1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
4076 MILLIY GOYA
kabih niyatli «soxta mulla»lar da’vatiga kо‘r-kо‘rona ergashganim tufayli, oxir-
oqibatda xiyonatkor kimsaga aylandim. Nadomatlar bо‘lsinkim, biz yoshlar Ollohning buyuk ne’mati bо‘lgan tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetmadik. Maktubimni yо‘llashimdan maqsad, hali-hanuz yoshlarni yо‘ldan urayotgan kimsalarning qora qilmishidan tengdoshlarimni ogoh etishdir. Mening qismatim g‘aflatda qolgan tengdoshlarimga saboq bо‘lsa, ajab emas. 1999 yilning oxirlarida Laziz meni Saidkarim degan bolaning uyiga taklif qildi. U yerda Saidkarim besh-olti nafar bolaga «Islom nizomi» degan kitobdan dars о‘tar edi. О‘sha kungi dars sо‘ngida u: «Mana shu bolalar ham qasam ichib, «Hizbut Tahrir»ga a’zo bо‘ldi, sening о‘rtog‘ing ham a’zo. Sen ham a’zo bо‘lgin», 67 dedi. Hali ilmim yо‘qligini tushuntirsam, ilmni keyin olaverishim, qasam ichib, «Hizbut Tahrir»ga qancha erta a’zo bо‘lsam, savobi shuncha kо‘p bо‘lishi, hozir esa gо‘yoki savobsiz yurganligim, ilmni ishlatganim bilan savobim yо‘qligi kabi gaplar bilan boshimni qanday qilib aylantirib qо‘yganligini sezmabman. Shundan sо‘ng haftada bir marta darslarga qatnaydigan bо‘ldim... Hozir о‘ylab qarasam, qaysi bir kimsa yozgan «Islom nizomi» kitobini Qur’on bilan tenglashtirar ekanmiz... «Hizbut Tahrir»ga asosan maktabda yaxshi о‘qimagan, tarbiyasi bо‘sh oilalarning farzandlarini da’vat qilardik. Chunki ularni boshqarish juda oson. Ilmli odam «Hizbut Tahrirchilarning faoliyati jinoyat ekanligini tushunadi. Ilmi yо‘qlar esa о‘zlari qilayotgan da’vatlarining mazmunini ham anglab yetmasdi. Yana qanday qilib bozorlarda, aholi kо‘p bо‘lgan joylarda g‘avg‘o chiqarish, fitna uyushtirish kerakligi haqida ham aytib berilar edi. Bu ishlar odamlarda davlat tuzumiga nisbatan norozilik tug‘ilib, bizga kо‘proq qо‘shiladi, «Hizbut Tahrir» kuchayadi, degan maqsadda qilinar edi. ...Jamoat transportida aholini davlat tuzumiga nisbatan norozilik keltirib chiqarish uchun «ochiq da’vat»lar qildik. Endi о‘ylab kо‘rsam, «Hizbut Tahrir» boshliqlari yuragimizga qо‘rquv solib, jinoyatga undagan ekan. Ilmsizligim meni ana shu yо‘lga boshladi...» deydi bu haqda nomini aytmaslikni sо‘ragan, hidoyat yо‘liga qaytgan yoshlardan biri 10 . Odamlarni u yoki bu maqsadga yо„naltirish, tarbiyalash ikki tomonlama jarayon. Bunda targ„ibot subyektlari (targ„ibotchilar, TV, radio, matbuot) va targ„ibot obyektlari (shaxs, aholi) ishtirok etadi. Targ„ibot va tashviqotning samaradorligi xalq, jamoa siyosiy ongida targ„ibotgacha va targ„ibotdan keyingi darajalar orasidagi farqda bilinadi. Jamoa mafkurasidagi о„zgarishlar ilmiy yutuqlarga asoslangan holda olib borish, targ„ibot va tashviqot samarasini, yutuq va kamchiliklarini aniqlash va takomillashtirish mumkin bо„ladi. Mafkuraviy tarbiya samaradorligi eng avvalo jamiyatni mafkuraviy tarbiyalashdan natija qanday bо„lishi kerak ekanligini aniq belgilanishiga bog„liq. XXI asrda ham g„oyaviy tortishuvlar tо„xtamayapti. Shu bois xalqimizning ertangi mafkuraviy birligini ta‟minlash g„oyaviy tarbiyaning izchil, doimiy asosga qо„yilishini taqozo etdi. Prezident I.A.Karimov mafkura jabhasiga oid muhim fikrlarni bildirib, quyidagilarni aytdi. Jumladan, «Mintaqamizda «Hizbut tahrir» kabi ekstremistik, ayirmachilik tashkiloti faoliyati tobora xavfli tus olmoqda. U konstitusiyaviy dunyoviy davlat tuzumiga qarshi chiqib, о„rta asrlardagi islom halifaligini tuzish tо„g„risidagi bо„lmag„ur g„oyani targ„ib qilmoqda... Lekin, taassuf bilan tan olish kerakki, bu yovuz kuchga qarshi kurashdagi harakatlarimizda hamjihatlik va izchillik kо„zga tashlanmayapti...» 11 Milliy mafkuraviy immunitet har bir yigit-qiz, fuqarodagi mustaqillikning siyosiy mohiyati, Prezident Islom Karimov asarlarida kо„tarilgan siyosiy g„oyalar, islohotlar yutuqlari va muammolari, ichki va tashqi siyosatga doir chuqur bilimlarga tayanadi. Har bir kishi, yoki jamoa, jamiyat mafkuraviy immunitetini besh darajaga bо„lib о„rganish, baholash va shu asosda takomillashtirish mumkin: Bunda: 68 birinchi, ya‟ni mafkuraviy immunitetning quyi darajasi - shaxs, jamoa, jamiyat yuqoridagi bilimlardan xabardor emas; buzg„unchi mafkuraviy g„oyalarga befarq, loqayd; ikkinchi darajasi - bilimlar bor, lekin ular his qilinmagan, sistemalashmagan, shu sababli ularni buzg„unchi mafkuraviy g„oyalarga qarshi ishlatishga tayyor emas; uchinchi daraja - mafkuraviy bilimlarga ega, lekin ular nazariy, shaxs, jamiyat ularni qо„llashga qiynaladi; tо„rtinchi daraja - asosli bilimlarga ega, vaziyatni tо„g„ri baholay oladi; ichki va tashqi siyosiy, mafkuraviy ta‟sirlarga qarshi immuniteti shakllangan va uni ongli ravishda ishlatadi; beshinchi - oliy daraja - mukammal g„oyaviy, siyosiy, iqtisodiy bilimlarga ega va bu bilimlarni bemalol amalda qо„llab, buzg„unchi mafkuraviy, siyosiy g„oyalarni doimo, hamma joyda faol fosh qila oladi. Tahlillar shuni kо„rsatmoqdaki, keyingi yillarda ayrim yoshlarda millatga, Vatanga foyda keltirishni о„ylash, mustaqillikni mustahkamlashda foydali inson bо„lib yetishish hissi maxsus, ilmiy asosda shakllantirilmaganligi tufayli shaxsiy manfaatni о„ylash, yengil yо„llar bilan tо„kis xayotga intilish hissi namoyon bо„lmoqda. Shu bilan birga ayrim fuqarolar orasida ma‟naviy cheklanganlik, dunyoqarashning torligi, milliy odob meyorlariga rioya qilmaslik, sо„z va ish orasidagi tafovut, milliy g„ururning sustligi kabi noxush kо„rinishlar uchrab turadiki, ularni birgalashib bartaraf qilish lozim. «Sening xavfsizliging, sening huzur halovating, sening farovonliging uchun vatan kerak bо‘lsa, munosib fuqaro bо‘l.» Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling