yoki elat-millatlarni harakatga keltirayotganiga qarab ham 
g„oyalarni turlarga ajratish mumkin. 
G„oyani moddiylashtiruvchi, amaliyotga aylantiruvchi kuch kim ekaniga 
qarab, sinfiy g„oya, milliy g„oya, umumxalq g„oyasi, umuminsoniy g„oyalar ham 
mavjud bо„lishi mumkin. Albatta, muayyan bir xalq ommasini ma‟lum bir tarixiy 
sharoitda ezgu harakatga undaydigan g„oya mazmunan umuminsoniy bо„lishi ham 
yoki tor manfaatlarni kо„zlaydigan sinfiy g„oya jamiyat va inson manfaatlariga zid, 
tajovvuzkor bо„lishi ham mumkin. 
Ezgu g„oya - inson tafakkurida vujudga keladigan, muayyan fikrlarning 
ijtimoiy xarakterga ega bо„lgan, ruhiyatga kuchli ta‟sir о„tkazib, jamiyat va 
odamlarni xarakatga keltiradigan, ularni bunyodkor maqsad-muddao sari 
yetaklaydigan ulug„vor fikrlardir.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling