1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
4076 MILLIY GOYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy g„oyaning milliy va umumbashariy tamoyillari
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Mafkuraviy immunitet nima? 2. Mafkuraviy bо„shliq qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin. 3. Tarixni soxtalashtirish deganda nimani tushunasiz? 4. Mafkuraviy immunitet elementlarini bilasizmi? 5. Mafkuraviy tahdid deganda nimani tushunasiz? 6. G„ayri insoniy g„oyalarga xos umumiy xususiyat nima? 71 5-mavzu: Jamiyat barqarorligini ta‟minlashning ijtimoiy asoslari. 1. Milliy g„oyaning milliy va umumbashariy tamoyillari 2. Milliy g„oya - erkin va farovon hayot qurish omili sifatida. 3. Jamiyat barqarorligi-erkin va farovon hayot qurish omili 4. Odamlarning turmush darajasi va farovon hayot bog„liqligi 5. Erkinlik va taraqqiyot g„oyalarining mushtarakligi 6. Yoshlar - erkin va farovon hayot bunyodkorlari 1. Milliy g„oyaning milliy va umumbashariy tamoyillari Milliy istiqlol g„oyasining ma‟no-mazmunini va uning millat hayotidagi о„rnini mukammal tushunib yetish uchun eng avvalo, unga zamin bо„ladigan negizni aniqlab olish nazariy va amaliy ahamiyatga molikdir. Shu nuqtai nazardan milliy istiqlol g„oyasining tarixiy, falsafiy ildizlari uning tamoyillari ham bir-biri bilan uzviy bog„liqlikdadir. Ularning uzviy bog„liqligi negizida umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi yotadi. Demak, uning asosiy tamoyillaridan biri insonparvarlik g„oyasi bilan bog„liqdir. Darhaqiqat bugungi kunda bu sо„zni juda kо„p ishlatamiz. Lekini aslida nega insonparvarlik milliy g„oyaning asosiy tamoyillaridan biri bо„lib qolmoqda degan savol ham takror-takror yodga tushadi. Buning birinchi sababi mustaqillik tufayli insonparvar va demokratik jamiyat barpo etish imkoniyati vujudga keldi. Ana shu imkoniyatni voqelikka aylantirishda ikkita muhim masalani hal etish zarurati vujudga keldi. Ulardan birinchisi - odamlar ongi va tafakkuridagi mustabid tuzum asoratlaridan, uning g„ayriinsoniy g„oyalaridan, shuningdek, yakka mafkurachilik tamoyilidan tozalashdir. Bunga erishishning bir qator yо„nalishlari mavjud. Eng muhimi yangi jamiyatda insonning tub manfaatlariga mos ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishdan iboratdir. Bunda milliy g„oyaning insonparvarlik va demokratik tamoyillari inson va jamiyat manfaatlari uyg„unligini belgilab beruvchi tayanch nuqta va jipslashtiruvchi kuch hisoblanadi. Ikkinchi sababi - insonparvarlik tamoyilida umumbashariy tamoyillar bilan bir qatorda millat tafakkuri, ruhiyati va fikrlash tarzi, qarashlar xilma-xilligi о„zaro uyg„unlashtiriladiki, bu jarayonda mamlakatimiz taraqqiyotida barqarorlik, xavfsizlik masalalari bilan hamjihatlikda tutashgan holda namoyon bо„ladi. 72 Milliy g„oyaning umumbashariy tamoyillari haqida fikr yuritganda yana bir muhim muammo «insonparvarlik huquqi» masalasining mustaqillik yillarida ustuvor yо„nalishga ega bо„layotganligi tasodifiy hol emas. Ma‟lumki, insonparvarlik haqida juda kо„plab Sharq va G„arb mutafakkirlari о„z fikrlarini bayon etishgan. Masalan, qadimgi Xitoyda ilk insonparvarlik g„oyasining ijtimoiy fikrlari Konfusiy (e.o. 511-479 y.y.) ta‟limotida, qadimgi Markaziy Osiyoda «Avesto» kitobida, buddizm dinida, Xristian dinining ajr g„oyasida, ya‟ni jafokashlar va bechoralarga ilohiy saltanatda baxt va ozodlik berishni va‟da qilganligi Islom dinida yetti aqidada о„z ifodasini topgan. Shuningdek, xalqaro huquqdagi «Insonparvarlik huquqi» atamasi ham mavjudki, ushbu atama birinchi marta qurolli mojaro yuzaga kelgan holatda madaniy qadriyatlarni himoya qilish tо„g„risidagi konvensiyada ishlatilgan edi 1 . Millat taqdiriga daxldor bо„lgan g„oyalar eng avvalo, milliy zamin bilan bog„liq bо„ladi. Unga tayanmagan, undan bahra olmaydigan yoki undan uzilib qoladigan g„oyalar millat manfaatlariga ham xizmat qilaolmaydi. Bu jarayonda ikki muhim qonuniyat amal qiladi: Birinchi qonuniyat millatning mavjudligi uning о„ziga xos xususiyatlar va mentalitetga ega ekanligi. Ular millat taraqkiyoti va istiqboli uchun asosiy manba hisoblanadi. О„z negizlari asosida rivojlanish yо„lidan bormaydigan millat istiqbolda, о„zligini yо„qotadi. Uni hisobga olish, amal qilishini millatning о„z negizlariga tayanib rivojlanish qonuniyati – deb aytish mumkin bо„ladi. Ikkinchi qonuniyat har qanday jarayonda bо„lgani kabi milliy rivojlanishda ham vorislik qonuni amal qiladi. Uning mazmuni shundaki, barcha jarayonlar о„z- о„zidan paydo bо„lmaydi, balki ular shu yо„nalishda mavjud bо„lgan oldingilari bilan bog„liq bо„ladi. Uning negizida yuzaga keladi, undan keyingi taraqqiyot uchun xizmat qilishi mumkin bulgan elementlarni qabul qilish asosida, yangisi shakllana boshlaydi. Bu jarayon vorislik qonuni hisoblanadi. U millatning о„z negiziga asoslanib rivojlanishi shart bо„lgani uchungina emas, balki barcha jarayonlar uchun ham amal qiladi. Bu vorisiylik qonuniyatning xarakterli xususiyati hisoblanadi. Uning milliy taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, u millatning о„z negizlari asosida rivojlanishi uchun imkoniyatlar salmog„ining mustaxkam bо„lishiga xizmat qiladi. Milliy g„oya shakllanishida ana shu ikki qonuniyatning uyg„unligi asosiy hisoblanadi. Albatta, milliy g„oya negizlari faqat millatning tor doiradagi zaminlari bilan cheklanmaydi. Shuning bilan bir qatorda umumbashariyat erishgan ilg„or yutuqlarga ham tayanadi. Shuning uchun ham Prezident Islom Karimov mamlakatimiz о„z mustaqilligini qо„lga kiritgandan keyin uni yangilash va rivojlantirishning quyidagi tо„rtta asosiy negizini belgilab bergan edi. Bular: umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; xalqimizning ma‟naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; insonning о„z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; vatanparvarlik 2 kabilardir. 73 Kо„rinib turibdiki, ularda milliy g„oya tamoyillari umuminsoniy qadriyatlar bilan о„zaro uyg„unlashib ketgan. Ana shu negizlar asosida milliy g„oyamizning asosiy tamoyillari shakllanadi. Xо‘sh tamoyil nima? Tamoyil biror bir ta’limot, dunyoqarash yoki Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling