1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


Vayronkor, yot g„oya va mafkuralarning jamiyat hayotiga salbiy


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

 5. Vayronkor, yot g„oya va mafkuralarning jamiyat hayotiga salbiy 
ta‟siri 
Vayronkor g„oyalar - jamiyat, xalq va davlatlarning tanazzuliga sabab 
bо„ladi, 
g„ayriinsoniy 
maqsadlarga 
xizmat 
qiladi. 
Insoniyat tarixida ezgulik va bunyodkorlik g„oyalari bilan yovuzlik va 
buzg„unchilik g„oyalar о„rtasida hamisha kurash bо„lganligi tarixdan ma‟lum. 
Yovuzlik g„oyalari esa tarixda hamisha salbiy va yovuz kuchlar faoliyati va 
hukmronligini ifodalaydi. Salbiy yurishlarga turtki bо„lgan g„oyalar, irqchilik, 
«kommunizm», fashizm, terrorizm, mustamlakachilikni targ„ib qiluvchi g„oyalar 
bunga misol bо„ladi.
Insoniyatning, jumladan, О„zbekistoning bir necha yuz yillik tarixida ham
turli bosqinchiliklar oqibatida zulm, zо„ravonlik, kulfat urug„larini sochish va qon 
tо„kilishiga sabab bо„lgan buzg„unchi g„oyalar va mafkuralarning halokatli ta‟siri 
bilan bog„liq voqealar kо„p bо„lgan. Bu g„oyalar о„zlarida mustabidlik 
intilishlarini goh yashirin, goh oshkora ifodalagan holda amalga oshgan. 
Jumladan, bolshevizm bilan bir qatorda, XX asrning boshida mustabid 
g„oya va mafkuraning boshqa shakli – fashizm paydo bо„ldi. 
Fashizm (ital Fasismo bog„lam, birlashma) - G„arb mamlakatlarida XX asr 
boshlaridagi og„ir iqtisodiy, siyosiy va ma‟naviy buxronlar davrida vujudga 
kelgan о„ta tajavuzkor va vayronkor g„oyalar asosida shakllangan insoniyatga 
qarshi nazariya va amaliyot. U jamiyatda о„ta reaksion va tajavuzkor doiralarning 
dunyoqarashi va manfaatini ifoda etgan holda, ochiqdan-ochiq terroristik 
diktaturaga, zо„ravonlik g„oyasiga tayanadi. Fashizmning - muhim xususiyati 
ochiqdan-ochiq shovinizm va irqchilik bо„lib, uning mohiyati jamiyatning barcha 
taraqqiyparvar qatlamlari, ilg„or fikrli a‟zolariga qarshi kuch ishlatishning eng og„ir 
va zararli shakllarini qо„llash jarayonida yaqqol namoyon bо„ladi. Fashizm о„z 
kirdikorlarini yashirish va xaspо„shlash uchun siyosiy tilyog„lamalik, yolg„on va 
bо„htonlardan ustalik bilan foydalanadi. 
Fashizmning tashqi siyosati bosqinchilikdan va xalqaro terrorchilikdan 
iborat bо„lib, bunday siyosiy rejimlar XX asrning 30-yillarida Italiyada, 
Germaniyada, Portugaliyada, Ispaniyada va Sharqiy Yevropaning boshqa bir 
qancha 
mamlakatlarida 
о„rnatilgan edi. Fashistlar Germaniyasi Gitler 
boshchiligida va militaristik Yaponiya bilan ittifoq tuzib 1939-1945 yillardagi 
Ikkinchi jahon urushini boshlagan. Bu urush insoniyatga mislsiz kulfat va falokatlar 
keltirdi, 50 milliondan ortiq odam halok bо„ldi, yuzlab shahar va qishloqlar vayron 
qilindi.
О„tgan asrning 70-yillariga kelib Portugaliya, Gretsiya, Ispaniyada ham 
fashistik tartiblar barbod bо„ldi. Ammo, bugungi kunda ham ba‟zi mamlakatlarda 
(Avstriya, Germaniya va b.) fashistik unsurlarning muayyan darajada faollashuvi 


38 
kuzatilmoqda. Yangi fashizm g„oyasi bugungi kunda insoniyat uchun zararli 
ekanligini har bir inson anglamog„i lozim. 
Bolshevizm mafkurasi bо„lgan kommunistik ta‟limot xalqlarning milliy-
etnik о„ziga xosliklarini yо„qotish, «proletar baynalmilalligi» shiori bilan 
maydonga chiqqan bо„lsa, fashizm bir hukmron millatning «irqiy-etnik sofligi»ni 
mutlaqlashtirishni targ„ib-tashviq etdi. U irqchilikning homiysi hisoblanadi.
«Rasizm» sо„zi «rasa» (irq) atamasidan kelib chiqqan. Bu atama XVII 
asrdan boshlab Yevropada «insoniyat nasli»ni turli irqiy guruhlar, jumladan, «oq» 
va «sariq» irqqa ajratish uchun qо„llana boshladi. 
Irqchilik - odamlar о„rtasidagi ijtimoiy tengsizlik, bosqinchilik, zо„ravonlik 
va urushlarni kishilarning turli irqlarga mansubligi bilan oqlashga xizmat qiluvchi 
g„ayrimilliy ta‟limot
Irqchilik ta‟limoti «oq tanli»larning afzalligi, ularning azaldan «oliy irq» 
etib tanlangani, boshqa irqlarning esa «oq»larga qaraganda nomukammal 
yaratilganligi va hamisha taraqqiyotning quyi pog„onalarida turishini «asoslab» 
beradi. Uning asosiy g„oyasi о„zining «ilohiy» tabiatiga kо„ra «oq» irqlarni 
«quyi» irqlar ustidan hukmron qilishga da‟vat etishga qaratilgan edi. Irqchilik
milliy mansubligi va terisining rangiga kо„ra turuvchi kishilarga tazyiq о„tkazish, 
ularni haqoratlash, urish va о„ldirish kabi harakat-hodisalarda yaqqol namoyon 
bо„ldi. U buyuk davlatchilik, ashaddiy shovinizm, «tanlangan» xalqlarning milliy 
afzalligi g„oyalari bilan chambarchas bog„lanib ketadi. 
Irqchilik ta‟limoti boshqa xalqlarga nisbatan bosqinchilik, ta‟lonchilik 
amaliyoti bilan yaqindan bog„liqdir. Irqchilik ta‟limoti bilan qurollangan fashistlar 
Germaniyasi «oriylar irqi» hukmronligini о„rnatish maqsadida jahon urushini 
bashlagani bunga yaqqol misoldir. Hozir ham reaksion mafkuraga asoslangan 
kayfiyatdagi ayrim guruhlar, ularning nazariyotchilari irqchilik g„oyalarini targ„ib 
etib, «qoloq» xalqlarning gо„yo mustaqil rivojlanishga ruhiy tayyor emasliklarini 
da‟vo qilmoqdalar. Dunyoning turli mintaqalaridagi bunday qarashlar va 
harakatlarni xalqlar ozodligini bо„g„ishga, ular ustidan hukmronlik о„rnatishga 
intilish deb tushunish mumkin. Sobiq Ittifoq parchalanib ketganidan sо„ng ba‟zi 
imperiyacha fikrlovchi ayrim siyosatdonlar va ularning nazoriyotchilari 
qarashlarida ham irqchilik kayfiyatlari paydo bо„lganini kuzatish mumkin. Bunday 
qarashlarning asossiz ekanini hayot kо„rsatmoqda. Ma‟lumki, irqlar odamlarning 
ikkilamchi, tashqi nasli xususiyatlari (badanining rangi, yuz-bosh tuzilishi kabi 
belgilari) bir xil bо„lgan tarixiy shakllangan guruhlardir. Dunyoda yevropalik, 
mо„g„ul va negrlik belgilariga qarab ajratiladigan uch asosiy irq bor. Insonning 
jismoniy tuzilish asoslari (suyak, mushak, miya va tananing boshqa a‟zolari) barcha 
irqqa mansub kishilarda bir xildir. Butun insoniyat yagona biologik turga - «Homo 
sapiens» mansubdir. Tarixiy taraqqiyot davomida irqlarning aralashuvi, irqiy 
belgilarning о„zgarishi sodir bо„lib kelgan va u hozir ham davom etmoqda. Barcha 
irqlar madaniy taraqqiyotga birdek qobiliyatlidirlar. Irqchilik insoniyatga qarshi 
g„oyadir. О„zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida barcha irqlar va millatlarning 
teng huquqliligi belgilab qо„yilgan. Bu qoida jahon hamjamiyatining xalqaro huquq 
meyorlariga javob beradi. 
Yana bir yovuz g„oya - terrorizm bugungi kunda ham insoniyatga 
katta tahdid solmoqda.


39 
TERRORIZM (lot. Terror – qо„rquv, dahshat) - ma‟lum yovuz maqsad 
yо„lida, kuch ishlatib, odamlarni jismoniy yо„q qilishdan iborat bо„lgan g„oyaga 
asoslangan zо„ravonlik usuli. Qо„rqitish va dahshatga solish orqali о„z hukmini 
о„tkazishga urinish terrorchilikka xosdir. U iqtisodiy, siyosiy, diniy, g„oyaviy, 
irqiy, milliy, guruhiy, individual shakllarda namoyon bо„lishi mumkin. Jamiyatga 
doimiy qо„rquv, fitna, g„alamislik muhitini vujudga keltirish, zо„ravonlik yо„li
bilan jamiyat barqarorligini buzish, gunohsiz kishilar, jumladan, bolalarning halok 
bо„lishiga olib keladigan siyosiy maqsaddagi о„ldirish va portlatishlar bu mudhish 
g„oyaning asl mohiyatini tashkil etadi.
Terrorizm harakatlari insoniyat tarixida yangilik emas. U hamma vaqt 
insoniyat hayotiga tahlika va tahdid solib, turli g„arazli maqsadlarning, g„oyalar va 
xoxish irodalarning timsoli sifatida yashaydi. Terrorizm ma‟lum bir guruhning 
shaxsiy manfaatlari, о„z orzu-umidlari va g„ayriinsoniy hatti-harakatlarning 
majmuasidir. Ayni paytda u ana shu maqsadlarning amalga oshishi uchun har 
qanday xunrezliklardan, qotilliklar va zulmdan qaytmaydi. 
Terrorizm xatti-harakatlarining mazmuni va mohiyati bevosita zо„ravonlik, 
inson hayotiga tahdid va uning huquqlarini paymol etish bilan bog„liq bо„lgan, 
butun mamlakatni xonavayron qilishga olib kelgan, xalq, millat va mamlakat 
taqdirini butunlay boshqa о„zanga burib yuborib, о„z maqsadi va g„oyalarining 
rо„yobga chiqish uchun hech narsadan tap tortmaslikdir. Ayni paytda u har qanday 
fikrlash, aql-idrok doirasida ish yuritishdan xoli bо„lgan shafqatsizlik, ashaddiy 
xunxо„rlik, jazava va tazyiq bilan yovuz niyatini amalga oshiradigan bir tо„da 
olomon faoliyatidir. 
Terrorizm turli mamlakatlarda turli shakllarda va har xil maqsadlar asosida 
dunyoga keladi, urchiydi va kо„payadi. Ma‟lum bir mamlakat xalqlarining 
dunyoqarashi, ma‟naviy-ruhiy qiyofasi, aniqrog„i, ehtiyojlari, turmush tarzi 
bevosita ana shunday jarayonlarning shaklini, qiyofasini, mohiyatini va rivojlanish 
jarayonlarini, boshqacha qilib aytganda, evolyusiyasini belgilaydi. 
О„zlarining yovuz niyatlariga erishish uchun hokimiyatni qо„lga kiritishni 
kо„zlovchi kuchlarning zо„ravonligi va qо„poruvchiligi siyosiy terrorga misol 
bо„ladi. Siyosiy terrorizm nafaqat jinoyatchi guruhlar, hatto ba‟zi reaksion agressiv 
ruhdagi rasmiy siyosiy kuchlar tomonidan uyushtirilishi va qо„llanishi ham 
mumkin. 
Chorizm 
imperiyasining 
kolonial 
va 
shovinistik 
siyosati, 
sovet 
imperiyasining g„oyaviy qatog„onlari xalqimizga qarshi о„ziga xos terror edi. 
Bugungi kunda ham mustaqil rivojlanish yо„lidan borayotgan mamlakatimizga 
nisbatan g„araz niyat bilan qarovchi «yovuz» kuchlar terrorchilik yо„li bilan 
taraqqiyot yо„limizdan chalg„itishga, bizni qaramlikka, asoratga solishga 
urinmoqda. Ular vatanfurush xoinlardan ham, terrorchilikni «kasb» qilib olgan, 
«buyurtma» bо„yicha qо„poruvchilik va bosqinchilik bilan shug„ullanuvchi 
yollanma xalqaro terrorchi, jinoyatchi guruhlardan ham foydalanmoqdalar. 1999 yil 
fevral voqealari, Amerika Qо„shma Shtatlarida 2001 yil 11 sentabrda sodir bо„lgan 
voqealar, dunyoning turli mamlakatlarida amalga oshirilayotgan xunrezliklar 
terrorchilar о„z maqsadlari yо„lida hech narsadan top tortmasliklarini kо„rsatib 
turibdi. 


40 
Terrorizm qanday bayroq kо„tarib chiqmasin, qanday shiorlar bilan 
niqoblanmasin, uning reaksion, jinoyatkorona mohiyatini farqlab olish, yovuz 
niyatini ochib tashlash ongli, hurfikrli insonning, har bir vatanparvar fuqaroning 
burchidir.
Yovuz g„oyalardan yana biri buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv 
millatchilikdir.
Buyuk davlatchilik shovinizmi - bir davlatning boshqa davlat yoki davlatlar 
ustidan siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy va harbiy hukmronligini о„rnatishga 
qaratilgan nazariya va amaliyot. 
Xususan XIX asr oxiridan boshlab Rossiya imperiyasining hukmron 
doiralari boshqa xalqlarga, jumladan, О„rta Osiyo xalqlariga nisbatan ana shunday 
siyosat olib borganlar. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlarda ham bir qancha 
mamlakatlar buyuk davlatchilik siyosatini xilma-xil kо„rinishda olib bordilar. 
Prezident I.A.Karimov о„zining «О„zbekiston XXI asr bо„sag„asida: 
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida buyuk 
davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik xavfsizligimizga tahdid solayotgan 
muammolardan biri ekanligini alohida ta‟kidlagan: «О„tgan mustaqil rivojlanish 
yillarida davlatimizning suvereniteti va barqarorligiga tahdid saqlanib qolmoqda. 
Bu tahdid buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik ruhidagi 
shiorlarda, bildirilayotgan fikrlarda, sharhlarda va muayyan hatti-harakatlarda 
namoyon bо„lmoqda» [Karimov I.A. «О„zbekiston XXI asr bо„sag„asida: 
xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlatlari. -T.: 
«О„zbekiston», 1997, 51- bet]. 
Buyuk davlatchilik shovinizmi g„ayriinsoniy xususiyatga ega bо„lib, boshqa 
xalqlarni qaram qilish, iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayotda ularni kamsitishning 
о„ziga xos shaklidir. 
Shovinizmning tarixan halokatli ekanligiga sabab shuki, haddan tashqari 
kuchayib ketgan va ayniqsa, о„z milliy mumtozligiga ishonishga asoslangan buyuk 
davlatchilik zо„ravonlik asosiga qurilganligidadir. Bu esa, о„z navbatida, buyuk 
davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilikni ifoda etuvchi davlatlarning о„zida 
kо„plab qurbonlar va yо„qotishlarga olib keladi. 
Shu bois aytish mumkinki, shovinizm pirovardida davlatning о„ziga zarba 
beradi, uning poydevorini kuchsizlantiradi, ichki ziddiyatlarni kuchaytiradi. U 
jamiyatni parchalab yuborishga va uning uchun og„ir bо„lgan oqibatlarni keltirib 
chiqarishga qodir. Garchi tarixiy davrlari va shart-sharoitlari turlicha bо„lsada, 
Rim, Usmonlilar, Germaniya hamda Rossiya va Sovet imperiyalarining tarixidan 
bunga kо„plab misollar topish mumkin. 
Shovinistik kuchlar bugungi kunda, birinchidan, mamlakat aholisiga 
axborot orqali va mafkuraviy yо„l bilan tazyiq о„tkazish, ikkinchidan, mintaqa 
davlatlari ichida ziddiyatlarni yuzaga keltirish, uchinchidan, jahon afkor ommasida 
О„zbekiston haqida notо„g„ri tasavvurlarni shakllantirishga harakat qilmoqda. Bu 
yо„lda ular xilma-xil usul va vositalardan foydalanmoqdalar. 
Buyuk davlatchilik shovinizmi ham jaholatning bir kо„rinishi. Unga qarshi 
faqat ma‟rifat bilan kurashish mumkin. Bunda ayniqsa, xalqaro hamjamiyat, 
jumladan, uning teng huquqli a‟zosi bо„lgan har bir davlat bilan о„zaro manfaatli 
aloqalar о„rnatish yaxshi omil bо„lib xizmat qiladi. Ana shundagina mintaqamiz 


41 
hech qachon sivilizatsiyalar tо„qnashmaydigan, balki ular bir-biriga ijobiy ta‟sir 
etib, bir-birini boyitadigan makonga aylanadi. 
Diniy aqidaparastlik esa - siyosiy maqsadlar yо„lida mavjud ijtimoiy 
muammolarni ilk, ya‟ni mazkur din paydo bо„lgan paytdagi arkonlar asosida hal 
etmoq niyatidagi harakat va qarashlardan iborat. 
Aqidaparastlar diniy e‟tiqod shakllanishining boshlang„ich davrida 
belgilangan, о„sha zamondagi siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarga mos 
bо„lgan barcha yо„l-yо„riqlarning qa‟tiy hamda og„ishmay bajarilishini talab 
qiladilar va shu tariqa diniy oqimlarni ifodalashda qо„llanadigan islohot shaklini 
shart qilib qо„yadilar. 
Islom niqobidagi aqidaparastlarning asosiy g„oyasi - «sof islom» 
qat‟iyatlariga (prinsiplariga) qaytish, maqsadi esa islomiy davlat joriy etishdan 
iborat. Aqidaparast guruhlar haqiqatni tushuntirish, ishontirish kabi usullar orqali 
targ„ib etishni tan olmaydi. Ular о„z g„oyalari bid‟atli, g„ayriinsoniy bо„lishiga 
qaramasdan, о„ta johil va boshqalarga nisbatan murosasiz munosabatda bо„ladilar. 
О„zini shak-shubhasiz haq deb bilish, haqiqatni faqat men bilaman, degan qarashga 
asoslangan manmanlik esa, zо„ravonlikni yuzaga keltiradi. YA‟ni, aqidaparastlik 
ekstremizmning paydo bо„lishiga zamin yaratadi.
О„zbekistonda diniy ekstremizm va aqidaparastlikning islom niqobidagi 
ekstremizmi va aqidaparastligi shakli mavjud va aynan shu omil milliy 
xavfsizligimizga tahdiddir. 
Aqidaparastlarning g„oyalari о„ta zararli bо„lib, ularning fikricha biz 
millatimizni jahonga tanitgan allomalarimiz Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, Ibn 
Sino, Navoiy, Ulug„bek va tariximizdagi barcha ulug„ zotlardan mahrum 
bо„lishimiz kerak. Chunki aqidaparastlar nazarida qayerda tasavvuf bо„lsa, komil 
inson g„oyasi bо„lsa, bularning barchasi islomga va bizga yot va begona emish. 
Ular komil insonni kufr, deb bilishadi. Ularning fikricha inson komil bо„lishi 
mumkin emas. Imom Termiziy, Najmiddin Kubro, Abdulxoliq G„ijduvoniy, 
Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy singari buyuk zotlar, jumladan ota-
bobolarimiz xilxonolarini va muqaddas joylarni tavof va ziyorat qilmaslik kerak 
emish. Bularning barchasi bizning turmush tarzimiz, milliy xususiyatlarimiz, 
an‟analarimiznigina emas, xalqimizning о„ziga xos psixologiyasini ham barbod 
qilishga qaratilgandir. Tasavvufning komil inson g„oyasida insonning erki va 
taraqqiyoti ifodalanganligi diniy aqidaparastlar g„azabini keltiradi. Aqidaparastlik - 
jaholatdan boshqa narsa emas. U insonni bir mute, qul, taqdirning о„yinchog„i deb 
qaraydi, inson qalbi, ma‟naviy ehtiyojlari bilan mutlaqo hisoblashmaydi. 
Fundamentalistlar esa tasavvuf ta‟sirida shakllangan adabiyot, falsafa, 
san‟atdan ham voz kechish, umuman aql va his bilan yaratilgan barcha narsalarni 
yо„q qilishni talab qiladilar.
Aqidaparastlik va fundamentalizmning namoyon bо„lishiga harakatni 
dunyoning ba‟zi mamlakatlarida bugungi kunda mavjud hukmron dindan boshqa 
dinni targ„ib qilganlar jazolanganligi, boshqa din va uning madaniy yodgorliklariga 
murosasiz munosabatda bо„lib, uni yо„q qilishga urinishlarida kо„rishimiz mumkin. 
Masalan, Afg„oniston hududidagi buddizm diniga mansub 15 asr ilgari bunyod 
etilgan Bamiyon shahridagi madaniy yodgorliklar ham yо„q qilinishiga fatvo 
berilib, dunyodagi eng yirik va noyob Budda yodgorliklari о„qqa tutilib, buzib 


42 
tashlandi. Bu johilona hatti-harakatlar islom dini va tasavvuf ta‟limotining о„zga
dinlarga bag„rikenglikka asoslangan munosabatlariga mutlaqo zid bо„lganligi 
uchun ham butun dunyo musulmonlari va barcha taraqqiyparvar kuchlar 
tomonidan qoralandi.
Islom dinining tasavvuf ta‟limoti ahli esa tarixda hayotga, jamiyat va inson 
masalalariga keng qaraganlar. Bu chin ma‟nosi bilan insonparvarlik ta‟limotidir. 
Chunki sufiylar, garchi chin musulmon sifatida shuhrat qozonib, islom dini uchun 
kurashgan bо„lsalarda, ammo hech qachon о„zga dinlarni kamsitmaganlar. Shu 
sababli ham tasavvuf diniy bag„rikenglik ta‟limoti, inson kamolatiga yо„l qidirgan 
hamda jaholatga qarshi kurashib kelgan ma‟rifiy ta‟limotdir.
Aqidaparstlikka qarshi turadigan kuch - bu ilm-ma‟rifatdir. Asrimiz boshida 
ham jadidlar yangi maktablar tashkil etib, yoshlarga dunyoviy bilim berib, 
aqidaparastlikka qarshi kurashgan edilar. Aqidaparastlar «dinni tozalash», «sof 
dinga qaytish» niqobi ostida tashviqot olib borib, odamlarni tahlikaga solish, qonli 
jinoyatlar sodir etish, jamiyatni xavf ostiga qо„yishga urinmoqdalar. Ularning bu 
hatti-harakatlari yosh mustaqil davlatimizga ochiqdan-ochiq tajovuzdan boshqa 
narsa emas, u milliy mustaqilligimizga ham qatta taxdiddir. 
Diniy ekstremizm - ma‟lum siyosiy maqsadlar yо„lida va din niqobi ostida 
mutaassiblar yoki ularning irodasiga kо„ra ish kо„ruvchi guruhlar tomonidan olib 
boriladigan о„ta ashaddiy harakatlar va qarashlar majmuini anglatadi. 
Boshqacharoq aytganda, diniy ekstremizm - muayyan diniy yо„nalish va 
tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib unsurlar siyosiy faoliyatining mafkurasi. Bu 
fikrning isboti sifatida «Musulmon birodarlari» va undan ajralib chiqqan kо„plab 
diniy ekstremistik ruhidagi guruh va tashkilotlar tayanadigan asosiy g„oyalarni 
eslab о„tishimiz mumkin. 
«Musulmon birodarlari» hech qanday ma‟muriy-jug„rofiy hududni tan 
olmaydilar va pirovard maqsadda yer yuzidagi barcha mamlakatlarda yagona 
musulmonlar birligi va ularning diniy va dunyoviy hokimiyatini о„zida 
mujassamlashtirgan «xalifa» rahbarligidagi yagona musulmon davlati qurishni 
kо„zlaydilar. Bu shartni bajarmoq, niyatga yetmoq uchun har qanday xunrezlikka 
va birodarkushlikka fatvo beriladi va hakazo. 
Diniy ekstremizm namoyon bо„lishiga kо„ra hududiy, mintaqaviy, 
xalqaro shakllarga bо„linadi. Bunday qarashlar juda qadimiy ildizlarga ega bо„lib, 
hech qachon chegara bilmagan, millat, hududni tan olmagan diniy ekstramizm 
barcha dinlar doirasida rivojlangan. Diniy ekstremistlar qayerda va qaysi din 
bayrog„i ostida faoliyat kо„rsatmasin, asosiy maqsadi diniy davlatni barpo qilish
bо„lib bu maqsadga о„zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli tо„qnashuvlar orqali ya‟ni qon 
tо„kish va zо„rlik bilan erishishni kо„zlaydilar. 
Bu esa mustaqillikka ham, taraqqiyotga ham katta g„ov bо„ladi. 
Ekstremistik guruhlarning yagona maqsadi hokimiyatni qо„lga olish bо„lib, bu 
yо„lda ular eng jirkanch usullarni qо„llashdan ham tap tortmaydilar. Bugungi kunga 
kelib ekstremizm nafaqat islom dunyosida balki boshqa dinlar tarqalgan hududlarda 
ham, tо„la-tо„kis namoyon bо„lib qolmoqda. 
Dunyoda inson huquqlari va demokratik tamoyillar ustuvor bо„lib 
borayotgan, qonun hamda xalqaro huquq qoidalari mamlakatlar, xalqlar, davlatlar 
orasidagi munosabatlarning asosiy tamoyiliga aylanayotgan hozirgi davrda diniy 


43 
ekstremizmga о„rin qolmayapti. Ammo, bu unga qarshi kurashmaslik, hushyorlikni 
oshirmaslikni bildirmaydi. Mazkur sohada ham Prezidentimiz uqtirganlari kabi 
ogohlik, ezgu g„oyalar yо„lida kurash olib borish hayot va faoliyatning asosiy 
mezoni bо„lib qolmoqda. 
Diniy ekstremizmni keltirib chiqaruvchi sabablar: 
- Dindan foydalanib dinga aloqasi bо„lmagan siyosiy va boshqa tajovuzlar 
va maqsadlarni amalga oshirish uchun intilish; 
- Dinni niqob qilib, turli siyosiy mojarolar, ziddiyatlarni keltirib 
chiqarishga urinish; 
- Inson, millatlarining о„z taqdirini о„zi belgilash huquqini emas, balki 
dinning yashashga bо„lgan huquqini e‟tirof etish; 
- Dinni dunyoqarash, tafakkurning yagona vositasi deb hisoblash; 
- О„z-о„zidan ravshanki, bu hodisalar О„zbekistoning mustaqilligini 
mustahkamlash, uning xavfsizligini ta‟minlash zarurligi nuqtai nazaridan 
qaraganda butunlay zararli g„oyalardir. 
Hozirgi kunda bizning turmush tarzimizga, ruhiyatimizga nisbatan 
qilinayotgan ma‟naviy-ma‟rifiy hurujlarning usullari tobora noziklashib borayapti. 
Zararli g„oyalarni turli kinofilmlar, televideniye kо„rsatuvchlari va radio 
eshittirishlari shaklida, gazeta-jurnallar, internet tarmog„i va boshqa yо„nalishlarda
uzluksiz ravishda tiqishtirilib, bizning milliy qadriyatlarimizni barbod etishga, 
mafkuraviy immunitetimizni susaytirishga, yoshlarimizni soxta g„oyalarning 
ta‟siriga olishga muntazam harakat qilinmoqda. Yot, zararli g„oyalarning 
mamlakatimizga kirib kelishi xalqning milliy g„oyasini (maqsad va intilishlarini), 
taraqqiyot yо„lini о„ziga xos va mos bо„lmagan yо„nalishga burib yuborish, 
mamlakatlarning ijtimoiy, ma‟naviy, siyosiy hayotini о„zgartirib yuborishi 
mumkin. Begona g„oyalarning mamlakatga kirib kelishi va fuqarolar о„rtasida 
tarqalishi katta xavf, salbiy oqibatlarini keltirib chiqarishi mumkinligini e‟tiborga 
olib Abu Nasr Forobiy о„z vaqtida begona g„oyalarning zarari tо„g„risida: «О„zga, 
begona g„oyalar kirib kelib, xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, an‟analarini 
tubdan о„zgartirib yuborishi mumkin» [Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar shahri» -
T.: G„. G„ulom nomidagi Adabiyot va san‟at nashriyoti, 1993.], deb yozgan edi. 
Masalan: Sobiq ittifoq davrida yurtimizga begona g„oyalar kirib keldi. 
Begona ijtimoiy, iqtisodiy, ma‟naviy, siyosiy hayot qaror topdi. Turmush 
tarzimizdan begona urf-odat, an‟analar joy oldi. О„zimizga xos va mos bо„lmagan 
kommunizm g„oyasi bilan yashay boshladik. Xalqimizning azaliy turmush tarzi, 
urf-odatlari psixologiyasi, qadriyatlari, insoniy munosabatlari, tarbiyasiga о„ta 
salbiy ta‟sir kо„rsatdi.
Bunday g„oyalar inson tabiatiga zid bо„lib, salbiy tomonga о„zgartiradi, 
unda nosog„lom turmush tarzini shakllantiradi, fikrlar xilma-xilligini cheklaydi, 
qaramlik, tobelik, mutelik muhitini yaratadi. Milliy tafakkur tarzini о„z 
negizlaridan begonalashtiradi, begona urf-odat, an‟analarni targ„ib qiladi, ularning 
kirib kelishiga muhit yaratadi, mamlakatni, xalqni о„z milliy qadriyatlaridan, oxir-
oqibat о„z taraqqiyot yо„lidan begonalashtiradi, jamiyatda xalqlar va millatlararo 
totuvlik, dinlararo bag„rikenglikka rahna solib, ichki ixtiloflar, parokandalikka olib 
keladi. 


44 
Oilada yoshlarga sog„lom tarbiya berish, fuqarolarning imon e‟tiqodini 
mustahkamlash, milliy g„urur va iftixor bilan yashashga erishish, har tomonlama 
komil shaxslar qilib tarbiyalash, mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, fuqarolar 
ongida milliy istiqlol g„oyalarini shakllantirish orqali uning oldini olishi mumkin. 
Milliy istiqlol g„oyasiga zid salbiy holatlarni:
Befarqlik, maqtanchoqlik, xushomadgо„ylik, hasadgо„ylik, manmanlik, 
haqiqatni mensimaslik, tanish-bilishchilik, mahalliychilik, mansabparastlik kabi 
holatlarda ham kо„rish mumkin. Ularni bartaraf etish uchun: jamiyatda erkin fikr 
va fikrlashlar, g„oyalar xilma-xilligi, tanqid va о„z-о„zini tanqid muhitini yaratish, 
demokratiya va oshkoralik muhitini kuchaytirish, sog„lom va erkin raqobat 
muhitini yaratish, jamiyatda ilm-ma‟rifatning mavqeini yanada oshirish zarur.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling