1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
4076 MILLIY GOYA
«Tomchida quyosh aks etgani singari alohida olingan har bir shaxsda millat
yashaydi..» G‘aybulloh As -Salom 5.Xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar va mafkuraviy immunitet Hozirgi voqelikda Milliy istiqlol g„oyasi va yot mafkuralar orasidagi munosabatlar mafkuraviy kurash, mafkuraviy qarshi turish, psixologik urush shakllarida kechmoqda. Yot mafkuralar mafkuraviy kurashlarning ming yillik uslublarini, shuningdek, zamonaviylashtirilgan uslublari: axborot maydonini egallab olish; mafkuraviy diversiya, siyosiy indoktrinatsiya, mafkuraviy infiltratsiya, dezoriyentatsiya, mafkuraviy qо„poruvchilik harakatlarini qо„llash orqali xalqimizda О„zbekistonning buyuk kelajagiga ishonchsizlik uyg„otishga, davlat siyosatini obrо„sizlantirishga, odamlarning о„zini Vatan, millat himoyasidan chetga tortishga, loqaydlikka erishishga intiladilar. Bunda ular biror xususiy faktni umumlashtirish (ekstrapolyatsiya), yolg„onni haqiqatga о„xshatib tasvirlash, kichik muammodan katta yolg„on yasash, bir narsani takrorlayverish, tuyg„uni aqldan ustun qо„yish, tinglovchining shaxsiy manfaatni birinchi о„ringa qо„yib, (unga dо„st bо„lib kо„rinish) «hasratlashish», hukumatlarni xalqlarga yomon kо„rsatish, millat dushmanlariga rahmdillik, hamfikrlik tuyg„ularini uyg„otish, masalan odamlarga tanish, qadrdon ma‟lumotlarni ishlatib, (falon joyda falon voqea bо„ldi), deb rostga yolg„onni ulab yuborish uslublaridan mafkuraviy kurashda foydalanayapti. Har qanday jamiyat bunday makkor tahdidlarni yengishi uchun о„zida ogohlik, mafkuraviy xavfsizlik, tо„kislik, jangovarlik, safarbarlik, umummilliy birlik kabi ijtimoiy sifatlarga ega bо„lishi kerak. Buning uchun Milliy istiqlol mafkurasining yot mafkuralarga qarshi kurash uslublari, jumladan, buzg„unchi g„oyalar mohiyatini fosh qilishga qaratilgan targ„ibot, mafkuraviy monitoring va tahdidlar mohiyatini xalqimiz ongi va qalbiga yetkazish, jaholatga qarshi ma‟rifat tarqatish uslublaridan doimo va hamma joyda foydalanish taqozo qilinadi. 65 Sobiq sovet mustabid tuzumi davrida yosh avlodlar ongini kommunistik tarbiya о„z iskanjasida tutdi. Kommunistik mafkura insonlar ongi va qalbini egallagan edi. XXI asr boshida mafkuraviy kurashlarning SHо„ro davrida kо„rilmagan, yangi tahdidlar bilan va ilmiy-texnologik asosga qurilgan targ„ibotlar kurashi davri, deb ham tavsiflash mumkin. Chunki SHо„ro davrida qо„llanilgan targ„ibot- tashviqot, mafkuraviy kurash usullari hozir ishlamaydi. Bizga tahdid solayotgan mafkuralar «maftunkor» kо„rinsa-da, yoki «ommabop» bо„lsa-da, puxta, ilmiy texnologik asosga qurilganligi sir emas. Chunki ularning targ„iboti oldingi va hozirgi zamonaviy mafkuraviy kurash usullariga ega. Faqat g„oya, maqsadning shakli о„zgargan. Masalan, ana shunday g„oyalardan biri «xalifalik davlatini tuzish» g„oyasidir. Bu g„oyaning mazmun va mohiyat jihatdan zararli ekanligini chuqur anglash zarur. Xalifa sо„zining lug„aviy ma‟nosi, о„rinbosar, terminologik ma‟nosi musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshlig„i deb tushuniladi. Xalifalik davlati mutloq monarxiya tipidagi davlat bо„lib, davlatni xalifa boshqaradi. Xalifalik davlatini boshqaruv tizimi islom-shariat qonunlari bilan belgilanadi. «Hizbut-tahrir» da‟vo qilgan xalifalik davlati esa «Islom Nizomi» nomli kitobida bayon qilingan qonunlarga asosan boshqariladi. Vaholanki, Payg„ambarimiz Muhammad (s.a.v.) dan rivoyat qilingan ushbu Hadisi sharifda aniq aytilgan: «Xalifalik mendan sо„ng, ummatim ichida 30 yildir, undan keyin podshohlik bо„ladi». Bu mо„tabar sahih Hadis Imom Termiziy va Abu Dovuddan rivoyat qilingan. Hozirda «Hizbut-tahrir» tarafdorlari minglab begunoh kishilarning nohaq qoni tо„kilsada, xalifalik barpo etilishini majburiy deb da‟vat etmoqdalar. Ularning bunday hatti-harakatlaridan kо„zlangan maqsad konstitusiyaviy tuzumni zо„rlik bilan ag„darishdan boshqa narsa emas. Shu sababli ulardan sof islomiy qadriyatlarimizni, о„zbekligimizni (chunki Halifalik davlatida о„zbek degan sо„z о„chirib tashlanadi, davlat tili - arab tili, poytaxt ham boshqa joylarda bо„ladi), ota- bobolar dini haqiqiy islomni himoya qilishga qodir bо„lishi muhim. Shunday lahzalarda beixtiyor olovqalb CHо„lponning vatanparvarona xayqirig„i esga tushadi: «...Ulardan bizga dо‘st yо‘q... Bizning dо‘stimiz - о‘zimiz! Bizning Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling