1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

 2. Globalizm va aksilglobalizm 
Hozirgi zamon globallashuvining jarayoni о„ta murakkab jarayon. Uning 
turli mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma‟naviyatiga о„tkazayotgan ta‟siri yana ham 
murakkab bо„lgani sababli unga nisbatan ham jahonda bir-biriga nisbatan 
raqobatda bо„lgan ikki guruh: globalistlar va aksilglobalistlar guruhlari vujudga 
keldi. 
Globallashuv tarafdorlari globalistlar deb ataladi. Ular orasida davlat 
arboblari, siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar kо„proq uchraydi. Globallashuv 
muxoliflari esa aksilglobalistlar nomini olgan bо„lib ular orasida kо„proq sо„l 
kuchlar, kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotining vakillari bor. MDH hududida 
aksilglobalistlar Rossiya Federatsiyasi hududida faol harakat olib bormoqda. Bu 
yerda ular turli anjumanlar, seminarlar о„tkazish uchun tо„planib turadilar. 
XX 
asr 
о„rtalarida globallashuvning institutsionallashuvi, ya‟ni 
tashkillashuvi kuchaygandan keyin bu jarayonning о„zi ham keskin tezlashdi va 
shiddatli tus oldi. Institusionallashuvning kuchayganini Butunjahon savdo 
tashkiloti, Xalqaro Valyuta jamg„armasi, Jahon banki, Yevropa taraqqiyoti va 
tiklanish banki tashkilotlarining vujudga kelgani misolida ham kо„rish mumkin. 
Globallashuvning 
tezlashishi 
va 
kuchayishiga 
javob 
sifatida 
aksilglobalistlarning faoliyati ham kuchaydi. Ular globallashuvning faqat salbiy 
oqibatlariga emas, umuman uning о„ziga ham qarshi chiqa boshladilar. Masalan, 
rossiyalik faylasuf va yozuvchi A. Zinovyev «Aksilglobalizm vektorlari» nomli
anjumanda sо„zlagan nutqida shunday deydi: «Globallashuv yangi jahon urushidir. 
U yangi tipdagi jahon urushi. Bu urushda tirik qolishning qarshilik kо„rsatishdan 
boshqa yо„lini kо„rmayapman. Faqat qarshilik!» - degan edi. 
«Aksilglobalizm vektorlari» anjumanidagi yana bir ma‟ruzachi A. Parshev 
esa globallashuvga quyidagicha ta‟rif beradi: «Aslida globallashuvning asosiy 
mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qо„shimcha 
qiymatini, dunyodagi asosiy zahiralarini о„zlashtirishdan iborat». 
Albatta bu fikrga turlicha munosabat bildirilishi mumkin. «Globallashuv»ni 
faqat salbiy hodisa sifatida baholash va unga qarshi turish ijtimoiy hayotdagi turli 
xil tabiiy, ijtimoiy bog„liqliklarni inkor etishga olib kelishi mumkin. Globallashuv 
jarayoni «mafkuralashishdan», uning maqsadlaridan xoli bо„lishi kerak.
Tahlil shuni kо„rsatadiki, globalizm tarafdorlari ham, dushmanlari ham 
asosiy e‟tiborni iqtisodiyot sohasiga qaratishadi. Globallashuvning ma‟naviyatga 
ta‟siri va ma‟naviy globallashuv masalalari sotsiologiya, falsafa, madaniy 
antropologiya fanlarida о„zining aksini yetarli darajada topishi kerak. 


49 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling