1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”
Globallashuv va milliy g„oyaga ehtiyoj
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
4076 MILLIY GOYA
4. Globallashuv va milliy g„oyaga ehtiyoj
Milliy ma‟naviyatimizni va ma‟naviy о„zligimizni tahdidlardan himoya qilish uchun milliy istiqlol g„oyasidan samaraliroq va kuchliroq vosita yо„q. Shu masalada milliy istiqlol g„oyasining juda muhim funksiyasi, ya‟ni milliy va ma‟naviy о„zlikni himoyalash kabi muhim funksiyasi namoyon bо„ladi. Milliy istiqlol g„oyasi ana shu funksiyani bajarishi uchun esa yoshlar va aholi ongida faqat bilim, tasavvur sifatida emas, ishonch va e‟tiqod sifatida shakllanishi lozim. Milliy istiqlol g„oyasining shakllantirilishi va uning о„quvchilar, talabalar, keng aholi tomonidan о„rganishga kirishilishi mamlakatimiz ma‟naviy taraqqiyotida alohida bosqichni tashkil qiladi. Aslida milliy istiqlol g„oyasining negizlari chuqur. U xalqimizning milliy madaniy merosidan, ezgu g„oyalaridan oziqlanadi. Lekin, bu g„oyani yoshlar va aholi ongiga singdirish uchun muayyan poydevor kerak edi. YA‟ni, avvalo milliy qadriyatlarni, milliy ma‟naviyatni tiklash, milliy g„ururni uyg„otish, bir sо„z bilan aytganda, milliy istiqlol g„oyasi tomir otishi va gurkirab rivojlanishi uchun zamin tayyorlash lozim edi. Mustaqillik qо„lga kiritilgandan buyon о„tgan davr ichida ma‟naviyat sohasida ulkan nazariy, ma‟rifiy va amaliy ishlar bajarildi. Ma‟naviyat va ma‟rifat kengashlari tuzildi, yuzlab maqola va risolalar nashr etildi, tadqiqotlar о„tkazildi, ta‟lim tо„g„risida milliy dastur qabul qilindi. Bir sо„z bilan aytganda, milliy istiqlol g„oyasini keng targ„ib qilish uchun zamin yaratildi. Milliy istiqlol g„oyasini targ„ib qilishda, bizningcha ba‟zan birtomonlamalikka yо„l qо„yilmoqda. Bu g„oyani targ„ib qilishda ishtirok etayotgan murabbiy va о„qituvchilar, tadqiqotchilarning chiqishlarida, maqola va risolalarida ma‟rifatchilik bilan cheklanish kо„zga tashlanmoqda. Holbuki, ma‟naviyatni rivojlantirishda asosiy yondashuv ma‟rifiy yondashuv bо„lsa ham milliy istiqlol g„oyasini targ„ib qilishda bu yondashuv bilan cheklanib bо„lmaydi. Bu hol milliy istiqlol g„oyasining xususiyatlari bilan bog„liq. Milliy g„oya jamiyatni jipslashtiruvchi, uni ijtimoiy taraqqiyot kо„ndalang qо„yayotgan masalalarni hal qilishga, chetdan bо„layotgan g„oyaviy, ma‟naviy tahdidlardan himoyalashga qaratilgan kuchdir. Jahondagi globallashuv jarayonlari ana shu g„oyaga bо„lgan ehtiyojni keskin kuchaytiradi. Aslini olganda globallashuv 52 jarayoni bо„lmasa, milliy g„oyaga ham ehtiyoj oshmas edi. Chunki, globallashuv bо„lmaganda har bir xalq va millatning ma‟naviyati о„zicha mavjud bо„lar va imkoniyat darajasida rivoj topardi. Tashqi ta‟sir va tahdidning yо„qligi esa milliy g„oyaga ehtiyojni ham dolzarblashtirmas edi. Milliy istiqlol g„oyasining mohiyati shundaki, u odamlar ongida, xotirasida g„oyaligicha qolmay amaliyotga, hayotga aylangan taqdirdagina haqiqiy milliy va haqiqiy istiqlol g„oyasi bо„lishi mumkin. Shundagina u globallashuv sharoitida milliy ma‟naviyatni va ma‟naviy о„zlikni tashqi nosog„lom mafkuraviy tahdidlardan himoya qiladigan kuchga aylanadi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling