1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


 Milliy istiqlol g„oyasi va shaxsiy e‟tiqod


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

 5. Milliy istiqlol g„oyasi va shaxsiy e‟tiqod 
Milliy istiqlol g„oyasining hayotimiz jarayoniga singib ketishini ta‟minlash 
uchun g„oyalar amaliy harakatlarga aylanishi jarayonini sinchiklab о„rganish lozim. 
Buning uchun dastavval, g„oya bevosita amaliyotga, amaliyot dasturiga aylanishi 
mumkinmi? Agar mumkin bо„lsa, bu jarayon qanday yuz beradi? degan savollarga 
javob topish zarur. 
Zamonaviy psixologiya, ijtimoiy psixologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar 
fanlar nuqtai nazaridan bu savolga “kо„pincha aylanmaydi” deb javob berish kerak. 
Chunki inson ongida, miyasida о„nlab, yuzlab va hatto minglab g„oyalar bо„ladi. 
Ularning barchasi ham amaliyotga aylanavermaydi. Chunki, ayni bir inson ongida 
ayni bir paytning о„zida о„nlab turli xil, jumladan, diniy, ahloqiy, siyosiy, ilmiy, 
badiiy va boshqa xil g„oyalar bо„lishi tabiiy. Ular bir-birlarini tо„lg„azishi va 
kо„pincha bir-birlariga tо„la mos kelmasligi mumkin. Natijada, shaxs bu 
g„oyalardan eng zarurlarini va о„zi eng tо„g„ri, deb bilganlarini ajratib hayotga 
tadbiq qiladi yoki unga amal qiladi. Ana shu tanlash, ya‟ni g„oyaning amaliyotga 
о„tishidagi muhim bosqichni tо„laroq va chuqurroq anglash uchun shu tanlash 
mezonlarini aniqlab olish zarur. 
G„oyalarni saralashda shaxs foydalanadigan mezonlarning eng 
muhimlaridan biri, saralab olinayotgan g„oyaning yoki maqsadning shaxs, millat, 
xalq yoki jamiyat manfaatlariga, ehtiyojlariga, qurilmalariga, e‟tiqodiga mosligidir. 
Bu hodisalar, ya‟ni manfaatlar, ehtiyojlar, ustanovkalar, e‟tiqodlar va ularning 
g„oyalar bilan о„zaro aloqadorligi murakkab. Buning ustiga bu muammo jahon 
fanida ham kam о„rganilgan. Mamlakatimiz psixolog olimlari bu muammo ustida 
endi bosh qotira boshladilar.
Muammoning murakkabligini hisobga olib biz uning faqat bir jihati ya‟ni 
g„oyalar va e‟tiqod aloqadorligi tо„g„risida fikr yuritmoqchimiz. E‟tiqod shaxs 
ongida shunday muhim о„rin tutadiki, uning hayot yо„nalishi, hayot tarzi, 
intilishlari mana shu e‟tiqod bilan belgilanadi.
Inson ongiga yо„l topayotgan, kirib borayotgan g„oyalar ham mana shu 
e‟tiqod chig„irig„idan о„tkaziladi. E‟tiqodga mos kelmaydigan g„oyalar rad etiladi. 
Lekin, g„oya va e‟tiqod aloqadorligi faqat bir tomonlama jarayon emas. Ularning 
aloqadorligi faqatgina e‟tiqodning nazoratchiligi, g„oyalarni elakdan о„tkazishi 
bilan cheklanmaydi. Shunday holatlar ham bо„ladiki, inson ongiga kirib kelayotgan 
g„oya undagi e‟tiqodni mustahkamlaydi yoki bо„shashtiradi, ba‟zan esa shu 
g„oyaning о„zi e‟tiqodga aylanadi.
Mustaqillik qо„lga kiritilgach, mamlakatimizda keng qamrovli ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar boshlandi. Bu islohotlar jarayonida mulkni davlat tasarrufidan 


53 
chiqarish, xususiylashtirish, ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish singari kо„plab 
tadbirlarni amalga oshirishga kirishildi. Islohot ijtimoiy ruhiyat sohasida ham 
amalga oshirila boshladi. Bu sohadagi eng muhim vazifa odamlarni mustaqil 
fikrlashga о„rgatish edi. Buning uchun esa ularni sobiq shо„rolar tuzumi 
qoliplaridan, boqimandalik, о„zibо„larchilik kayfiyatidan yot va begona g„oyalarga 
bо„lgan e‟tiqoddan xalos qilish kerak edi. Bu yо„nalishda muayyan ishlar amalga 
oshirildi. Biroq bu jarayon mamlakatimizda milliy istiqlol g„oyasining asosiy 
tushuncha va tamoyillari shakllanishi bilan о„zining yakunlovchi pallasiga kirdi. 
Chunki, tabiatda bо„lmagani singari inson ongida ham mutlaq bо„shliq bо„lmaydi. 
Sobiq totalitar tuzum sarqitlarini inson ongidan supurib tashlash uchun kuchli 
ma‟naviy qurol kerak. Bunday qurol vazifasini faqat milliy istiqlol g„oyasi bajarishi 
mumkin. Chunki, hayotbaxsh g„oya bilan qurollanmay turib eski g„oyalar ta‟siridan 
tо„la qutilish mumkin emas. Shunisi ham borki, milliy istiqlol g„oyasidan jamiyat 
a‟zolarining kо„pchiligi xabardor bо„lishi eski tuzum sarqitlarini supurib tashlash 
uchun kifoya qilmaydi. Milliy istiqlol g„oyasi ishonch va e‟tiqodga aylangandagina 
eskilik sarqitlarini supurib tashlashi mumkin. 
Jamiyatda g„oyaning e‟tiqodga aylanishi uning amaliyotga о„tishidagi 
muhim bosqichdir. Shaxs e‟tiqodiga aylangan g„oyani rо„yobga chiqarish uchun 
harakat qila boshlaydi. E‟tiqod qanchalik kuchli bо„lsa, uni amalga oshirish uchun 
shaxs shunchalik ehtiros bilan harakat qiladi. Kuchli e‟tiqod yо„lida shaxs bilimini, 
kuchini, boyliklarini, hatto hayotini ham ayamaydi. Tarixdan bunga kо„plab 
misollar keltirish mumkin. AQSH Prezidentlaridan biri T.Jefferson “Ozodlik 
shunday daraxtki, u ba‟zan odam qoni bilan sug„orib turishlarini talab qiladi”, 
deganda xuddi shunday e‟tiqodli odamlarning ozodlikni himoya qilish yо„lida ular 
о„z jonidan kechishga ham tayyor turishlarini nazarda tutgan edi. Yurtimiz tarixida 
ozodlik daraxtini о„z qoni bilan sug„organ yoki sug„orishga tayyor turgan 
qahramonlar kо„p bо„lgan. О„g„izxon, Shiroq, Tо„maris, Jaloliddin Manguberdi
Amir Temur, Bobur Mirzo singari shaxslar shular jumlasidandir. Ular e‟tiqodlari 
tufayli ozodlik, yurt mustaqilligi yо„lida butun kuch-g„ayratlarini, zarur bо„lganda 
jonlarini ham ayamadilar. 
Mustaqillikni ham ozodlikka о„xshatish mumkin. Ular - egizak. 
Mustaqilliksiz ozodlik bо„lmaydi va aksincha - ozodliksiz mustaqillikka erishib 
bо„lmaydi. Mustaqillikni himoya qilish uchun jon fido qilishga tayyor о„g„lonlar 
bо„lmasa u qurib qoladi. Mustaqillik daraxti gullab-yashnashi uchun uning poyiga 
kо„proq ter tо„kish kerak. Vatan о„g„il-qizlari qanchalik kо„p mehnat qilib ter 
tо„ksalar, mustaqillik daraxti, uning ildizlari, ildizlari orasidagi о„qtomir-milliy 
istiqlol g„oyasi shunchalik barq urib rivojlanadi. Lekin faqat ma‟rifat bilan 
qanoatlanilsa, nari borganda istiqlol g„oyasini izohlab, tushuntirib berish mumkin, 
izohlash va tushuntirish yо„li bilan esa odamlarning faqat fikriga, xotirasiga ta‟sir 
о„tkazsa bо„ladi. Milliy istiqlol g„oyasini yaxshi tushunib olgan talaba yoki 
о„quvchi imtihonda “a‟lo” yoki “yaxshi” baho olishi mumkin, lekin unda bu 
g„oyaga e‟tiqod shakllanmagan bо„lsa bu bilimni u tezda unutadi. E‟tiqod 
shakllanishi uchun faqat bilimning о„zi kifoya qilmaydi. E‟tiqod, xususan g„oyaviy 
e‟tiqod bilim va his-tuyg„uning farzandidir. G„oyaviy e‟tiqodning otasi bilim 
bо„lsa, onasi his-tuyg„udir. Ulardan biri bо„lmasa g„oyaviy e‟tiqod ham bо„lmaydi. 
Shu xususiyati bilan g„oyaviy e‟tiqod e‟tiqodning boshqa turlaridan, aytaylik diniy 


54 
e‟tiqoddan farq qiladi. Diniy e‟tiqod shakllanishi uchun din arkonlari tо„g„risida 
chuqur bilim bо„lishi shart emas. Dindorlarning kо„pchiligida ana shunday chuqur 
diniy bilim yо„q, lekin ularning talay qismidagi e‟tiqod bilimdon ulamolarning 
e‟tiqodidan kuchliroq bо„lishi mumkin. Buning sababi shundaki, diniy e‟tiqod 
bilimni inkor qilmaydi, lekin unda ehtiros ustivorlik qiladi. Din bо„yicha juda kо„p 
bilimga ega bо„lgan odamning e‟tiqodi sust va buning aksicha, oz bilimga ega 
bо„lgan odam kuchliroq e‟tiqodga ega bо„lishi mumkin. Shuning uchun ilm, 
ma‟rifat bilan birga unga amal qilish muhim. U e‟tiqodni mustahkamlaydi. 
Ilmiga amal qilmagan mulladan beshak, afzaldir ustiga kitob ortilgan 
eshak, deganda Shayx Sa‟diy bilimdon, lekin e‟tiqodsiz mullalarni nazarda tutgan 
edi.
Milliy istiqlol g„oyasining mohiyatiga monand tarzda uni yoshlar va aholi 
ongiga singdirish bо„yicha olib borilayotgan ishlar ma‟rifiylik bilan cheklanmay 
e‟tiqodni shakllantirish uchun amaliyotga yо„naltirilishi muhim. Buning uchun esa 
e‟tiqodning о„ziga xos xususiyatlari, uning shakllanishidagi bosqichlar, 
murakkabliklar, nozikliklarni doimo yodda tutish zarur bо„ladi. 
Milliy istiqlol g„oyasi ham ishonch va e‟tiqodni hamda unga amal qilib 
yondosha boshlagan kishilar faoliyatida samara beradi. Ishonch va e‟tiqodning 
mustahkamligi kishilarning milliy va umuminsoniy qadriyatlariga, madaniy merosi, 
urf-odatlari, an‟analarini, tili, tarixini hurmat qilishi, unga bо„lgan e‟tiqodi va 
sadoqati orqali namoyon bо„ladi. Shunda u millatni globallashuv jarayoni bilan 
ayrim tahdidlardan saqlaydi. 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling