1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”
Yoshlar - erkin va farovon hayot bunyodkorlari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
4076 MILLIY GOYA
5. Yoshlar - erkin va farovon hayot bunyodkorlari
Prezident I.A.Karimovning «Biz hech kimdan kam emasmiz va kam bо„lmaymiz» degan chaqirig„ining zaminida boy mazmun mujassam. Bunda bugungi yutuqlarimizdan faxr tuyg„usi ham, erkin bunyodkorlik faoliyatiga chorlov ham, mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonch ham о„z ifodasini topgan. Lekin bu avvalo yoshlarimizga, о„sib kelayotgan avlodga g„amxо„rlik, mehr-muhabbat, ularning kuch va imkoniyatlariga katta ishonchni anglatadi. Mustaqillik davrida har bir yoshning qobiliyatlari va imkoniyatlarini namoyon qila olishlari uchun tо„liq imkoniyatlar yaratish tom ma‟noda davlat siyosatiga aylandi. Bunda yoshlarni jismonan baquvvat, ma‟nan barkamol, aqlan yuksak, ruhan uyg„oq avlod qilib tarbiyalash millat g„oyasi sifatida ilgari surildi. Ta‟lim sohasini tubdan isloh qilishdan tortib bolalar va о„smirlar sportini rivojlantirishgacha bо„lgan barcha keng miqyosdagi islohotlarning maqsadi ham shunga qaratilgan. “Yashash qayerda yaxshi bо„lsa, shu yer men uchun Vatan” deb yurganlar topiladi. Bunday qarashda, haqiqiy Vatanparvarlik tuyg„usining mujassam emasligini kо„ramiz. Chunki, birinchidan, “Yashash”dan ma‟no va maqsad faqat yaxshi yeb-ichish, rohat va farog„atni о„ylash, о„zi uchun “barcha qulayliklarga” ega bо„lgan “huzur-xalovat”dangina iborat emas. Faqat shu bilan hayotning ma‟no- mazmuni, yashashdan maqsad belgilanmaydi; Ikkinchidan, bunday toifa odamlar, haqiqiy Vatan tuyg„usini anglamaydilar, yoki uni anglashdan yiroq. О„zining shaxsiy manfaatlarini hamma ham о„ylaydi, lekin uni faqat о„z qobug„ida “yalong„och” holda tasavvur etib, “Vatan” tuyg„usini idrok etmaslik, oxir oqibatda bu odamni tug„ilgan joy, ulg„aytirib hayotga yо„llanma bergan ota-ona, jamoa, el- yurt, xalq, millatining maqsad va muddaolaridan, orzu-istaklaridan, tarixi, qadriyatlaridan о„zini begona tutishga olib keladi. Bunday odamda Vatanni anglamaslik va undan “begonalik” tuyg„usi mujassam. Bunday odamda Vatanda yashab, Vatandan tashqarida о„zini kо„rish bilan bog„liq ruhiy holat mujassam. Uni bunga nima undaydi deyish mumkin? Qanday sabablar shunga olib keladi? Buning sababini shunday toifa “odamlarning о„zligidan” qidirmasdan, savolga javob topib bо„lmaydi. Odam о„zligini qanday anglasa, Vatanini ham 88 shunday anglaydi. О„zligini anglamagan odam Vatanini ham anglamaydi. Uni Vatani, tarixi qiziqtirmaydi. U о„zi uchun yashashning ma‟nosini qayerda bо„lmasin yaxshi yashashda deb biladi. U о„zining xalqi, ota-onasi, millati, mamlakati oldida ham farzandlik, fuqarolik burchini sezmaydi. Uning maqsadi nima qilib bо„lsa ham “pul topish”, yaxshi yashash”. Shu qoida uning uchun “ota- onadan”, el-xalqdan ham yuqori, Vatanidan tashqari “Vatan” bо„lib kо„rinadi. Bunday odamlarning ma‟naviy dunyosi juda “mо„rt” va moddiylik asosiga qurilgan. Bir tomonlama, insoniy mohiyatdan yiroq, Vatanidan begona “meni”ga egadir. Har bir inson о„z “meni”ga albatta ega bо„lishi tabiiy holat. Lekin uning “meni” boshqa “insonlar” “meni” bilan, xalqi, millatining “borlig„i” bilan mushtarak holda shakllanadi. Haqiqiy Vatanparvar insonlar о„zining “meni”ni Vatanining taqdiridan, millati, xalqining madaniy qadriyatlaridan, orzu-istaklaridan ayri holda tasavvur eta olmaydi. “Men”ning о„ziga xosligi ana shu milliy ruhiyatga tayansa, unga amal qilib umuminsoniy mohiyat kasb etsagina kishi о„zining haqiqiy “meni”ga ega bо„ladi. Albatta har bir inson uchun Vatandan aziz va mо„tabar, muqaddas makon yо„q. Vatan degani kindik qoni tо„kilgan shunchaki joy emas, u undan kо„ra aziz bо„lgan xalqining о„tmishi, buguni va kelajagi hamdir. Shuning uchun ham “Vatan” muqaddas. Vatan uchun har bir inson о„zligini baxshida etsa, Vatan obodligi, ozodligi yо„lida, о„zining farzandlik burchini ado etgan bо„ladi. “Vatan uchun chala ish qilib bо„lmaydi”. Vatan uchun chala ish qilish, bu eng katta gunohdir. Yoki, uning uchun hech narsa qilmaslikdir. Shuning uchun ham, Vatanni anglamaslik, uning uchun о„zligini bag„ishlamaslik ma‟rifatdan, ma‟naviyatdan yiroq, о„zligini anglamagan odamning ishidir. Bunday odamlar “baxt”, “saodatni” faqat moddiy narsalarda kо„radilar. Moddiy boylikka ega bо„lishni baxt deb tasavvur etadilar. Lekin, “Boylik”ning faqat moddiy tomonini kо„rishning о„zi yetarli emas. Haqiqiy baxtni moddiy va ma‟naviy boylikni о„zida uyg„un mujassam eta olgan odamgina aniq va mukammal his eta oladi. Insonni qorni tо„q, moddiy hayoti butun bо„lishi mumkin, lekin haqiqiy baxtli, baxtiyor bо„lmasligi mumkin. Hayotning ana shu delimmasi, doimo insonlarni о„zining sinovidan о„tkazib kelgan va kelmoqda. Shuning uchun ham, inson Vatandan tashqarida yaxshi yashashi, qorni tо„q, usti butun, xalqimiz tili bilan aytganda “yegani oldida, yemagani ortida” bо„lishi mumkin, lekin u haqiqiy baxtli bо„lmasligi mumkin. Baxtni inson о„zidan о„z Vatanidan qidirishi, topishi mumkin xolos. Uni chetdan qidirish, oxir oqibatda afsuslik, ma‟nan qoniqmaslik yо„lidir. Inson yoshlik davrida, uning о„ziga xos baland-parvozli yuqori kayfiyati, shijoatga undaydigan ruhiy quvvatlari mustahkam bо„ladi. Uning Vatan mehri bilan uyg„un bо„lishiga erishish, shuni his etib yashash, kishini Vatanga xizmat qilishga undaydi. Inson Vatanda yashab, undan tashqarida bо„lishi ham, yoki Vatanidan tashqarida bо„lib, о„zining Vatanidan hech qachon ayri holda his etmasligi ham mumkin. Gap, uning qayerda yashashi tо„g„risida emas, eng muhimi Vatanga munosabati, Vatan uchun nima qilayotganligidadir. Vatanni о„ylasa, Vatan uchun qayg„ursa, xalqining erkin va farovon hayotga erishishida ozgina bо„lsada, о„zining hissasini qо„sha olsa shuning о„zi haqiqiy Vatanparvarlikdir. Bu Vatanning sharafi, shoni-shuhratini baland tutish, uni qadrlash va qadriga yetib, qayg„ura olish bilan bog„liq ma‟naviy hodisadir. Bu Vatani bor har bir odamga 89 berilgan ulug„ ne‟matdan, har bir kishi tiriklik paytida tо„g„ri foydalana olishi kerak. Erkin hayot - bu insonning о„zi ixtiyori, qobuliyatini erkin namoyon etish va eta olishidir. Hayot erkin bо„lgan joyda taraqqiyot bо„ladi. Shunda inson о„z salohiyatini yuzaga chiqara oladi. Uning salohiyati taraqqiyotning muhim omiliga aylanadi. Erkin hayot insonga qobuliyatini, salohiyatini yuzaga chiqarishga, о„zi sevgan kasb, mehnat faoliyatini erkin tanlash bilan shug„ullanishga va hammaga bir xil imkoniyat yarata olingan hayotdir. Bu farovon hayotga erishishning muhim о„lchovidir. Ana shunday hayotni yaratishni о„zining oldida maqsad qilib qо„ygan mamlakatda, fuqarolar ozod va obod Vatanga ega bо„ladilar. Bu uning milliy istiqlol g„oyasining bosh g„oyasi ekanligi, shubhasiz chuqur falsafiy ma‟no va ahamiyat kasb etadi. “Erkin hayot” degani bu xoxlagan ishni qilish el-xalq, Vatan oldida hech qanday ma‟suliyat sezmaslik degani emas. Bu insonlarga о„z kasbini erkin tanlash, о„zining qobuliyatiga mos ishni, birovning ta‟siri, kо„rsatmasi bilan emas, о„z xoxish-istagi bilan bajarishi uchun imkoniyat ekanligini bildiradi. Inson uni о„z xalqi, Vataning ravnaqi yо„lida foydalanishni kо„nglida tugib ishlashi lozim. Uning qо„li, aql-zakovati buyuk bunyodkorlik ishlariga yо„naltirilishi muhim. Hayot erkinligi keng ma‟no kasb etadi. Uni jamiyat miqyosida kо„rganda: mulk xilma- xilligi, bozor iqtisodi bilan bog„liq erkin raqobat, siyosiy institutlar fikrlar xilma- xilligi ham ijtimoiy hayotning asoslarini erkinlik tamoyiliga qо„yilganligini bildiradi. Erkin hayot degani bu raqobatga kirisha olish imkoniyatidir. О„z salohiyatini yuzaga chiqarish uchun bahslashish, о„zligini namoyon eta olish, bunyodkorlik yо„lida orzu-maqsadlarga yetishish uchun yashash, shunga intilish, xoxish-istak sezishdir. Bugun О„zbekiston yoshlari mustaqillik tufayli dunyoning turli joylarida о„qiyapti, ishlayapti. Ular orasida xizmat vazifasini bajarib yurganlar bilan birga turli sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, ishbilarmonlar ham kо„plab topiladi. Shubhasiz, bu katta imkoniyat. Bu imkoniyatdan yoshlarimiz О„zbekiston uchun, о„z xalqi, Vatanining kelajagi uchun foydalanishni kо„ngillariga tugub olganlari kо„p. Lekin afsuski, bu imkoniyatni boshqa maqsadlar yо„lida foydalanib yurgan ayrim yoshlar ham topiladi. Yaqinda “О„zbekiston televideniyasi orqali” bir jurnalistning xorijda bо„lib, u yerda tahsil olayotgan О„zbekistonlik ayrim yoshlar bilan uchrashgani, ta‟surotlari yozilgan kо„rsatuvni tomosha qildim. Shunda Vatandan tashqarida tahsil olayotgan yoshlarga qarata, xayrlashish oldidan, ertaga О„zbekistonga qaytishini, Vatanlariga qanday istak va fikrlarning borligini sо„raganlarida, aksariyatlarini bir-birlariga qarab, “hech qanday gap yо„q” deganday ma‟nosiz bir kayfiyatda о„zlarini tutishlari, kishida taajjub tuyg„ularini uyg„otmasdan qolmaydi. Bugun qayerda о„qimaylik, yoki ishlamaylik, qanday mehnat faoliyati, yо„nalishda band bо„lishimizdan qat‟iy nazar, uning samarasidan kо„zlangan maqsad О„zbekistonning istiqboli va istiqloliga xizmat qilishi kerak. Buning uchun esa qalbimizda ana shu Vatan va xalqimizga bо„lgan ishonch va e‟tiqod qancha mustahkam bо„lsa, shuncha unga xizmat qilgan bо„lamiz. Shunda biz “qayerda yashash yaxshi bо„lsa shu yerni Vatan” deb emas, tug„ilib о„sgan, xalqimizning 90 taqdiri bilan taqdiri tutash bо„lgan Ona Vatan - О„zbekistonni Vatan deb bilamiz. Vatan yagona va bitta bо„ladi. Bugungi kunda yurtboshimizning uzoqni kо„zlagan yoshlar siyosatining hayotiyligi о„zining tasdig„ini topmoqda. Malakatimiz fuqarosi о„zbek о„g„loni Rustam Qosimjonovning Liviyaning poytaxti Tripoli shahrida о„tkazilgan shaxmat bо„yicha jahon chempionatida barcha raqiblari ustidan g„olib kelib, jahon tojiga ega bо„lganligi bunga yorqin misol bо„la oladi. Albatta. Bu kabi olamshumul g„alabalar ozod Vatanga munosib farzand bо„ladigan har tomonlama yetuk avlodning, millat sha‟ni va g„ururini himoya qila oladigan iste‟dodli, sog„lom, aqliy va jismoniy salohiyati bilan о„z mamlakatining shuhratini yanada oshirishga tayyor bо„lgan yosh avlod ulg„ayib kelayotganining dalilidir. «Yurtimiz hayotidagi bu tarixiy voqea - deyiladi Prezident I.A.Karimovning shaxmat bо„yicha jahon chempioni Rustam Qosimjonovga yuborilgan tabrigida - mustaqillik odamlarimiz uchun, avvalo yosh avlod uchun naqadar katta imkoniyatlar ochib berganini, bizning hech kimdan kam emasligimiz va hech kimdan kam bо„lmasligimizning yana bir amaliy tasdig„idir». Darhaqiqat, kelajakka yо„naltirilgan milliy istiqlol g„oyasining hayotiyligi mana shu kabi natijalar bilan о„z tasdig„ini topib boraveradi. Zero, barkamol avlod tarbiyasi milliy istiqlol g„oyasining maqsadlaridan biridir. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling