1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”
Milliy istiqlol g„oyasining mustaqillikni mustahkamlashda namoyon
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
4076 MILLIY GOYA
3.Milliy istiqlol g„oyasining mustaqillikni mustahkamlashda namoyon
bо„lishi. Ma‟lumki mustaqillik tufayli bо„lgan boshqa xalqlar qatori biz ham о„z milliy tabiatimiz va ming yillik an‟analarimizga, urf-odatlarimizga zid bо„lgan soxta kommunistik g„oyadan voz kechdik. Lekin insoniyat tarixi shu narsani qat‟iy ravishda isbotlaganki, mafkura dunyosida bо„shliqqa yо„l qо„yib bо„lmas ekan. Qayerda shunday holat yuz bergan taqdirda bо„sh qolgan mafkura maydonini bizga begona, orzu-intilishlarimizga mutlaqo yot g„oyalar egallashga urinishi ham tarixan isbotlanganligi shubhasiz. Agarda yon-atrofimizdagi voqelikka teranroq nazar tashlaydigan bо„lsak, tabiiy zaxiralarga boy, geopolitik nuqtai nazardan g„oyat qulay hududda joylashgan yurtimizga kо„z olaytiradigan, bizga ta‟sirini о„tkazishni istaydigan turli nosog„lom kuchlar mavjudligini inkor etolmaymiz. «Ular - deb ta‟kidlaydi - Prezident Islom Karimov - о„z niyatlarini amalga oshirish uchun hech 94 narsadan tap tortmasligi bugungi kunda ayon bо„lib qoldi. Bu kuchlar katta mablag„ va zamonaviy qurol-aslahalarga ega. Lekin ularning eng yovuz quroli – milliy qadriyatlarimizga tо„g„ri kelmaydigan, eng yomoni, ertaga о„rnimizni egallashi lozim bо„lgan yosh avlodning qalbi va tafakkurini zaharlaydigan buzg„unchi mafkuradir. Hozirgi paytda rо„y berayotgan ayrim salbiy holatlar, nojо„ya hatti- harakatlar, yovuz ishlar, avvalo, mafkuraviy bо„shliq tufayli sodir bо„lmoqda». Shu о„rinda nega aynan g„animlarimiz hali hayotiy tajribaga ega bо„lmagan, oq-qorani tanib ulgurmagan yoshlarga qaratmoqda degan savol tug„iladi. Chunki aynan yoshlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda asosiy tayanch kuch. Ayni paytda, yoshlarimizning kо„ngli ochiq, sodda, ishonuvchan. Milliy istiqlol g„oyasining mustaqillikni mustahkamlashda namoyon bо„lish jarayoni о„zining bir qator xususiyatlariga ham ega. Ular quyidagilardan iborat. · Bugungi kunda odamzod ma‟lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlarigagina xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan, turli ma‟no-mazmundagi mafkuraviy kuchlarning ta‟sirini doimiy ravishda sezib yashashi. Axborot asri, elektronika asri deb atalayotgan XXI asrning bugungi kunida bu ta‟sirlardan xoli bо„lish deyarli imkonsizdir. Demak, bugungi kunda «mafkura poligonlari yadro poligonlari»ga nisbatan ham kо„proq kuchga ega. Bu uning xususiyatlaridan biridir. · Agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bо„lsa, buni sezish, kо„rish, oldini olish mumkin. Ammo mafkuraviy tazyiq, uning ta‟siri va oqibatlarini tezda ilg„ab yetish nihoyatda qiyin. · Milliy g„oya - millat tafakkuri va ongining mahsuli. Lekin ayni vaqtda siyosiy ong darajasi har bir millatning rivojini belgilaydigan omil hamdir. Demak, ongni, tafakkurni о„zgartirmasdan turib esa hech bir jamiyat о„zining oliy maqsadiga erisha olmaydi. Biz ham kishilar ongi va tafakkurini о„zgartirmasdan turib ozod va obod jamiyatni barpo etolmaymiz. Milliy istiqlol g„oyasining mustaqillikni mustahkamlashda namoyon bо„lishida u о„zida nimalarni mujassamlashtirishi va qanday talablarga javob berishi muhim. Milliy mafkura, - avvalambor, о„zligimizni, muqaddas an‟analarimizni anglash tuyg„ularini, xalqimizning kо„p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga qо„ygan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart. · Jamiyatimizda bugun mavjud bо„lgan xilma-xil fikrlar va g„oyalar, erkin qarashlardan, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va umidlaridan, har qanday insonning e‟tiqodi va dunyoqarashidan qat‟iy nazar, ularning barchasini mushtarak milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan milliy istiqlol g„oyasi - mafkura bо„lishi kerak. · Milliy mafkura har qanday tajavvuzkor millatchilik va shunga о„xshagan unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan mutlaqo xoli bо„lib, qо„shni davlat va xalqlar, umuman jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda о„zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo omilidir . 95 · Milliy g„oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el- yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga milliy-ma‟naviy qadriyatimizga mos insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bо„la oladi. Milliy g„oya Vatanimizning shonli о„tmishi va buyuk kelajagini uzviy bog„lab turishga, о„zimizni ulug„ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yо„l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da‟vat qiladigan g„oyadir. Demak, milliy g„oya, milliy iftixor kundalik mashaqqatli ishlarimizda va bunyodkorlik faoliyatimizda kuchimizga kuch, g„ayratimizga g„ayrat qо„shib, haqiqatan ham kelajagi buyuk davlat qurayotganimizga mustahkam ishonch bag„ishlaydi. Mustaqil О„zbekiston uchun, uning taraqqiyoti va buyuk kelajagi uchun endilikda bir qancha muhim vazifa va muammolarni hal etish asosiy masalalardan biri bо„lib qolmoqda. Ana shunday vazifalardan biri milliy istiqlol mafkurasiga ishonch va e‟tiqodni mustahkamlashdan iboratdir. Milliy istiqlol mafkurasini mustahkamlash zarurligi fikrimizcha, bir qator shart-sharoitlardan kelib chiqadi. Ular asosan quyidagilardan iborat: · О„zbekiston о„zining mustaqil taraqqiyot yо„liga qadam qо„ygan dastlabki paytlarda – eski, yagona mafkuradan butunlay voz kechilayotgan, yangi mafkura esa hali ishlab chiqilmagan, ilmiy asoslab berilmaganligi bilan bog„liq edi. · Insoniyat tarixiy taraqqiyot tahlili shuni kо„rsatadiki, hech qanday jamiyat mafkurasiz yashay olmagan. Dunyodagi har bir jamiyatning, har bir davlatning о„ziga xos, о„ziga mos keladigan, uning uchun xizmat qiladigan, tub maqsadlari va manfaatlarini himoya qiladigan mafkurasi bо„lgan. Demak, odamlar qaysi bir jamiyatda yashamasin nimagadir ishonishi, e‟tiqod qilishi, qandaydir bir sog„lom g„oyaga, ta‟limotga asoslanib ish kо„rishi, faoliyat kо„rsatishi tarixiy zaruratdir. · Mustaqil О„zbekiston uchun, milliy istiqlol mafkurasining tarixiy zarurati – demokratik jamiyat qurishda uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy- ma‟naviy zaminlarini yaratish va mustahkamlash uchun о„zimizga xos va mos milliy mafkura suv va havodek zarur edi. Buni bizga mustaqilligimizning deyarli о„tgan yillari tajribasi va hayotning о„zi ochiq-ravshan kо„rsatib turibdi. Demak, milliy g„oya - jamiyat hayotining barcha jabhalarini о„zida qamrab oladi va uning ma‟naviy negizining mezoniga aylanadi. Shu nuqtai nazardan kishilarga ma‟naviy ta‟sir etishning asosiy vositasi hamdir. О„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov keng jamoatchilikni, olimlar, shoirlar, yozuvchilarni mafkura masalasiga jiddiy e‟tibor berishga chaqirib 1993 yildayoq, ya‟ni mustaqillikning dastlabki yillaridayoq «oldimizda turgan eng muhim masala, bu milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tadbiq etishdir» - deb uqtirgan edi 5 . Darhaqiqat mustaqil О„zbekiston milliy istiqlol mafkurasi oldida buyuk maqsad-muddaolar, о„ta dolzarb vazifalar turibdi. Uning asosiy maqsadlaridan biri - О„zbekiston hududida yashovchi har bir fuqaroni, har bir millat va elat kishilarini barkamol inson qilib tarbiyalash mustaqillikning ongli fidoyisiga aylantirishdir. Negaki jamiyat taraqqiyotini, mustaqillik bilan bog„liq bо„lgan ulkan vazifalarni 96 bajarishga ommani safarbar etishni milliy g„oyasiz tasavvur etish mumkin emas. Insonning faolligi uning ilg„or, bunyodkor, о„zimizga xos va mos milliy g„oyaga qat‟iy amal va e‟tiqod qilishiga bog„liq. Demak, istiqlol mafkurasi butun О„zbekiston xalqining milliy ruhini, madaniy merosini, his-tuyg„usini, milliy g„urur va iftixorini, kuch-qudratini, orzu-intilishlarini о„zida mujassamlashtiradi. Ana shunday qudratli omil bо„lgan mafkuraning shakllanishida tarixiy bilimlar, tarixiy xotiralarning ahamiyati beqiyosdir. Shu о„rinda N.Ostroumov afsus bilan aytgan xulosalarini keltirish maqsadga muvofiq. «Beixtiyor о„ylab qolasan kishi, - deb yozadi u о„z kundaliklarida, qoloq va ojiza qurollanmagan begona xalqlarni bosib olishimiz mumkin ekan-u, biroq boshqa kamchiliklarimizni hisobga olmaganda, о„zimizga ortiqcha baho berishimiz, beparvo tanballigimiz hamda davlat idora usulidagi qoloqligimiz tufayli ularni boshqarishni bilmas ekanmiz. Biz chet mamlakatlarga nisbatan madaniyatimiz pastligicha qolmoqdamiz… Biz mahalliy aholining na tilini, na urf-odatlarini, na dinini о„rgandik» 6 . Mustaqillikni mustahkamlashda О„zbekiston uchun milliy istiqlol mafkurasining tarixiy zarurligi va uning demokratik jamiyat qurishdagi о„rni yana bir qator mavjud muammolarni hal etish bilan bog„liq. Ular quyidagilardan iborat. -birinchidan, milliy istiqlol mafkurasi kishilarda milliy madaniyatning, milliy ongning, milliy g„ururning о„sishi va rivojlanishini ta‟minlash omili sifatida mustaqillikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. -ikkinchidan, milliy istiqlol mafkurasi milliy qadriyatlar, milliy birdamlik va hamjihatlik tuyg„usini shakllantirish orqali yoshlarda vatanparvarlikni tarbiyalaydi va mustaqillikni mustahkamlashga xizmat qiladi. -uchinchidan, mustaqil О„zbekiston uchun milliy istiqlol mafkurasi xalqni mehnatni sevish va qadrlashga da‟vat etish, mehnatsiz rizq-nasiba, moddiy- ma‟naviy boylik va kelajak yо„q ekanligini, mustaqilligimizning barqarorligi va taqdiri ham unga bog„liqligini odamlar ongi va qalbiga chuqur singdiradi. Milliy istiqlol mafkurasi bir millat-о„zbeklarning manfaati bilangina bog„langan emasligini alohida ta‟kidlash zarur. О„zbekistonda istiqomat qilayotgan о„zbeklar, qozoqlar, qirg„izlar, tojiklar, turkmanlar, ruslar, ukrainlar, yahudiylar, xullas Respublikamizni о„zining jonajon Vatani deb bilgan, u bilan faxrlanadigan barcha millat va elatlarning teng huquqligini milliy g„ururini manfaatlarini himoya qilish mafkuramiz mohiyatida asosy о„rinni egallaydi. Shuningdek milliy istiqlol mafkurasi zaminida jahondagi barcha ilg„or davlatlar, xalqlar tomonidan e‟tirof etilgan umuminsoniy qadriyatlarni, ijobiy tajribalarni ham hisobga oladi va tayanadi. Mustaqil О„zbekiston uchun milliy istiqlol mafkurasining tarixiy zarurligi va uning demokratik jamiyat qurishdagi о„rni – Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mutloq yangi g„oyalarning ishlab chiqilishi bilan bir qatorda bir qancha davlatlarning tajribalari о„rganilmoqda. Fikrimizning isboti sifatida birgina О„zbekiston Konstitusiyasi loyihasini tayyorlashda 30 ga yaqin xorijiy davlatlardagi qonunchilik tajribalari о„rganilganligini kelishtirish о„rinlidir. Natijada kommunistik mafkuradan, sinfiylikdan, partiyaviylikdan holi bо„lgan asosiy qonun yaratildi. Mustaqillik tufayli birinchi marotaba Konstitusiyamizda mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligiga keng о„rin birildi. Masalan, Konstitusiyaning 12- 97 moddasida: «О„zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida о„rnatilishi mumkin emas» - deb yozib qо„yilgan. Bu qoida Respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va istiqlol mafkurasini ishlab chiqishda hamda mustaqillikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bо„lmoqda. Insoniyat tarixiy taraqqiyotidan shu narsa ma‟lumki, har qanday sog„lom yangi g„oya keng jamoatchilikning ongiga chuqur singsa, hayotda chuqur ildiz otsa, amaliyotda о„zini tо„la oqlasa о„shanda real voqelikka, katta ijtimoiy kuchga aylanadi. Ayni paytda odamlarimizda mustaqilligimiz haqida bilim va g„oya, milliy istiqlol mafkurasi tо„g„risida tasavvur bо„lsa-yu, lekin ana shu bilim va g„oya iymon va e‟tiqodga, dunyoqarashga aylanmasa, bunday mafkuraning zamini bо„sh bо„ladi, mustaqillikni mustahkamlashda, asrab avaylashda amaliy ahamiyati bо„lmaydi. Shu nuqtai nazardan Prezident Islom Karimovning «О„zbekistonning о„z istiqlol va taraqqiyot yо„li», «О„zbekiston kelajagi buyuk davlat», «Yangi uy qurmay turib, eskini buzmang», «Buyuk maqsad yо„lidan og„ishmaylik», «О„zbekiston XX asr bо„sag„asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik sharoitlari va taraqqiyot kafolatlari», «О„zbekiston XXI asrga intilmoqda», «Tarixiy xotirasiz kelajak yо„q», «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat qilsin», «Milliy istiqlol mafkurasi xalq e‟tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir» 7 va uning Oliy Majlis 2-chaqiriq 9-sessiyasida qilgan ma‟ruzasida hamda asarlaridagi bebaho ilmiy-nazariy qoidalar, dasturiy yо„l-yо„riqlar xalqimizning g„oyaviy- siyosiy, umuman butun ma‟naviy dunyosini milliy istiqlol g„oyasi negizlari asosida boyitishda, unga ishonch va e‟tiqodni mustahkamlashda ayniqsa katta ahamiyatga ega. Ushbu kitoblarda mustaqilligimizning mustahkamlashning eng dolzarb muammolarining nazariy asoslari, ilmiy-amaliy yechimlari chuqur va har tomonlama yoritilibgina qolmay, ayni bir paytda milliy istiqlol mafkuramizni odamlar ongi va qalbiga singdirishning yо„l-yо„riqlari ham kо„rsatib berilgan. Biroq bu ancha murakkab, ma‟suliyatli jarayondir. Shoshma-shosharlik qilish, о„ylamasdan ish tutish, о„zibо„larchilik asosida harakat qilish, yuksak ma‟suliyatni unutib qо„yish milliy istiqlol mafkurasini turmushga joriy etish masalasiga katta ziyon yetkazishi hech gap emas. Bundan juda ehtiyot bо„lmoq lozim. Chunki «Mafkura - о„tmish va kelajak о„rtasidagi kо„prikdir» 8 . Darhaqiqat shu о„rinda biz yana insoniyat jamiyati о„z taraqqiyotida erishgan barcha yutuqlar, eng avvalo umummilliy mafkuraning barchani birlashtiruvchi vosita bо„lganligini inobatga olishimiz zarur. Prezident Islom Karimov bu masalaning yanada dolzarbligini Oliy Majlisning 2-chaqiriq I-sessiyasida sо„zlagan ma‟ruzasida (22 yanvar 2000 yil) «Bizning bosh strategik maqsadimiz qat‟iy va о„zgarmas bо„lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat. Bu – lо„nda qilib aytganda, rivojlangan davlatlarning tajriba va taraqqiyot modellaridan kо„r-kо„rona nusxa kо„chirmagan holda, ularga xos yuksak hayot darajasi va sifatiga erishish demakdir. Bu mamlakatimizda millati, tili va dinidan qat‟iy nazar har bir insonning barcha huquq va erkinliklari kafolatlanadigan, farovon turmush tarzi ta‟minlanadigan demokratik rivojlanish yо„lini izchil davom ettirish demakdir». Bu borada quyidagi muhim masalalarga alohida e‟tibor berildi: 98 · Mamlakatimiz siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish. Bunda jamiyatimizda mavjud bо„lgan turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar о„rtasidagi muvozanatni ta‟minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirsak, hayotimizning barqaror va mustahkam taraqqiyotini mukammal kafolatlagan bо„lar edik. Milliy istiqlol mafkurasi va uning demokratik jamiyat qurishdagi о„rni, eng avvalo mamlakatimiz siyosiy hayotida haqiqiy ma‟nodagi kо„ppartiyaviylik muhiti qaror topishi bilan bog„liqdir. Bu borada Prezident Islom Karimov ikkinchi chaqiriq О„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida qilgan ma‟ruzasida quyidagi vazifani qо„ydi: «Har bir partiya muayyan ijtimoiy qatlamga tayangan holda, ana shu toifa manfaatlarining himoyachisi sifatida о„zining aniq va ravshan harakat dasturiga ega bо„lishi kerak. Unda har qaysi partiyaning maqsad va vazifalari, jamiyat taraqqiyoti borasidagi muqobil takliflari о„z ifodasini topishi lozim. · Amaldagi kо„ppartiyaviylik - bu har xil qarash va g„oyalar о„rtasidagi bahs-munozara, turli partiyalar, jumladan, muxolif partiyalar uchun ham siyosiy raqobat maydoni demakdir» 9 . Biroq bizning fikrimizcha, о„tish davrida, har qanday jamiyatda bо„lganidek, muxolifat, basharti u jamiyatni yangilashning tashkilotchisi bо„lishga intilayotgan bо„lsa, aholining muayyan ijtimoiy qatlamlari va guruhlarining teran manfaatlari va intilishlarining haqiqiy ifodachisi va himoyachisi bо„lishi lozim. · Muxolifat konstitusiyaviy mezonlar doirasida faoliyat kо„rsatib, aniq dasturiy hujjatga ega bо„lishi kerak. Ana shu dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, aholini ayniqsa saylov davrida, о„zi taklif etayotgan islohotlar va yangilanish yо„li hozirgi sharoitda jamiyat uchun eng tо„g„ri va eng maqbul yо„l ekanligiga ishontira olishi lozim. · Haqiqiy muxolifatning vujudga kelishi uchun, uning hokimiyat bilan g„oyaviy va amaliy takliflar kirita biladigan, jamiyatimizning turli siyosiy qatlamlari manfaatlarining ifodachisi tariqasida maydonga chiqa oladigan muxolifat bо„lishi uchun siyosiy vaziyat va barqarorlikni ta‟minlovchi mexanizm va sistemalar kuchli bо„lishi kerak. Bugungi kunda barcha sog„lom fikr yurituvchi, mustaqilligimizni mustahkamlash va Vatanimizning buyuk kelajagi uchun kurashayotgan kishilarning barchasi siyosiy muxolifatni aynan shunday holdagi muxolifatni kо„rishni istaydi va tushunadi. Albatta, buning uchun matbuot, axborot vositalarining demokratik tamoyillarga tayanishi mustaqillikni mustahkamlashning muhim shartidir. Binobarin har bir davlat, jamiyat о„zi bajarayotgan tarixiy vazifani asoslovchi va barcha ijtimoiy qatlamlar, millatlar va elatlar, diniy e‟tiqodlar vakillarini shu vazifa atrofida birlashtiruvchi, jipslovchi umummilliy mafkuraga ega bо„lganlar. Chunki shunday qilingandagina, birinchidan, biron bir mafkura davlat mafkurasi darajasiga chiqmaydi. Ikkinchidan, bunday ish umumjamiyat, umummilliy mafkurani yanada aniqlashga, boyitishga xizmat qiladi, uning har bir fuqaroga yetib borishini ta‟min etadi. Bunday fikrga kelishimizning ilmiy-nazariy asosi, uchinchidan, hozirgi davrda ilg„or davlatlarda barcha ijtimoiy qatlamlar о„z g„oyalarini demokratiya, insonparvarlik, ijtimoiy adolat qoidalari hamda talablari asosida yaratishga intilayotganliklaridir. Albatta, ularning orasidagi murosasizlik 99 о„rniga har bir masalada konsensus, ya‟ni murosa-yu-madora tamoyillaridan kelib chiqish tobora ustun kelmoqda. Mustaqil О„zbekiston xuddi shu yо„ldan bormoqda. Bu mafkura xalqimiz tarixini, madaniyatini, falsafasini, axloqini, siyosiy ongini, badiiy didini, diniy an‟analarini va kelajak, istiqbollarini aniq belgilab berishi bilan ham alohida о„rganishga zarurat mavjud. «О„zbekiston Rossiyadan keltirilgan kommunistik mafkurani qabul qilmaydi, qabul qila olmasdi ham. Yevropada ildiz otishi mumkin bо„lgan narsa Sharqda unib о„sa olmaydi. Buni hamisha hisobga olmoq kerak. Bu о„rinda Sharqning turmush tarzini, ruhiyatini, falsafasini, uning buyuk Islom dinini hisobga olmoq zarur! Asosiy vazifamiz hech qanday ijtimoiy larzalarsiz, ochlik, qashshoqliksiz, odamlarga ziyon yetmaydigan tarzda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yangi bosqichiga о„tishdan iborat. Bu ma‟noda ham О„zbekistonning о„z yо„li bor» 10 . Bu mustaqilligimizning о„ziga xos poydevoridir. Shunga tayangan holda qurilayotgan jamiyat mustaqil va mustahkam bо„ladi. Demak, mustaqillikni mustahkamlashda О„zbekiston milliy istiqlol mafkurasining ilmiy-nazariy jihatlari quyidagi xulosalarda о„z ifodasini topadi: - Mafkura О„zbekiston jamiyati hayotida ham zarur, chunki mafkura bо„lmasa odam, jamiyat, davlat о„z yо„lini yо„qotishi muqarrar. - О„z poyoniga yetgan XX asr kо„p sinovlar, azobu uqubatlar, xatolar fojialar, urushlar, qatag„onlarni boshidan kechirishining asosiy sabablaridan biri ham mafkuraviy kurashlar milliy-madaniy meros va qadriyatlarni inkor etish, о„zga g„oyalarni zо„rlab kiritish zaminida rо„y berdi. Bu haqiqatni hech qachon yodimizdan chiqarmasligimiz kerak. - Insoniyat tarixida axborot asri deb tan olinayotgan, ya‟ni XXI asrda ham, turli xil eski va yangi mafkuralarning о„zaro kurashi har qachongidan ham kо„ra shiddatli tus olmoqda. Darhaqiqat hozirgi davrda dunyoda ikki qarama-qarshi qutb barham topgan bо„lsa-da, turli xil maqsad va manfaatlarni ifoda etuvchi mafkuralar tortishuvi tо„xtagani yо„q. Natijada bugungi kunda ham ba‟zan bir-biriga mutlaqo zid dunyoqarashlar, siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va sektalar о„rtasidagi fikr talashuvlari goho bahs-munozara doirasidan chiqib qonli tо„qnashuvlar, ommaviy qirg„inlarga sabab bо„lmoqda. Bu mustaqillik uchun katta xavf-xatardir. Ana shunday fojialarning oldini olish, ularni tinch yо„l bilan hal etishning birdan bir vositasi mafkuraviy tahdidlardan saqlanishdir, о„z milliy istiqlol g„oyasiga ega bо„lishdir. Negaki, mafkuraviy kurash va tortishuvlardan kо„zlangan asosiy maqsad - inson, avvalambor yoshlar qalbini egallash, ularni о„z dunyoqarashiga bо„ysundirish, ma‟naviy jihatdan zaif va tobe qilish. Prezident Islom Karimov iborasi bilan aytganda, «fikr qaramligi, tafakkur qulligi esa har qanday iqtisodiy va siyosiy qaramlikdan ham kо„ra dahshatlidir» 11 . Ta‟bir joiz bо„lsa, aytish mumkinki, axborot va elektronika asri deb atalayotgan yangi XXI asrda inson har qachongidan turli ma‟no-mazmundagi mafkuraviy kuchlarning ta‟siridan xoli bо„lishi deyarli imkonsizdir. Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda mafkura poligonlari yadro poligonlariga nisbatan ham kо„proq kuchga ega. Ikkinchidan, mafkuraviy kurashning kishilarni doimo ogoh bо„lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bо„lsa, buni sezish, kо„rish, oldini olish mumkin. Ammo mafkuraviy tazyiq, uning ta‟siri va oqibatlarini tezda 100 ilg„ab yetish nihoyatda qiyinligi bilan ajralib turadi. Hamda uning ilmiy-nazariy asoslari haqidagi yana bir xulosa bu tabiatda ham, jamiyatda ham vaakum-bо„shliq bо„lishi mumkin bо„lmaganidek, mafkura sohasida ham bо„shliq vujudga kelishiga aslo yо„l qо„yib bо„lmasligidir. Bu mustaqillikni asrab-avaylash, mustahkamlashning muhim shartidir. Milliy g„oyaga ishonch va e‟tiqod qancha mustahkam bо„lsa, u insonlarning shaxsiy, oilaviy hayotida, ijtimoiy hayotning barcha jabhalari orqali mustaqillikni mustahkamlab berishga xizmat qiladi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Milliy g„oya nima uchun zarur? 2. Milliy istiqlol g„oyasi nimalar bilan bog„liq ? 3. Milliy va umuminsoniy g„urur deganda nimani tushunasiz? 4. Milliy istiqlol g„oyasining asosiy g„oyalarini aytib bering. 5. Mafkuralar xilma - xilligi deganda nimani tushunasiz? Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling