1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
4076 MILLIY GOYA
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Jamiyat taraqqiyoti nima uchun muayyan fikrlar, g„oyalar, mafkuralar bilan bog„liq? 2. Mafkura bо„lmasa, nima bо„ladi? 3. Qanday bunyodkor va vayronkor g„oyalarni bilasiz? 4. Mafkuraviy immunitet nima? 5. G„oya yoki mafkurani mutlaqlashtirish deganda nimani tushunasiz? 3-mavzu: Globallashuv sharoitida g„oyaviy –iqtisodiy kurashning keskinlashuvi 1. Globallashuv tushunchasi va uning mohiyatiy 2. Globalizm va aksilglobalizm 47 3. Globallashuv va milliy ma‟naviyat 4. Globallashuv va milliy g„oyaga ehtiyoj 5. Milliy istiqlol g„oyasi va shaxsiy e‟tiqod 1.Globallashuv tushunchasi va uning mohiyati XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari о„rtasidagi о„zaro ta‟sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan tо„la ihotalanib olgan birorta ham davlat yо„q, deb tо„la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a‟zo bо„lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta‟siriga kо„proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g„ayri ixtiyoriy ta‟sir esa kо„pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Globallashuvning turli mamlakatlarga о„tkazayotgan ta‟siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma‟naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog„liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga о„tkazayotgan salbiy ta‟sirini kamaytirish va ijobiy ta‟sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini о„rganish lozim. Bu hodisani chuqur о„rganmay turib unga moslashish, kerak bо„lganda, uning yо„nalishini tegishli tarzda о„zgartirish mumkin emas. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur о„rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma‟naviyatini tog„dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qо„yish bilan baravar bо„ladi. Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari о„tkazgan va о„tkazayotgan tadqiqotlarga kо„z yugurtirish bu sohadagi ishlar endigina boshlanayotganidan guvohlik beradi. Globallashuvning milliy ma‟naviyatga ham ta‟sir о„tkazadi. Har qanday siyosat, jumladan iqtisodiy siyosat va ma‟naviyat sohasidagi siyosat ham ilmiy asosga ega bо„lgandagina muvaffaqiyat keltirishini nazarda tutsak, bu masalada olimlarimiz siyosatchilarimizga yetarli kо„mak berishlarini e‟tirof etishga tо„g„ri keladi. Mamlakatimizning jahon maydonida olib borayotgan siyosati kо„proq samara va muvaffaqiyat keltirishini istasak, globallashuvning mohiyati, yо„nalishlari, xususiyatlarini chuqurroq tadqiq va tahlil qilish zarur. Aynan shu jarayonni chuqurroq tahlil etish orqali siyosatchilarning tо„g„ri yо„l tanlashi va qarorlar qabul qilishi uchun imkoniyat yaratish mumkin. Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma‟naviyati, odamlari о„rtasidagi о„zaro ta‟sir va bog„liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga berilgan ta‟riflar juda kо„p. Lekin uning xususiyatlarini tо„laroq qamrab olgani bizningcha, fransuz tadqiqotchisi B.Bandi bergan ta‟rif. Unda globallashuv jarayonining uch о„lchovli ekaniga urg„u beriladi: globallashuv-muttasil davom etadigan tarixiy jarayon; globallashuv-jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni; globallashuv-milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni. B.Bandi ta‟rifida keltirilgan globallashuv о„lchovlarining har uchalasiga nisbatan ham muayyan e‟tirozlar bildirish mumkin. Lekin jahonda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatsak, ularning har uchovi ham unda mavjud ekanini kо„ramiz. 48 Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma‟naviyatiga о„tkazishi mumkin bо„lgan ijobiy va salbiy ta‟siri Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi sо„zlarida yaxshi ifodalangan: «Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib о„tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bо„lib uyimni ag„dar-tо„ntar qilib tashlashi, о„zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman». Shuning uchun ham milliy istiqlol g„oyasini bugungi globallashuv jarayonida uyimizni, hayotimizni toza havo bilan ta‟minlab, ayni paytda «dovullar»dan saqlash omili ekanligini anglash muhim. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling