1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

Ozod Vatan – о„z taqdirini о„zi mustaqil hal etish huquqini tо„la rо„yobga 
chiqara olgan millatning yashash makoni bо„lib, jahon hamjamiyatida о„z о„rniga, 
nufuziga va mavqeiga ega bо„lgan mamlakatdir.
Obod Vatan – fuqarolari erkin va ozod yaratuvchanlik faoliyati bilan band 
bо„lgan, tо„la ijtimoiy-siyosiy xavfsizlikda farovon hayot qurish ishtiyoqida 
yashayotgan hududdir. 
Erkin va farovon hayot – odamlarning yuqori darajadagi moddiy va 
ma‟naviy ne‟matlarga erkin tarzda, о„zlarining bor qobiliyatlari va imkoniyatlari 
evaziga erishishidir.
Mustaqillik milliy qadriyatlar, madaniyat va an‟analarni, ma‟naviyatni 
tiklab, odamlarimiz qalbida milliy g„urur va iftixor hamda vatanparvarlik 
tuyg„ularini kamol toptirishga zamin yaratdi. Shuningdek, mustaqilligimizning 
о„ziga xos mafkurasiga aylangan milliy istiqlol g„oyasi ming yillar davomida 
shakllanib, sayqallanib kelgan millatimiz ma‟naviyati sarchashmalaridan, butun 
insoniyat tо„plagan tajriba va qadriyatlardan oziq oladi. Shu ma‟noda ushbu 
g„oyaning milliy va umuminsoniy jihatlari haqida batafsilroq tо„xtalib о„tish joiz.
Bu sohadagi eng asosiy vazifamiz - deb ta‟kidlaydi Prezident Islom 
Karimov, - milliy qadriyatlarimizni tiklash, о„zligimizni anglash, milliy g„oya va 
mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma‟naviy hayotimizdagi о„rnini va 
hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik 
bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga kо„tarish va ta‟sirchanligini 
kuchaytirishdir.
Lekin turli qarash va fikrga ega bо„lgan ijtimoiy qatlamlar, siyosiy kuch va 
harakatlarning о„ziga xos maqsadlarini uyg„unlashtiruvchi g„oya – yurt tinchligi, 
Vatan ravnaqi, xalq manfaati - barchamiz uchun birdek muqaddas bо„lishi shart. 


78 
Tom ma‟noda mana shunday olijanob tuyg„ular milliy g„oya va milliy 
mafkuramizning ma‟no-mazmuniga, mana shu yurtda yashaydigan har qaysi 
insonning hayot dasturiga aylanishiga erishish darkor
1
. Yurtimizda yashab ijod 
qilgan islom falsafasi namoyondalari - imom Buxoriy, imom At-Termiziy, Ahmad 
Yassaviy, Abulqosim Zamaxshariy, Abduxoliq G„ijduvoniy, buyuk qomusiy 
olimlar - Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ulug„bek, 
mutafakkir shoirlar - Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy, ulug„ sarkardalar va davlat 
arboblari Amir Temur, Bobur, Abdullaxon ijodida va amaliy faoliyatlarida erkin, 
farovon jamiyat g„oyalari aks etganligi bejiz emas. Shu bilan birga Sharq 
mutafakkirlari insonparvar jamiyat qurish g„oyasini odil shohga bog„laydilar 
(Farididdin Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy, 
Bahoviddin Naqshband, Najmiddin Kubro, G„azzoliy, Bedil va b.)
2
. Bu kabi 
mutafakkirlar hokim va xalq, shoh va saltanat munosabatlarida adolatli ish tutish, 
davlatni qonunlar orqali boshqarish, qabul qilinayotgan tadbirlarning xalq 
tomonidan qо„llanishi kabi ijtimoiy muammolarni kо„taradilar.
3
Bu ozod Vatan, 
xalqparvar tuzum ideallarini asoslash edi.
Tasavvufning kо„pgina namoyondalari ham о„z ilmiy va amaliy 
faoliyatlarida erkin jamiyat g„oyasini ilgari surganlar. Hasan Basriy, Abdulla 
Ansoriy, Abulhasan Haraqoniy, Bahouddin Naqshband, Abdurahmon Jomiy, 
Alisher Navoiy, Xо„ja Ahror Valiy, Mahdumi A‟zam Kosoniy adolat, haqiqat 
kuychilari bо„ldilar. 
Darhaqiqat, barcha davrlar va xalqlar mutafakkirlari baxt-saodat 
keltiradigan 
tuzum 
haqida 
orzu 
qilib 
kelganlar. 
Bu 
haqda 
kо„plab 
mutafakkirlarimiz qarashlari tо„g„risida kо„p va xо„p gapirish mumkin. Lekin 
birgina Forobiy qarashlari misolida baxt-saodatga, farovonlikka jamiyat ahli 
qanday erishadi degan g„oyaning milliy g„oyamizda aks etgan jihatlariga tо„xtalib 
о„tish joiz.
Forobiy fikriga kо„ra, har bir inson о„z tabiati bilan shunday tuzilganki, u 
yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun kо„p narsalarga muhtoj 
bо„ladi, u bir о„zi bunday narsalarni qо„lga kirita olmaydi, ularga ega bо„lish uchun 
insonlar jamoasiga ehtiyoj tug„iladi. Shu sababli kо„p kishilarning birlashuvi 
orqaligina odam о„z tabiati bо„yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday 
jamoa a‟zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va 
yetuklikka erishuv uchun zarur bо„lgan narsalarni yetkazib beradi. Shu ma‟noda, 
Forobiy fikriga kо„ra, haqiqiy baxtga erishish maqsadida о„zaro yordam qiluvchi 
kishilarni birlashtirgan jamiyat fozil jamiyatdir. 
Abu Nasr Forobiy о„zining «Talxisu Navolisi Aflotun» («Aflotun qonunlari 
mohiyati») asarida fozil jamiyat konsepsiyasini bayon qilishni qonunlar haqida fikr 
yuritishdan boshlaydi. Buyuk mutafakkirning fikriga kо„ra, insonning xavfsiz 
yashashi uchun birgina farovonlikning о„zi yetishmaydi. Inson jasorati esa tashqi 
urushdagi jasorat emas, balki odamlarning о„z illatlari ustidan g„olib kelib, 
tinchlikni ta‟minlashlaridir
4
. Demak, insonlarning о„zaro munosabatlarini 
takomillashtirishga qaratilgan harakatidan farovon jamiyat sari intilishning ilk 
bosqichi kelib chiqadi. 
Forobiyning qarashlariga kо„ra, «eng mushkul ish - qonunni joriy qilishdir. 
Qonunga shubha bilan qarash hamda qonun ustidan arz qilish esa eng oson ishdir.» 


79 
Bugungi huquqiy davlat barpo etish jarayonlarida bu kabi о„gitlarning о„ziga xos 
о„rni bor. Ayniqsa uning qonunga hurmat bilan qarashning ahamiyati haqidagi 
fikrlari e‟tiborga molik. Buyuk alloma shunday deb yozadi: «Qonunning о„zi о„z 
holicha oliyjanob va yuqori martabali bо„lishi kerak va uning nomidan hamda u 
(qonun) haqda nimaiki gapirilsa ham mо„tabar hisoblanishi lozim… Xalq 
qonunlarga ehtiyoj sezishi va ularni chuqur о„rganishi zarur, chunki ular 
keyinchalik xalqning о„ziga foyda keltiradilar. Aks holda qonundan kо„zlangan 
maqsadga erishib bо„lmaydi»
5

Demak, Forobiy har qanday odamda ham tahsinga loyiq insoniy quvvat 
ham hayvoniy kuch mujassamligini ta‟kidlagan holda qonun aynan tahsinga 
sazovor insoniy quvvatni rivojlantirishga qaratilgan bо„lishi zarurligini uqtiradi. 
Shaharning hamma aholisiga kelganda, agar ular tahsinga sazovor quvvat kasb 
etishga kuchlari yetmasa, yо„l kо„rsatuvchi qonun sohiblarining adolatlariga 
bо„ysunishi kerak bо„ladi.
Fozil jamiyat haqidagi tasavvurlarni bugungi kunda demokratiya deb 
nomlanayotgan qadriyatlar tizimiga kо„p jihatdan mosligini kо„ramiz. Xususan, 
demokratiyaning asosiy mezonlaridan biri bо„lgan qonunlarni joriy qilish 
muammosi ham bundan mustasno emas. Uning fikriga kо„ra, chinakam qonun 
о„rnatuvchi yangi qonun qabul qilayotganida mamlakatdagi barcha tabaqalar, 
avlodlarga, viloyatlar aholisiga baxt-saodat, shod-hurramlik, erkinlik va farovonlik 
keltirishini hisobga oladi. Qonun turli-tuman fe‟l-atvor hamda xislatlarga ega 
bо„lgan odamlar xayrixohlik bilan kutib olishiga arziydigan bо„lishi zarur.
6
  
Ma‟lumki, Forobiy fozil jamiyatning asosiy xususiyati deb baxt-saodatga 
intilishni tushunadi va baxt-saodatga intilmaydigan jamiyatni johil jamiyat deb 
baholaydi. Baxt-saodat esa oliy darajadagi ezgulik bо„lib, unga sog„liq, gо„zallik, 
boylik kabi qadriyatlar yetaklaydi. Johil va adolatsiz odamlar uchun ezgulik yо„q 
va ular baxtga erisha olmaydilar. Ular uchun hatto hayot ham bir kulfatdir. 
Mutafakkir fikriga kо„ra, saodatga oqillik va unga hamisha intilib yashash orqali 
erishish mumkin. Shunday ekan, qonun mustahkam ruh va oqil idrok tarbiyasiga 
yо„naltirilgandagina farovonlik tomon yetaklaydi. Demak, rahbar xalq, ommani 
tarbiyalashga, uning ruhi va idrokini mustahkamlashga harakat qilmog„i zarur. 
Bugungi kunda biz barpo etayotgan jamiyatning oliy maqsadlaridan biri 
insonlarning farovon hayotini ta‟minlashdir. Jamiyatni boshqarishda odamlarni 
farog„atga keltiradigan birdamlikka yetaklovchi, intizomni shakllantiruvchi 
qonunlarni yaratish ayni shunga xizmat qiladi. Shunga bog„liq tarzda aytib о„tish 
joizki, XX asr boshlarida ozod yurt qayg„usida yashagan Abdulla Avloniy bu 
haqda shunday degan edi: «Intizom deb qiladurgan ibodatlarimizni, ishlarimizni 
har birini о„z vaqtida tartibi ila qilmakni aytilur. Agar yer yuzida intizom bо„lmasa 
edi. Insonlar bir daqaqa yasholmas edilar… Alhosil, har bir millatning taraqqiy va 
taoliysi ishlarini vaqtida nizomdan chiqarmay tartib ila yuritmakg„a bog„liqdur… 
Ishlarini tartib uzra yuritgan kishilarning ishlari yerida, о„zlari tinch va rohatda umr 
о„tkarurlar»
7
 
О„z yurtlarini ozod va obod kо„rishni orzu qilgan jadid ziyolilar ham 
tarbiya masalasiga alohida e‟tibor qilganlari bejiz emas edi. Yana bir bor 
Avloniyning Forobiy fikrlariga hamohang fikriga e‟tibor beraylik. «Har bir 


80 
millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati – deb ta‟kidlaydi Avloniy, - 
yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog„liqdur». 
Kо„rinib turibdiki, Forobiy va Avloniy turli davrda yashaganliklariga 
qaramay, odamlarni erkin va farovon jamiyatga tarbiya orqali yetaklashga da‟vat 
qilganlar. 
Forobiy g„oyasiga kо„ra, fozil jamiyat faqatgina odamlar jamoasi borligi 
uchungina fozil deb atalmaydi, balki adolatli qonunlarga va boshqaruv qoidalariga 
rioya qilgani, dono rahbarga ega bо„lishga, odamlarning tahsinga loyiq odatlari va 
axloqini rо„yobga chiqarishga shart-sharoit yaratgan jamiyat bо„lgani uchun ham 
fozildir.
Mamlakatdagi tuzumning gо„zal va yaxshi bо„lishi xukmdorning 
bilimdonligi va о„zga tuzumlardagi farovonlik va boshqa ijobiy jihatlardan 
xabardorlik bilan bog„liq degan fikr ham Forobiyni zamonaviy demokratiya 
nazariyotchilari qatoriga qо„yishimizga imkon beradi. Buning ustiga, fuqarolik 
jamiyati 
haqidagi 
hozirda 
kо„plab bildirilayotgan fikr-muhazalar ham 
mutafakkirning nazaridan chetda qolmagan. Forobiy mamlakat aholisi xushxulqqa 
ega bо„lmagan taqdirda kuchli hokimiyatga ehtiyoj tug„iladi deb ta‟kidlaydi. 
«…Hokimiyat ixtiyoriy qabul qilinganda kо„proq ma‟qul va har tomonlama qulay 
hisoblanadi… johil odamlar ustidan hukmronlik va ularni hokimiyatga 
bо„ysundirish haqiqatan tо„g„ri ish bо„lishi bilan birga, erkin va mehr-shafqatlilarni 
bо„ysundirish о„ta bema‟nilikdir»
8
. Darhaqiqat, komil inson ustidan hukmronlikka 
ehtiyoj 
yо„q. Komillikka intiluvchi insonlar faoliyati fozil jamiyatni 
shakllantiruvchi omillardan biridir. 
Mutafakkir fozillar shahrining ziddi bо„lgan shaharlar (jamiyat) haqida ham 
fikrlar bildiradiki, bu holat hozirgi zamon jamiyatining ayrim jihatlariga tanqidiy 
munosabatda bо„lishni talab qiladi. Forobiyning ogohlantirishi shundaki, johil 
jamiyat aholisi baxt-saodatga intilmaydi, baxt-saodat nimaligini bilmaydi ham. 
Chunki, jahil odam hech qachon baxt topmagan va baxt-saodatga ishonmaydi ham. 
Farovonlikka kelsak, jahil odam (haqiqiy obodonlikni bilmasdan) ba‟zilar nazarida 
baxtu-davlat bо„lib kо„rinadigan о„tkinchi, yuzaki narsalarni, mol-dunyoni, 
jismoniy lazzatlarni, xirsu-shahvatni, obrо„, amal, shon-shuhratni haqiqiy baxt
farovonlik deb о„ylaydi. Shu ne‟matlardan har biri jahil odam nazarida hayotdan 
maqsad, baxt-saodat bо„lib kо„rinadi.
Moddiy va ma‟naviy ne‟matlarning barchasi birgalikda uyg„unlashgan 
chog„dagina haqiqiy baxt-saodatga erishish mumkin. Bu ne‟matlarning teskarisi – 
tan kasalliklari, kambag„alchilik, zavq va lazzatdan mahrumlik, hurmat va 
obrо„ning yо„qligi – baxtsizlikdir. Yolg„iz jismi talablarini, hirsini qondirish, ishrat, 
kayf-safoga intilish baxt-saodatni bildirmaydi. Ehtiroslar tizginini jilovlamay, 
shaxsiy istaklarini tinimsiz qondirishga intilishlar ham shular jumlasidandir. 
Forobiy shuningdek bir-birlarini maqtashni, kо„kka kо„tarish, bir-birlarining oldida 
yoki begonalar kо„ziga ulug„vor, shon-shavkatli bо„lib kо„rinishga soxta 
urinishlarni ham johillikning kо„rinishi sifatida baholaydi.
Farovonlikka intiladigan jamiyat a‟zolarining о„z g„oyalari, ixtiyoriy amal 
qilishga jazm etgan qadriyatlariga sobitligini talab etadi. Forobiy fikriga kо„ra, fozil 
jamiyat aholisining nazariy qarashlari va amaliy ishlariga nisbatan begona g„oyalar 
asta kirib olib, ularning qarashlarini о„zgartirib yubormasligi kerak. Zero, inson 


81 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling