1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

dо‘stimiz - millat! Ular - millat dushmanlari... Biz ularga dushman! Shuni 
unutmangiz!» (Kecha va kunduz). Millatni, Vatanni, ota-bobolarimiz iymonini, 
о„zbekligimizni, mustaqilligimizni himoya qilish har bir fuqaroning burchidir. Agar 
ularning ruhlarni chirqiratib, millatni, Vatanni din niqobidagi yovuz g„oyalardan 
himoya qila olmasak, nima bо„ladi? Qaytib ozod bо„la olmaymiz. О„zbek ham 
bо„la olmaymiz, Vatanda begona bо„lamiz. Chunki, Halifaga о„z ota-bobosi 
udumlarini unutgan manqurtlar kerak. Ular halifaning paxtasini ekishi, terishi 
kerak. Ularning mehnatidan halifalikka oltinlar oqib borishi kerak. Halifa esa о„zi 
bu dunyo lazzatini suradi. Qullariga u dunyo lazzatlarini beradi. Aks holda 
halifalik g„oyasi bunchalik siyosiy maqsadlarni kо„zda tutmagan bо„lardi. Bu 
dunyo, о„tkinchi dunyo saodatiga qiziqmas, kurashmas edi. Toat-ibodat, besh vaqt 
namozga da‟vat qilib qо„ya qolar edi. Shunday emasmi?! 
«Hizbut-tahrir» - sunniylik doirasidagi diniy-siyosiy partiya bо„lib, 1952 
yilda Quddus shahrida tashkil etilgan. Bu partiya falastinlik Taqiyiddin Naboxoniy 


66 
(1909-1978) tomonidan, «Al-Ixvon al musliman»dagi Sayid Qutb bilan kelisha 
olmay qolganlaridan keyin tashkil etilgan. 
1952 yilda Taqiyiddin Nabaxoniy tomonidan yer yuzining musulmon 
davlatlarida mavjud bо„lgan tuzumni о„zgartirib, «xalifalik» davlatini tuzishlik va 
bu maqsadni amalga oshirishlik uchun «Islom dini» niqobi ostida «Hizbut-tahrir» 
(Ozodlik) partiyasiga asos solinib, bu partiyaning idoraviy tо„plamlari va boshqa 
qonunlari ishlab chiqilgan edi. Uning a‟zolari yoshlarni diniy fanatizm va 
ekstremizm ruhida tarbiyalashning barcha usullari - da‟vat, ishontirish, inontirish, 
varaqa va mish-mishlar tarqatish, halqa dars uslublarini qо„llab, fuqarolar 
о„rtasidagi, davlat va shaxs о„rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirishga harakat 
qildi. Ular gо„yo faqat «haqiqiy» musulmonlar hokimiyatga kelsa, «islomiy 
tartib»ni о„rnatish uchun keskin va agressiv harakatlarga imkoniyat yaratiladi, deb 
о„ylaydilar. 
Bu harakatlar mohiyati haqida Prezident Islom Karimov «Insoniyat tarixida 
diniy ongning ajralmas qismi bо„lgan odamlardagi e‟tiqoddan faqat bunyodkor 
kuch sifatida emas, balki, buzg„unchi kuch, hatto, fanatizm (о„ta ketgan 
mutaassiblik) sifatida foydalanilganligini kо„rsatuvchi misollar kо„p. Aynan 
fanatizm illatiga yо„liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik 
tо„lqinini keltirib chiqarishga qodir bо„ladilar»
9
 deya alohida ta‟kidlaydi.
Shuningdek, О„zbekistonning Markaziy Osiyodagi о„rnini hisobga olib, 
ular diniy oqimlar О„zbekistonda rivojlantirilsa, buning ta‟siri tezda Markaziy 
Osiyoga yoyilishiga umid qiladilar. Chunki diniy allomalari ayni Movarounnahrdan 
chiqqanligi bu о„lka xalqi milliy xarakteri, ma‟naviyatining shakllanishiga sezilarli 
hissasini qо„shganligini biladilar. Shu asosda ular diniy niqob ostida yoshlarning 
mafkuraviy immunitetini susaytirib, ularga davlatimizning demokratik siyosati 
tamoyillarini qoralab, davlat va xalq о„rtasida ziddiyat keltirib chiqarishga umid 
qiladilar. Shu sababli Hizbut tahrir dastlab yoshlarda soxta islomiy fikrlarga 
ishonchni oshirishni о„zining asosiy vazifasi deb bildi. Buni ular saqofiy 
(tushunchaga oid) amallar, ya‟ni siyosiy amal-tadbirlaridan eng muhimi, deb 
hisobladi. Boshqacha qilib aytganda, yoshlarning mafkuraviy immunitetini 
susaytirish, yengish va о„zlarining soxta g„oyalarini singdirishni birinchi vazifa 
qilib oldilar.
Bunday soxta g„oyaning ta‟siriga tushgan, aldangan bir yoshning xatini 
e‟tiboringizga xavola etamiz: 
«Men turli aldovlarga uchib, «Hizbut Tahrir»dek manfur oqimning qora 
girdobiga tushib qolganman. Dinni о‘rganishga bо‘lgan qiziqishim va bu yо‘lda 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling