1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


Mafkuraviy immunitet haqida tarixiy bitiklar


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

4.Mafkuraviy immunitet haqida tarixiy bitiklar 
Jahon tajribasiga nazar tashlasak, millatning mafkurasi bir emas, balki bir 
necha avlodning umri davomida ishlab chiqilishi va takomilga erishuviga guvoh 
bо„lishimiz mumkin. Butun xalqni barlashtiradigan bayroq bо„lmish milliy g„oyani 
shakllantirish uchun insoniyat tarixining turli davrlarida bitilgan bitiklarda ham о„z 
ifodasini topgan, uning yorqin ifodasini qadimgi Sharq va islom falsafasining 
buyuk namoyandalari ijodida ham uchratish mumkin.
Insoniyat tarixida mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, bunga 
erishilmaganda bu qanday fojialarga olib kelishi mumkinligi haqida bitiktoshlarda 
qoldirilgan millatga ogohlantirish da‟vatlari mavjud. Mana shulardan biri: 
Samimiy, nosamimiyni ajratmaysan, kim qattiq gapirsa, samimiyni ham 
tanimaysan. О‘shandayliging uchun tarbiyat qilgan hoqoningning sо‘zini olmayin 
nom-nishonsiz ketding.  
Kul tigin bitigi 
«Azizim, sen dushman sо„zlariga darhol ishonib qо„ya qolma uning
sо„zlari hiyla va aldovdan iborat bо„lib, u о„z maqsadiga erishish uchun о„zini 
nihoyatda, muloyim qilib kо„rsatadi. Ichki olamini tashqi olami bilan bо„yab 
kо„rsatadi. Seni g„aflatda kо„rgach, tadbir о„qini maqsad nishoniga uradi. U paytda 
sen uchun chora-tadbir kо„rish fursati о„tgan bо„lib, hasrat va nadomat yordam 
bermaydi. Chunonchi aytadilar: 


61 
Dushman ishi avval іiyla-yu, nayrang, 
Sо‘ng hujum boshlaydi qiladi garang. 
Bu selning yо‘llari tо‘silmasa gar, 
Yuzlanar behisob fitna-yu zarar.
Fitna yо‘lin bugun tо‘smasang mahkam, 
Ertaga kuchayar bо‘lib musthіkam! 
Xо„ja Samandar Termiziy 
Xalqchil talqinda mafkuraviy tahdidni - da‟vatchining suhbatdoshini о„ziga 
og„dirib olish uchun qilinadigan urinishlariga, mafkuraviy immunitetni esa 
shaxsning «og„masdan», о„zligida sobit va sodiq tura olishiga о„xshatish mumkin. 
Shuning uchun о„z qarashiga, shaxsiy fikriga ega bо„lmagan og„ma odamlarni 
о„zbeklar «betutruq», «subutsiz», «unga ishonib bо„lmaydi», «ikkiyuzlamachi», 
«sotqin», «xoin» kabi sо„zlar bilan ataydi.
Bu kabi misollar mafkuraviy immunitetni sindirish, bо„shliq hosil qilib, о„z 
g„oyasini singdirib, xalq ong va qalbini egallash, g„oyani ommalashtirishning juda 
kо„p namunalari uchradi. Chunki targ„ibotchilar olishuvi, kurashi naqadar uzoq 
tarixga ega. Bu haqda Xitoylik faylasuf va harbiy qо„mondon Sun Szi (e.o. VI 
asrda) shunday degan edi:
«Siz raqib mamlakatdagi barcha yaxshi narsalarni buzing, ayniting;
Raqib davlatdagi atoqli arboblarni sherik qilib olib, jinoyatga 
boshlang;
Raqib davlat rahbariyatining obrо„sini tо„king, qulay paytda ularning 
jamoat oldida sharmandasini chiqaring;
Bu ishda о„sha mamlakatdagi eng past, maraz odamlar bilan sheriklik 
qiling;
Raqib mamlakat odamlari orasida kelishmovchilik, janjal chiqaring;
Yoshlarni keksalarga qarshi gij-gijlang;
Hukumatni yaxshi ish yuritishiga har qanday yо„l bilan qarshilik 
kо„rsating;
Raqib qо„shinlarining ta‟minoti, tartibiga tо„siqlar qо„ying, buzing;
Askarlarini qо„shiq va kuyga oshifta qilib, irodasiz qiling;
Dushmaningizning an‟analarini qadrsizlantiring, xudolariga ishonchini 
sindiring;
Buzuq ayollarni yuborib, ularni yanada kuchliroq ayniting;
Raqib tomon haqida ma‟lumot olishga, bu ishda ular orasidan 
sheriklar topishga, ularga pul tо„lashda juda saxiy bо„ling;
Umuman pulni ham, va‟dalarni ham ayamang, chunki ular ajoyib 
natijalarni beradi»
О„zbeklar bir-biri bilan salomlashgach, «Nima gaplar?» yoki «Yegan-
ichganing о„zingga, kо„rgan-eshitganingdan gapir», - deydi.
Ayniqsa, о„z shaxsiy manfaatlariga tegishli muammolarga duch 
kelganlarida odamlar uning sabablarini axtara boshlaydilar. Shu sababli, gazetalar 
sharhi, televideniyening kelasi hafta kо„rsatuvlari haqidagi xabarlari, iqtisodiyot, 
masalan, valyuta kursi, siyosiy hayot yangiliklari oldindan tarqatiladi. Har bir kishi, 
о„ziga kerakli ma‟lumotni tanlab tinglaydi, eshitadi va о„z savollariga javob topadi. 
О„zining suvga chanqog„ini qondirgani kabi «axborot chanqog„ini» ham qondiradi. 


62 
Agarda rasmiy ommaviy axborot vositalari odamlarda tug„ilgan savollarga 
javob topa bera olmasa, odamlar bu savollarga javoblarni о„zlari «tо„qiydilar». Bu 
tarixda kо„p kо„rilgan.
Mafkuraviy kurashlar tarixida targ„ibot usullaridan, jumladan mish-
mishlarning kelib chiqish sabablari, maqsadalari haqida ulug„ allomalarimizdan 
Abu Rayhon Beruniy bundan ming yil burun о„z davri uslubida shunday yozgan 
edi: 
«Xabar beruvchilar sababli rostlik va yolg„onlik tusini oladi. Chunki 
odamlarning maqsadlari xilma-xil; xalqlar о„rtasida tortishish va talashish kо„p»
7
, - 
deb yozadi va mish-mish tarqatuvchilarning yolg„on sо„zlashidan aniq manfaatlar 
yotishi haqida shunday deydi: «...bir kishi о„zini kо„rsatish maqsadida boshqa bir 
zid jinsni ayblab, yolg„on gap yoyadi, chunki u shu bilan (zid jins ustidan) g„alaba 
qozongan va о„z istagiga erishgan bо„ladi. 
Bu ikki xil xabarning yomon istak va g„azab taqozosidan kelib chiqishligi 
ma‟lum. (Ikkinchi bir kishi esa) о„zi sevadigan bir tabaqaga minnatdorchilik 
bildirmoqchi bо„lib yoki yomon kо„radigan bir sinfni xafa qilmoqchi bо„lib, ular 
о„rtasida yolg„on xabar tarqatadi. Bu xil (xabar tarqatuvchi) avvalgi xabar beruvchi 
muxbirga yaqin bо„ladi. Chunki bu xabarni dо„stlik yoki dushmanlik natijasida 
tarqatgan bо„ladi. 
(Shuningdek) uchinchi bir kishi о„zining past tabiatliligi sababli biron 
yaxshilikka erishish yoki о„zining yuraksiz va qо„rqoqligi sababli yomonlikdan 
qutulish uchun yolg„on xabar tarqatadi. 
Shunday kishilar ham bо„ladiki, ularning tabiatiga yolg„on xabar tarqatish 
о„rnashib qolib, gо„yoki unga shu vazifa yuklangandek bо„ladi va yolg„on xabar 
tarqatmasdan tinchiyolmaydi. Bu, yomon xohishlardan va tabiatiga buzuq 
fikrlarning joylashganligidan kelib chiqadi. 
Ba‟zi kishi (yolg„on xabar tarqatuvchiga) taqlid qilib, bilmasdan yolg„on 
xabar tarqatadi...»
8
 
XIX asrning ikkinchi yarmidan о„zbek xalqi milliy madaniyati
ma‟naviyati taraqqiyotida mustamlakalik davri boshlandi. Mustamlakachilik 
siyosatida Turkistonni nafaqat siyosiy, iqtisodiy, balki ma‟naviy mustamlakaga 
aylantirish rejasi turardi. Buni ularning о„zlari ham yashirmas edilar. Bu haqda 
M.A. Muropiyev 1882 yil 30 avgust kuni Toshkent о„qituvchilar seminariyasidagi 
yig„ilishida “...musulmonlarimiz maorifining asosida ularni ruslashtirish... islomni 
buzish... umuman diniy jihatlarni buzish... yotmog„i lozim (344-151) degan bо„lsa; 
Turkiston general gubernatori I.A.Kuropatkin esa kundaliklarida; “Biz 50 yil tub-
joy aholini taraqqiyotdan chetda... tutdik”, - deb qayd etgan edi (344-165). 
Agar fashizm о„z mafkuraviy xurujlarini «endi bosib olinishi kerak bо„lgan 
xalqlar»ga qarshi tashkil etgan bо„lsa, sobiq mustabid tuzum egallab olingan aholi 
uchun tuzdi. Lenin mafkurani odamlar tafakkurini о„zgartirishda qanchalik kuchli 
omil, kuch ekanligini hisobga olib, «partiya siyosiy faoliyatda ideologiyaga 
tayangan va tayanadi», deb uqtirdi. Sobiq sovet mafkurasi о„zbek xalqining «eski 
odatlarini yо„qotish» shiori ostida milliy g„ururni, mustaqillik g„oyasi, uning 
kurashchilarini mafkuraviy zaiflashtirish maqsadida maktabdan tashqari minglab 
ma‟rifiy-siyosiy oqartuv bо„limlarini ochdi. О„zbek xalqining tafakkurini 
sovetlashtirishga bunday yondashuv ularning manfur maqsadlariga tezroq yetkazdi: 


63 
sovet dekretlari targ„iboti, partiya dasturi targ„iboti, Konstitusiya targ„ibotiga 
bag„ishlangan mitinglar, miting-konsertlar, tashviqiy sudlar, tashviqiy mavsumlar, 
qishloqlarda yurib shо„ro tuzumi mohiyatini tushuntirishlar, teatr, konsert, 
kо„rgazma, ma‟ruzalar, kino, qiroatxonalarni ishga soldi. Agitpoyezd, agitparoxod, 
klub, «qizil choyxonalar», siyosiy suhbat, «siyosiy kun» , disput, kechalar, 
jangovar varaqalar, «Chaqmoq», kinolektoriy, og„zaki jurnallar kabi targ„ibot-
tashviqotning yuzlab usullaridan foydalanib, makkor shо„ro xalqimizning ongida 
sovetning soxta g„oyalarini singdirdi.
Ikkinchi jahon urushi arafasida fashizm esa о„zining «ommaviy psixologik 
qirg„in quroli»ni yaratdi. Uning nishoni - insonning ongi, tuyg„ulari va ularga 
tayanuvchi ma‟naviy, mafkuraviy immuniteti edi. Gebbelsning «targ„ibotchilar 
qо„shini» ana shu ong va tuyg„ularni va ularga tayangan immunitetni zabt etishga 
kirishdi. 
Gebbelsning targ„ibot vazirligi targ„ibotchilari ovozida soxta nazokat
joziba barq urdi. Yolg„on va aldov meyori oshirildi. Sodda, mо„min-qobil
sharqliklarning hushyorligini susaytirish maqsad qilib qо„yildi. Shu maqsadda ular 
Sharq xalqlarining «og„ir ahvoli»ga «qayg„urib», mustamlakachilikdan qutilishlari 
(о„sha paytda sharq mamlakatlarining kо„pchiligi Angliyaning mustamlakasi edi)ga 
о„z «beg„araz» yordamlarini taklif qildilar. 
Vatan xoinlarini yollab, ulardan yozma va og„zaki targ„ibotda 
foydalanildi. Maqsad, xalqni о„zlariga og„dirib, sherik qilib, undan sо„ng uni qulga 
aylantirish edi. Agar buning iloji bо„lmasa, bu ish hech bо„lmasa, sharq 
xalqlarining fashizmga qarshi birlashuvining oldini olishda asqotishi kerak edi. 
Masalan, fashistlar о„zlarining Berlin va Rimdan uzatiladigan radioovozlarida 
milliy ozodlik kurashi olib borayotgan «dо„st Hindiston xalqi»ga samimiy 
hurmatlarini, boy va qadimiy hind madaniyatini juda sevishlarini, Hindistonni 
Angliya mustamlakachiligidan ozod qilish ishtiyoqida ekanliklarini» har kuni 
takrorladilar. 
Shuningdek, fashist mafkurachilari ham islom dinini niqob qilib, 
foydalanishga urindi. Ular о„sha paytlarda ayrim Sharq mamlakatlarida 
panislomizm g„oyalari kо„tarilganligini bilib olishdi. Natijada barcha sharq 
mamlakatlarini yagona panislomizm bayrog„i ostida (Germaniya va Italiya 
homiyligi ostida) birlashtirishga harakat qilishdi. Maqsad aniq edi: yo о„ziga 
sherikka aylantirish, yo bо„lmasa, sharq mamlakatlarining fashizmga qarshi 
birlashuviga yо„l qо„ymaslik, ularni tushovlab turish edi.
Targ„ibot shu qadar andishasiz ediki, ular Gitler va Mussolinini azaldan 
islom va musulmonlarning homiysi, g„amxо„ri bо„lib kelganliklarini, shu sababli 
Mussolining xalifalik davlatini tuzib jamiki musulmonlarning rahbari - halifa 
lavozimini bajarishga rozi ekanligini e‟lon qildilar. Bu haqda «Popolo d¢Italiya» 
gazetasi о„zining 1937 yil 20-mart sonida: «Musulmon dunyosi azal-azaldan 
yagona dohiy, homiyga muhtoj bо„lib kelmoqda... Bо„shab qolgan haliflik - «islom 
dinining rahnamosi» lavozimini duche (Mussolini. M.Q) о„z zimmasiga olishga 
tayyor», deb yozgan edi. 
Biroq sharq xalqlari bu aldovdan о„zlarini himoya qiluvchi mafkuraviy 
himoya tizimi (hozirgi ibora bilan aytganda - mafkuraviy immuniteti)ni yarata 
oldilar. Bu haqda Suriyada chiqadigan «At-Tariq» (Yо„l) gazetasi 1942 yildagi 6-


64 
sonida «Fashizmga qarshi kurashish - har bir arabning milliy burchidir! Biz 
fashizmga qarshi kurashar ekanmiz, bu bizning hayotimizga xavf solayotgan 
tahdidga qarshi kurashamiz», degan umummilliy shiorni kо„tarib chiqdi. Sharq
mamlakatlaridan fashist da‟vatchilarini birin-ketin haydab chiqara boshladilar. 
Yakka mantiq, rasmiylik, yopiq jamiyat, tabaqalashtirilganlik, sistemalilik, 
tayziq, ommaviylik tamoyillariga qurilgan kommunistik mafkura davri о„tgach, 
ayrim mamlakatlarda mafkuraga qо„shib, targ„ibot-tashviqot tizimidan ham voz 
kechdi. Chunki, mustaqillik qо„lga kirgach, yosh davlatlar о„z mustaqilliklariga
tahdid solayotgan ichki va tashqi xavflarni dastlab kutmadilar, shu sabab ularga 
qarshi tayyorgarlik ham kо„rmadilar. Bunday vaziyat, vaqt va imkoniyatdan 
foydalangan yangi, yot siyosiy guruhlar о„z g„oyalarini targ„ib-tashviq qilishda 
ancha ishlarni qilib olishadi.
Natijada nafaqat odamlarning mafkurasida, balki ayrim davlatlarning 
axborot maydonida ham bо„shliq paydo bо„ldi. Bu tezda о„z asoratlarini kо„rsata 
boshladi. Chunki yagona axborot maydoni ta‟minlanmagan edi. Din niqobida 
hokimiyat uchun kurash xalqlar qalbi va ongini egallashga harakat ham shunday 
vaziyatda boshlandi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling