1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
4076 MILLIY GOYA
K. Gelvetsiy.
Shaxsning mafkuraviy immunitetini, uning ijtimoiy-siyosiy faolligi, pozitsiyasini mamlakat, davlat uchun favquloddagi holatlarda kuzatish mumkin. 1999 yil 11 may. Yugoslaviyadagi Xitoy elchixonasi yoniga bomba tushdi. Xitoy shaharlarida о„n minglab yoshlarning norozilik namoyishlari boshlandi. Odamlar kо„kraklariga «Men-nishonman! Meni ot» degan plakat- rasmlarni yozib chiqishdi. Boshqa mamlakatlardagi musofir xitoylar ham shunday namoyishlar uyushtirishdi. Xitoy yoshlarining milliy birligi, milliy oriyati, siyosiy, mafkuraviy birligi namoyon bо„ldi. Milliy davlatchilik, vatanparvarlik, fidoyilikni о„zida mujassam qilgan Xitoy milliy xarakteri о„zini kо„rsatdi. Bu birlikka havas qilish kerak. О„zbek xarakterini millat, davlat, Vatan sha‟ni daxlsizligi uchun istagan paytda namoyon bо„ladigan ishonchli fazilatlar bilan qurollantirish kerak 12 . Mafkuraviy immunitet shaxs tomonidan Vatan, millat uchun kо„ngilli, g„oyaviy asoslanib amalga oshiriladigan kundalik ishlarda namoyon bо„ladi. Bu faollik milliy birlik, ma‟naviy yuksalishga xalaqit berayotgan sifatlar, yot qarashlar, milliy xavfsizligimizga ichki va tashqi tahdidlarga ochiq va mardona qarshi turishni ham о„z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, - Elim, yurtim deb yashashning har bir kishida, jamoada, jamiyatda namoyon bо„lishini anglatadi. Bu esa milliy g„oyani amaliy kuchga aylantirish va buzg„unchi mafkuraviy ta‟sirlardan aholini, yoshlarimizni himoya qilishning shartlaridan biridir. Zero «Fikr va sо„z amaliyotga yо„naltirilganda ularning har ikkisi ham moddiyatga - narsaga aylanadi»13 69 Yot mafkuralar targ„ibotining «mehribonligi», «xolisligi» va «betarafligi», «yoqimliligi», «dо„stonaligi»ning ortida nima yotganini doimo bilishlari lozim. YA‟ni ularning zamirida О„zbekistonning rivojlanib ketishiga qarab muntazam taktikasini о„zgartirib turuvchi jonsarak aqidaparastlik targ„iboti natijasi va amaliyoti yotganini, ularning an‟anaviy fundamentalistik nazariya va g„oyalarni zamonaviy usullarda «jonlantirayotganini» tushunish zarur. Shu bilan birga ayrim yoshlar har xil yot g„oyalarni xolis axborot manbai sifatida qabul qilayotganliklarini ham ta‟kidlash kerak. Yot mafkuralarni kо„r- kо„rona qabul qilish zararli. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling