1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
4076 MILLIY GOYA
faoliyatning qat’i amal qiladigan qoidasi va meyorini anglatuvchi tushuncha
hisoblanadi. Shu ma‟noda ham milliy g„oyaning о„ziga xos tamoyillari mavjud bо„lib, ular asosida milliy rivojlanishning dolzarb vazifalari amalga oshirilmoqda. Milliy g„oyaning asosiy tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi: milliy ong, milliy tafakkurning va milliy о„zlikni shakllantirishga yо„naltirilganligi; millatni birlashtirishga qaratilganligi; millat manfaatini ifodalashi; milliy urf-odatlar, an‟analar va qadriyatlarning mustaxkamlanishi va rivojlanishiga asos bо„lishi; milliy g„urur, iftixor va ma‟suliyatning shakllanishi va mustaxkamlanishiga zamin bо„lishi; kо„p millatli mamlakatimiz aholisida yagona Vatan ruhiyatining shakllanishiga asos bо„lishi; milliy meros, tarixiy xotirani asrash, о„zlashtirish va keyingi avlodga yetkazishning ma‟naviy-ruhiy manbasi bо„lishi; yoshlarimizda Vatanparvarlik, millatparvarlik, xalqparvarlik va umuminsoniylik ma‟naviy, ruhiy salohiyatining shakllantirishga qaratilganligi; millatimizning mustaqil subyekt sifatida maqomini aks ettirish; millatimizning ozodligi, mustaqilligi va taraqqiyotiga ma‟naviy-ruhiy salohiyat bо„lish; millatimizning о„zi bilan yonma-yon yashayotgan millat va elatlar vakillarini о„z atrofiga uyushtirish, ular bilan tinch-totuv yashash, ularga xurmat, ehtirom bilan qarash, yordam kо„rsatish, xamkorlikni mustaxkamlash va ular asosida yagona о„zbekiston xalqi tuyg„ularining shakllanishiga manba bо„lishi; millatimizning zamonaviy sivilizatsiyalariga munosib hissa qо„shishiga ma‟naviy-ruhiy, kuch- qudrat va ilhom bag„ishlashi; О„zbekiston xalqida milliy xavfsizlik va milliy taraqqiyot ruhiyatini shakllantirish va mustaxkamlashning nazariy asosi bо„lish; komil inson g„oyasini о„zida aks ettirish kabilarni tashkil qiladi. Milliy g„oya milliy ong va tafakkur mahsuli hisoblanadi. Ularning rivojlanishi natijasida milliy о„zlikni anglash yuzaga keladi. Milliy tafakkur millat hayot tarzi, xususiyatlari va faoliyati, uning maqsadlari va manfaatlari negizlarining milliy ongida namoyon bо„lishidir. Milliy ong millatning о„ziga xosligi asosida rivojlanib borishidagi kо„rsatkichi bо„lsa, milliy о„z-о„zini anglash manfaatlarni himoya qilishda harakatga keltiruvchi ichki ma‟naviy-ruhiy salohiyatidir. 3 Aslida milliy ong, milliy tafakkur va milliy о„zlikni anglashdan iborat bо„lgan uchlikka amal qilmagan uni о„zida aks ettirmagan yoxud uni rivojlantirishga va mustaxkamlanishiga yо„nalmagan g„oya о„ziga milliy g„oya maqomini ham olaolmaydi. Chunki, ana shu uchlikning millat mavjudligining ham 74 real ifodasi hisoblanadi. Milliy g„oya milliy ong va milliy tafakkurning oliy kо„rinishi, uning reallikka aylanishining belgisi hisoblanadi. Ularning о„zaro ta‟siri natijasidagina milliy о„zlikni anglash omili shakllanadi va millatning «men»i yuzaga keladi. Shuning uchun ham ularni о„zida aks ettirish milliy g„oyaning bosh tamoyili hisoblanadi. Millat о„z-о„zidan shakllanmaydi, balki u jamiyat tarixiy taraqqiyotining mevasidir. Uning tо„laqonli millat maqomiga yetishi uchun har bir etnik birlik, milliy tilning, madaniyat, urf-odat, an‟analar, qadriyatlardagi о„ziga xosligi, milliy о„zlikni anglashning shakllanganligi lozim. 4 Ana shu о„ziga xoslik orqali milliy g„oya namoyon bо„ladi. Milliy g„oya о„ziga xoslikni mustahkamlaydi, va uning millat vakillari dunyoqarashiga aylanishida asosiy omil bо„lib xizmat qiladi. Bu jarayon о„z navbatida milliy totuvlik, hamjihatlikning vujudga kelishiga olib keladi. Shu ma‟noda uning eng muhim tamoyili millatni birlashtirishga qaratilganligi hisoblanadi. Milliy manfaatlar milliy g„oyada mustahkam ifodalangan bо„lsagina milliy hamjihatlik mustahkam bо„ladi va millat barqaror taraqqiyotga erishishi mumkin bо„ladi. Shu ma‟noda ham milliy g„oyaning qudrati milliy manfaatlarni tо„laqonli ifodalashi bilan belgilanadi. Milliy g„oyaning yana bir tamoyili, uning milliy urf-odat, an‟ana va qadriyatlarni mustahkamlash va rivojlanishiga asos bо„lishi hisoblanadi. Ular millatning о„ziga xosligini eng yuksak darajada ifoda etadi. Uning mustahkamlanishi va rivojlanishi milliy g„oyaga bog„liq bо„ladi. Milliy g„urur, iftixor va ma‟suliyat kabi tuyg„ularning shakllanishi ham milliy g„oya bilan bog„liqdir. Milliy g„urur har bir insonning millat vakili sifatida о„z-о„zini anglashi natijasida sodir bо„ladigan ichki ruhiy kayfiyati hisoblanadi. Bu tuyg„u о„z ona zamini, avlod-ajdodlari tomonidan qoldirilgan moddiy, ma‟naviy merosdan, о„z millatining jahon sivilizatsiyasiga qо„shgan hissalaridan, о„z Vatanining taraqqiyotda erishgan yutuqlaridan, millatining о„zga millatlar oldidagi qadr- qimmati, obrо„-e‟tiboridan ruhining kо„tarilish hissiyotdir. Milliy iftixor har bir millat vakilining о„z millatining, taraqqiyotning barcha yо„nalishlarida erishgan yutuqlaridan fahrlanish, xursand va shodlanish kayfiyati hisoblanadi. Milliy ma‟suliyat esa har bir millat vakilining о„z millati bugungi, ertangi kuni va istiqboli uchun о„zini dahldor ekanligini his qila bilishdir. Bu tuyg„ular negizida milliy g„oya turadi. Uning asosiy vazifasi ham ana shu tuyg„ularni shakllantirishga yо„nalganligi bilan belgilanadi. Chunki, ular har bir millatning taraqqiyotga erishish va yuksalishida asosiy omil buladi. Insoniyat aql zakovati yuksalib borayotgan, uning oldida yechish murakkab bulgan global muammolar kо„lami kengayib borayotgan va dunyoda barcha mamlakatlarda xalqlar birgalashib yashashlari avj olib borayotgan bugungi kunda milliy g„oya tor manfaatlar emas, balki mamlakatda yashayotgan barcha halqlarning manfaatlarini ifoda etishi va ularda yagona Vatan tuyg„usini shakllantirishga xizmat qiladi. Albatta, Vatan tuyg„usini shakllantirish bu har bir millatga xos bulgan xususiyatlarning barbod bо„lishiga emas, balki umumxalq 75 ruhiyatining shakllanishiga olib keladi. Yagona Vatan ruhiyati na faqat mamlakat nomi bilan ataluvchi millat vakilida, xuddi shuningdek, unda yashayotgan о„zga millat va elat vakillarida ham Vatanparvarlik, unga egalik qilish, uning istiqboli oldida ma‟sullik kabi hissiyotining shakllanishiga olib keladi. Shuning uchun ham milliy g„oya bugungi kunda bir millat doirasidan umumxalq doirasigacha bо„lgan manfaatlarni uyg„unlashtirishga asos bо„lmoqda. Milliy meros, tarixiy xotirani asrash, о„zlashtirish va ularni keyingi avlodga yetkazishda milliy g„oya ma‟naviy-ruhiy manba hisoblanadi. U ana shu ma‟naviy-ruhiy salohiyatdagi milliylikni «asrash», ularga kuch-quvvat bag„ishlab turish vazifasini amalga oshiradi. Shuning bilan bir qatorda millat vakillarini milliy-ma‟naviy boyliklar bilan ozuqlantiradi, ularda о„z merosini asrash va uni keyingi avlodga yetkazish ruhiyatini ham shakllantiradi. Bu jarayonda milliy g„oya bir tomondan milliy-ma‟naviy boyliklarni asrash omili bо„lsa, ikkinchi tomondan millat avlodlarini о„zaro bog„lab turish vazifasini ham bajaradi. Undagi mavjud milliylik omili avlodlarni о„zaro ma‟naviy-ruhiy jihatdan bog„lab turadi va shu tariqa milliy meros va tarixiy xotiraga umrboqiylikning baxsh etilishida milliy g„oya asosiy omildir. Milliy g„oyaning milliy meros va tarixiy xotiraning asosi bо„lishi na faqat milliy о„ziga xoslikni shuningdek millat vakilida yuksak iroda, e‟tiqod kabi fazilatlar shakllanishida ham manba rolini bajaradi. Prezident Islom Karimov ta‟kidlaganidek «Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson… Kim bо„lishidan qat‟iy nazar, jamiyatning har bir a‟zosi о„z о„tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yо„ldan urush, har xil aqidalar ta‟siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka о„rgatadi, irodasini mustahkamlaydi». 5 Mamlakat yoshlarida Vatanparvarlik, millatparvarlik, xalqparvarlik va umuminsoniylik kabi tuyg„ularni shakllantirish ham milliy g„oyaning muhim tamoyili hisoblanadi. Chunki, boshqa har qanday g„oyalarga qaraganda ham unda о„zini anglagan har qanday inson qalbi, yuragi va ongiga ta‟sir etuvchi nozik tuyg„ular mujassamlashgan. Xususan, inson о„zini-о„zi anglab, men kimman, mening avlod-ajdodlarim kim, qaysi millatga mansubman, mening ona zaminim qayerda - degan savollarni о„ziga berish va unga javob topishni milliy g„oyadan, uning ulkan negizlaridan izlaydi. U savollarga boshqa bironta g„oya javob bera olmaydi. Chunki, inson milliylik ruhiyatidan tug„ilishidan boshlab, extimol ona bag„rida hali u dunyoga kelmasdan oldin baxramand bо„lsa ajab emas. Zero, yangi dunyoga kelgan gо„dakni о„zga millat vakili olib tarbiyalasa ham, u balog„at yoshiga yetganida о„z milliy negizlariga talpinadi, hech bо„lmaganda о„z millati vakillari bilan yaqinroq bо„lishga moyil bо„ladi. Bu hayot tajribasidan о„tgan haqiqatdir. Shu tariqa ulug„ayayotgan millat vakillariga Vatanparvarlik, millatparvarlik, xalqparvarlik va umuminsoniylik kabi fazilatlarini milliy g„oya singdirib boradi. Milliy g„oyaning yana bir tamoyili, birining ikkinchisiga о„xshamaydigan xususiyatlarga ega ekanligi, о„zgalarning ma‟naviy-ruhiy xolatini aynan qabul qilaolmasligi bilan bog„liqdir. Bir millatning ma‟naviy-ruhiy salohiyati shakl va mazmun jihatdan ikkinchisida takrorlanmasligi ularning har biriga о„ziga xos «individuallik» baxsh etadi. Ana shu «individuallik» milliy g„oyada о„z ifodasini topadi. Bu har bir millatning mustaqil subyekt sifatidagi maqomini ta‟minlab 76 turadi. О„ziga xos «individuallik» milliy-ma‟naviy taraqqiyot gо„zalligini ifodalaydi va ularning ilg„or qirralari orqali umumbashariylikka daxildor bо„lgan ma‟naviy boylik vujudga keladi. Milliy g„oyaning asosiy tamoyillaridan yana biri uning millatning ozodligi, uning mustaqilligini ta‟minlashda ma‟naviy-ruhiy manba bо„lishidir. Millatning mustaqil bо„lishi, uning о„z taqdirini о„zi hal etish imkoniyatiga ega bо„lishida milliy g„oya asosiy manba bо„ladi. Chunki, u na faqat millatga mustaqil subyekt maqomini baxsh etadi, shuning bilan birga uning mustaqil taraqqiy qilishini zaruriyat va ehtiyojga aylanishini ta‟minlaydi. Chinakkam milliy taraqqiyot g„oyalari, har doim о„zida adolat, tenglik, tinchlik va demokratiya tamoyillarini aks ettiradi. Ular har bir millat uchun eng zarur ehtiyoj hisoblanadi. Chunki, adolat buzilgan joyda ziddiyat, tengsizlik mavjud bulgan sharoitda ishonchsizlik, tinchlik bо„lmagan joyda parokandalik, demokratiya bо„lmagan joyda insonning erkin nafas olishi imkoniyatini yuzaga chiqarish mumkin bо„lmaydi. Kо„rinib turibdiki, ularning har biri millatning istiqboli uchun zarur bо„lgan omillardir. Milliy g„oya shu ma‟noda ham ularni о„zida mujassamlashtirishi hamda milliy taraqqiyotning asosiy kо„rsatkichlariga aylanishiga xizmat qiladi. Ular har qanday ilg„or milliy g„oyaning umumbashariylikka daxldor bо„lgan qirralari hisoblanadi. Ulardan mahrum bо„lgan milliy g„oya, chinakkam umummilliy g„oya darajasiga kо„tarila olmaydi. Milliy g„oya millatning manfaatlari va ehtiyojlarini umuminsoniy tamoyillar bilan о„zida uyg„un holda aks ettirishi bilan ham xarakterlanadi. U umuminsoniy tamoyillarga zid emas, balki g„oyaning milliy tamoyillari negizida, ularning eng ilg„or jihatlari, umuminsoniyat manfaatlariga mos kelishi hisobiga umuminsoniy tamoyillar tizimi shakllanadi. YA‟ni, umuminsoniy tamoyillar negizida g„oyaning milliy tamoyillari shakllanmaydi, aksincha milliy tamoyillarning ilg„or, barcha xalqlar manfaatlari va ehtiyojlariga javob beradigan jihatlari hisobiga umuminsoniy tamoyillar shakllanadi. Ana shu xulosaga muvofiq milliy g„oyaning umuminsoniy tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi: milliy mahdudlik, agressiv millatchilik va shovinizmdan xoli bо„lish; urush olovini yoqish, о„zga millatlarga zulm о„tkazishdan xoli bо„lish, mamlakatlararo beqarorlikni vujudga keltirish vositasiga aylanmaslik; adolat, tenglik, tinchlik, bunyodkorlik va demokratiya g„oyalarini о„zida ifoda ettirish; jahon xalqlari yaratgan sivilizatsiya yutuqlarini asrash va keyingi avlodga yetkazishda ma‟naviy-ruhiy omil bо„lish; insoniyatga xavf solayotgan global muammolarning tahdidini keng tashviqot qilish va unga qarshi kurashda jahon xalqlari birligini vujudga keltirishga xizmat qilish; diniy bag„rikenglik g„oyalarini о„zida ifodalash; inson xaq-huquqlari, shaxs erkinligi va hur fikrlilikni himoya qilish; qonun ustvorligini, millatlararo hamjihatlilikni va siyosiy barqarorlikni vujudga keltirish va mustahkamlashga asos bо„lish; 77 har bir millatning urf-odatlari, an‟analari va qadriyatlarini hurmat qilish, ilg„or tajribalarini о„rganish va о„z millati erishgan yutuqlarini ularga yetkazish; vayronkor va turli g„arazli g„oyalarga qarshi kurash va bunyodkor g„oyalar rivojlanishining omili bо„lish kabilardir. Ular о„z mazmun va mohiyati jihatdan har bir milliy g„oya uchun xos bо„lgan umuminsoniy tamoyillardir. Xalqimiz asrlar davomida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot orzusida yashab keldi. Bu g„oya xalqimizni erkinlik va yuksalish pallalarida ham, о„z mustaqilligidan judo bо„lgan davrlarda ham tark etmadi. Bugungi kunda О„zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yо„lidagi asosiy maqsadi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish bо„lib, bu g„oya millatimizning azaliy orzu-umidlarini, intilishlarini, bunyodkorlik faoliyatining ma‟no-mazmunini ifodalaydi. Inson muayyan makonda tug„iladi va hayot kechiradi, shaxs sifatida shakllanadi. Ana shu makon unga Vatan sanaladi. Dilida Vatan tuyg„usi shakllanmagan, kindik qoni tо„kilgan zaminga mehr tuyg„usi jо„sh urmagan kishini chinakam Inson deb bо„lmaydi. Shu bilan birga inson baxt-saodat uchun tug„iladi. U ana shu baxt-saodatga о„zi tug„ilib-о„sayotgan Vatanida erishmoqni orzu qiladi. Bu unga о„z baxt-saodatini yurt rivoji, uning ozod va obodligi bilan uyg„un kо„rishni anglatadi. «Ozod Vatan», «Obod Vatan», «Erkin va farovon hayot» tushunchalari shu jihatdan о„ziga xos ma‟no va mazmun kasb etadi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling