1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”
G„oyaviy himoyaning xorij tajribasi namunalari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
4076 MILLIY GOYA
6.G„oyaviy himoyaning xorij tajribasi namunalari
Jahonning demokratik mamlakatlari tajribasida mafkuraviy tarbiyaning boy imkoniyatlari, turli namunalari tо„plangan. Yosh avlodni, butun jamiyatni о„z davlati, mamlakatining mafkurasi ruhida tarbiyalash – sotsiologik, pedagogik, psixologik muammo sifatida faol о„rganilib, tezkor zamonaviylashtirilib kelinmoqda. О„tgan asrning 60-70 yillari G„arbiy Yevropa va AQShda mafkurasizlashuvga, ya‟ni ijtimoiy hayotni mafkuradan xoli etishga urindilar. Lekin bu yо„l о„zini oqlamadi. Chunki tarbiyadagi mafkuraviy bо„shliq о„z asoratlarini kо„rsata boshladi. Bu haqda nufuzli nemis nashrlarida: «Hozirgi yoshlarimiz о„rtasida loqaydlik, ruhsizlik, befarqlik, anglanmagan norozilik, beqarorlik kayfiyatlari tarzida namoyon bо„layotgan «yoshlar madaniyati» deb ataluvchi xatti-harakatlar kuchaymoqda. Bu – yoshlarning о„z ajdodlari ijtimoiy va madaniy qadriyatlaridan begonalashayotganliklarining belgilaridir», - degan tashvishli fikrlar bildirila boshlandi. Natijada «mafkuraviy yangilanish», «qayta mafkuraviylashuv»ga kuchli zarurat tug„ildi va mafkurasizlik xatosini tuzatishga kirishildi. Shu tariqa, G„arbiy Yevropa va AQShning pozitivistik pedagogikasi ijtimoiy qadriyatlarga e‟tiborni, mafkuraviy tarbiyani о„z ichiga oluvchi «maktabda о„quvchilarni siyosiy indoktrinatsiyalashni amalga oshirish» konsepsiyasini ishlab chiqib, amalga oshira boshladi. AQShda mafkuraviy tarbiya, ya‟ni «siyosiy ijtimoiylashuv» konsepsiyasining maqsadi yoshlarni amerikalashtirishdir. Bu – ularga о„z Vatani - AQSH siyosiy sistemasi va ma‟naviyatini mukammal singdirish, e‟tiqodiga aylantirishning ilmiy-pedagogik sistemasidir. Mafkuraviy tarbiyani amalga oshirish uchun adaptatsiya kurslari, turli о„yinlar orqali о„quvchilar amerika jamiyatining bо„lajak «namunaviy fuqarolari» sifatidagi axloqiy, mafkuraviy vazifalarini, burchlarini ado etishga amaliy tayyorlanadilar. Yoshlar jamiyatlari, uyushmalari, «ochiq eshikli uylar», kasbiy klublar ham mazkur maqsadga xizmat qiladi. Yoshlarni mafkuraviy tarbiyalashning о„sha yillardagi asosiy vazifasi - ularni kommunistik mafkuraga qarshi g„oyaviy qurollantirish edi. Amerika maktablarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish - о„z milliy manfaatlarini himoya qiluvchi vosita sifatida qaraladi. Buni tushunsa bо„ladi, zero, bugungi yosh avlodning g„oyaviy, mafkuraviy birligi - ertaga Amerika xalqining g„oyaviy, mafkuraviy birligini anglatadi-da! Shu sababli AQShning «Millat» («The Nation») jurnali «Agar ijtimoiy fan о„qituvchisi maktab sinfidan о„zining liberal qarashlarini bildiradigan joy sifatida foydalana boshlar ekan, u tez orada ishsizga aylanadi», - deya ogohlantiradi. Xullas: 70 1. Diniy aqidaparastlik va boshqa yot mafkuralar eng avvalo yoshlarning ayrim qismining g„oyaviy-siyosiy tajribasizligiga tayanadi. Yot mafkura va buzg„unchi ta‟sirlar bilan kurash mafkuraviy tarbiyada loqaydlik, befarqlik kayfiyatining har qanday kо„rinishlariga murosasizlikni taqozo qiladi. 2. Qarshi targ„ibot samaradorligining zaruriy tamoyillaridan biri - uning tezkorligida bо„lib, unda muayyan mintaqaviy sharoitlarni, kishilarning yosh xususiyatlarini, oliy о„quv yurtining u yoki bu muddatda hal qila olishi mumkin bо„lgan mafkuraviy imkoniyatlarini hisobga olish kо„zda tutiladi. 3. Shaxsning mamlakat ichkarisida va tashqarisida sodir bо„layotgan voqealarni mustaqil tahlil qila olishi, mafkuraviy immunitetni mustahkamlaydi. Chunki mafkuraviy tahdid о„zining mazmuni, tamoyillari, uslublari va shakllariga kо„ra murakkab hodisadir. Unga: Mustaqil О„zbekistonning hayotiy yutuqlarini dalil-isbotsiz ataylab qoralash, mustaqillikka erishgan mamlakatlarning hammasida bor bо„lgan umumiy muammolarni «faqat О„zbekistonda bor» deb talqin qilish, erishilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat yutuqlari mohiyatini, hukumatimizning tashqi va ichki siyosatini soxtalashtirish, buzib kо„rsatish; ayrim mamlakatlar turmush tarzi, siyosiy tizimini bir yoqlama kо„kka kо„tarish; milliy g„oyalarimizni obrо„sizlantirish; kо„p millatli О„zbekistonda aholi о„rtasida ijtimoiy hamkorlikni buzishga qaratilgan kayfiyatlarni tarqatish va nizolar keltirib chiqarishga urinish; odamlarning diniy tuyg„ularini junbushga keltirish, diniy yovqarashni paydo qilish kabi yо„nalishlar xosdir. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling