Pedagogik mahorat” fanining” fanidan o`quv-uslubiy majmua bilim sohasi


-Modul. Pedagogik nizolar va ziddiyatlar


Download 0.94 Mb.
bet58/176
Sana11.10.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1699100
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   176
Bog'liq
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi-fayllar.org

3-Modul. Pedagogik nizolar va ziddiyatlar.
8-Mavzu. O ’qituvchi kasbiy faoliyatida pedagogik nizolar va ziddiyatlar. Ularni bartaraf etishning pedagogikpsixologik talqini
Reja:

Pedagogik nizolar va ziddiyatlar talqini. O’qituvchining pedagogik faoliyatida
ta’lim va tarbiyaviy munosabatlar yuzasidan kelib chiqadigan nizolar tahlili.
O’qituvchining o’quvchilar bilan o’zaro pedagogik muloqotga kirishishida
uchraydigan pedagogik nizolar va ziddiyatlar hamda ulaming oldini olish yo’llari.
Yosh o’qituvchilar faoliyatida uchraydigan nizoli vaziyatlarning asosiy sabablari va
ularni bartaraf etish yo’llari. Hozirgi kunda pedagogik nizolarni paydo qiluvchi
tomonlar haqida ma’lumot. Nizolarning kelib chiqish sabablari, psixologik
xususiyatlari. Pedagogik nizolar ishtirokchilariga ko’rsatiladigan pedagogik va
psixologik ta’sir, yordam berish. Ta’lim va tarbiya jarayonida vujudga keladigan
pedagogik nizolarni oldini olish, uning asl mohiyatini psixologik jihatdan tahlil qilish,
bunda yosh o’qituvchilarning tajribasini yanada boyitib borish. Ularga amaliy yordam
berishni uzluksiz tashkil etish.

Tayanch tushunchalar: Pedagogik nizolarning asosiy sabablari. Pedagogning perseptiv (o’quvchi, talabalarni tushunish) xatolari. Pedagogning o’quvchi-talabalar bilan ish yoki shaxsiy ish yuzasidan bo’ladigan kelishmovchiliklarni va ularni bartaraf etishning o’ziga xos xususiyatlari. Yosh pedagoglar faoliyatida odatda yo’l qo’yiladigan xatolar va ularni yengish yo’llari. Pedagogik nazokat. O’zaro uchraydigan nizolarni bartaraf etish texnologiyasi. 1. Pedagogik nizolarning asosiy sabablari. «Pedagogik jarayondagi alokalar tizimida o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muomala – munosabatlar katta urin egallaydi. Muallim pedagogik jarayonda asosiy figura, yetakchi kishidir. Unga yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. O’qituvchi pedagogik ishda fidoyilik ko’rsatib, muallimlik burchini yuksak darajada bajarib, bolalarga bilim berib, ular qalbiga xalollik, go’zallik, xakikat, odob – axloq nurini singdira olganliklari, xushmuomalada bo’lganliklari uchun bunday obru va xurmatga erishganlar. Afsuski, hamma muallimlar haqida ham shunday deb bulmaydi. O’zining dagal muomalasi bilan bolaning kunglini ukishdan sovitib, dilini urinsiz ranjitadiganlar ham uchrab turadi. Pedagogik amaliyot, badiiy adabiyotda bunga misol bo’ladigan dalillar ko’p. Bundaylar yoshlar tarbiyasiga, ularning axloqiga salbiy ta‘sir etadilar. Tarbiyaviy ishlarga to’zatish qiyin bo’lgan darajada ziyon yetkazadilar. Natijada o’qituvchi bilan o’quvchi, talaba o’rtasida nizo tugila boshlaydi. Barkamol ijodkor shaxsni shakllantirishga, tarbiyalashga doir axloqiy normalar pedagogik etikada ifodalangan. Tarbiyalanuvchiga ijobiy ta‘sir o’tkazish shartlaridan biri bo’lgan ishonch bilan unga nisbatan kuyilayotgan talablarning birligidir. Bu qonuniyat pedagogik amaliyotda ko’p marta sinovdan utgan va o’zini oklagan. Muallimlar, talabalar bilan utkazilgan suxbat natijalari shundan dalolat beradiki, maktabda xushmuomala o’qituvchilar bilan bir katorda bolalarga xuda – bexudaga duk urib, bakirib muomala kiladigan o’qituvchilar ham uchraydi. Bunday muomala jamiyatda kabul qilingan umuminsoniy va milliy axloqiy normalarga to’g’ri kelmaydi. Bunday o’qituvchilar bolalar orasida obru orttira olmaydilar. Pedagogik jarayon, tarbiya jarayoni, odamlarning tabiati shu darajada murakkabki, muallim ba‘zan istasa – istamasa ko’pollik qilishga «majbur» bo’ladi, o’quvchi muallimning urinli talablarini bajarmayotgan paytlarida u 189 o’zini tuta olmay qoladi. Muallim o’z talablarini, xatto ko’pollik holatini ham, bolaga yaxshilik kilayapman deb xisoblaydi, chunki bu ishni bolaga bilim berish, uni to’g’ri yulga solish, yaxshi odam kilib tarbiyalash uchun kilayotganligiga ishonadi. Sa‘diy She‘roziyning «Guliston» ( Toshkent, 1968 ) asarining «Tarbiya ta‘siri bayoni» bobidagi xikoyatlari, Alisher Navoiyning «Maxbub – ul – kulub» asaridagi «Mudarrislar to’g’risida», «Maktabdorlar to’g’risida»gi maqolalarida bildirilgan muloxazalar bu fikrimizga hamoxangdir. Bunday holatlar ko’pincha, tarbiyasi qiyin bola bilan muomala – munosabatlar jarayonida sodir bo’ladi. Shuni ham unutmaslik lozimki, bunday bola odatda, nosoglom oiladan chikadi. Bola oiladagi yomon muxitning ko’rboni bo’lishi ham mumkin. Tajribali pedagoglar tarbiyasi qiyin bola bilan ishlash, muomala qilish murakkabligini, shu bilan birga ular insoniy mehrga zor, xushmuomalaga, e‘tiborga muxtoj ekanligini, bundaylarga nisbatan bardoshli, sabr – tokatli, kechirimli bo’lish zarurligini ham ta‘kidlaydilar. Jismoniy jarohat olgan bolani o’qituvchi jazolamasligini hamma biladi. Jismoniy tarbiya muallimi oyogi jaroxatlangan boladan yugurish musobakasida katnashishni talab etmaydi. Bola ba‘zan qalbi, ruhi jaroxatlangan holda maktabga kelishi mumkin. Ta‘lim jarayonida buni hamma o’qituvchilar ham e‘tiborga oladimi? Afsuski, yuk. Bola javob berishni xoxlamayapti, dars tayyorlashni istamagan deb xisoblab, hamma o’quvchilarga bir xil talab qo’yish, bir xil muomala qilish hollari ko’plab uchraydi. Ba‘zan boladan xatto u bajara olmaydigan ishlar ham talab etiladi… Muallimning biror tasodifiy xatti – harakat natijasida o’quvchilarda u xakda sodir bo’lgan fikr ham ta‘lim – tarbiya jarayoniga salbiy ta‘sir etishi, muallimning ishini murakkablashtirishi mumkin. Odatda bunday ziddiyatlar o’zok davom etadi». ( Malla Ochilov. Muallim qalb me‘mori. Toshkent, «O’qituvchi». 2001 yil. 56 – 57 betlar ). Natijada o’qituvchi bilan o’quvchi orasida nizolar chikadi. O’quvchi o’qituvchidan norozi holda, undan o’zoklashib yuradi. Ayrim hollarda muallimni ximoya kilaman deb, kattalar boladan kechirim surashni talab etadilar, holbuki bu nizoga o’qituvchining noto’g’ri xatti – harakati sabab bo’lgan. Bunday vaqtda bolaning kadr – kimmati xisobga olinmaydi. Ayrim hollarda bolaga mas‘uliyatli ishlarni topshiradilar, bola esa bunday paytlarda kattalar topshirigini bajarmay qo’yadi, o’zining mustakilligini cheklashlarini yoktirmaydi, kattalarning talablariga ko’pincha salbiy munosabatda bo’ladi. Ota – onalar esa ugil yoki kizlarining ulgayib qolganligini sezmagan, ularni xali ham «yosh bola» deb xisoblaydigan oilalarda usmir bilan kattalar o’rtasida tez – tez nizolar, tuknashuvlar bo’lib turadi. Kattalar bolaga qanday munosabatda bo’lishlari kerak? Avvalo, bolaning xulqiga doimiy e‘tibor berish, uning xulqiga kat‘iy, o’zluksiz raxbarlik qilish, shuningdek, bularning hammasini shunday amalga oshirish kerakki, bola mayda - chuyda ishlarida ham kattalarning doimiy vosiyligini 190 sezmasin. Ayniksa, usmir yoshida ularning xayotidagi yangi mavkelari bilan xisoblashadigan, ularni «kichkina» deb xisoblamaydigan, talabchan, lekin adolatli o’qituvchilarni xurmat kiladilar. Katta yoshli bolalar uchun qiziqishlarining turli – tumanligi harakterilidir. Ularning bu qiziqishlari to’g’ri tarbiyalansa, ular usmirning qobiliyatlari va mayllarining rivojlanishiga jiddiy ta‘sir ko’rsatishi mumkin. O’qituvchining o’quvchi – talabalar bilan ish yoki shaxsiy ish yo’zasidan ayrim vaqtlarda kelishmovchiliklari bo’lib turadi. O’quvchi atrofdagilarning unga bergan baxosiga nisbatan tankidiy karaydi. Uning kayfiyatidagi ranjish va ikkilanishning sababi ham ana shunda. Tasodifiy muvaffakkiyat yoki kattalarning maktab qo’yishi bolaning o’ziga ortikcha baxo berishiga, o’ziga xaddan tashkari ishonuvchanlikka, maktanchoklikka olib keladi. Xatto, vaqtincha tasodifiy muvaffakkiyatsizlik bolada o’z kuchiga ishonmaslikni uygotishi, ikkilanish, ko’rkoklik, jur‘atsizlik va uyatchanlik xissini oshirib yuborishi mumkin. Shuning uchun o’qituvchi va tarbiyachilarning bolalar bilan bo’ladigan munosabati aloxida nazokatni talab etadi. Usmirlik yoshida zaif, mustakil emas, kichkina deb nom chikarishdan ko’rkish xavfi kuchayadi. Muomaladagi dagallik, talabchanlik, xurmatsizlik o’quvchiga yosh bolalarga bo’lganday muomalada bo’lish, ular yaxshi tushunaman deb xisoblagan masalalar buyicha o’zlarining mustakil fikrlarini aytish huquqini mensimaslik, ularning yukori natijalarga erishishidagi kuch va imkoniyatlariga shubxalanish kabi xodisalar, odatda norozilik yoki anik ifodalangan bashqa bir salbiy reaktsiyalar, xodisalarni xosil kiladi. Ayrim o’qituvchilar xayotida sodir bo’ladigan anik xatolar uchrab turadi. O’qituvchilar (yosh o’qituvchilar nazarda tutilayapti) bir xil o’quvchilarni (o’zlashtirayotgan) doim maktaydilar, bashqalarni (o’zlashtirmayotgan) hamisha koyiydilar. Buning ustiga o’zlashtirmayotganlarga, odatda, o’zlashtirgan sinfdoshlariga nisbatan tez – tez va kattik tanbex beradilar. Xatto kam o’zlashtiradigan o’quvchilarni javob berishga ham kam taklif kiladilar. Mana bunday vaziyatda o’quvchilar bir – birlariga nisbatan karam bo’lib qoladilar, o’qituvchiga nisbatan norozilik kayfiyati paydo bo’ladi. Kam o’zlashtirgan o’quvchiga «yomon» baxo qo’yadi, buning ustiga bir necha kungil bo’zar achchik, istexzoli so’zlar ham aytiladi. Bunday holat juda ko’p o’qituvchilar xayotida uchraydi va bu xatoni o’quvchi umrbod kechirmaydi. Nizolarning kelib chiqish sabablari guruhdagi har bir shaxsning fe’l atvoridagi xatti-harakatlarida, shaxs mansub bo’lgan millat, xalq hudud xususiyatlarida namayon bo’ladi. Bo’lajak pedagoglar pedagogik nizolarning yuzaga kelishi ruhiy asoslari bilan tanishishi, ya’ni pedagogik nizolarni kelib chiqish sabablarini bilishi, shu o’rinda turli pedagogik nizolarni oldini olish va bartaraf etish usullari haqidagi nazariy bilimlarni amaliyotda keng tatbiq eta olishi lozim bo’lib, bu talablar bilimlariga quiylgan asosiy talablardan biri sanaladi. Pedagogik nizolarning kelib chiqish sabablarini bilish va ularning oldini olish pedagogik madaniyatni rivojlantiradi. Pedagogik nizolarni yuzaga keltirmaslik uchun nizolarni, muammolarni oldini 191 olishda o’qituvchi pedagogik qobiliyati va mahorati muhim rol o’ynaydi, o’qituvchilik ishida muvaffaqiyatga erishish uchun har bir muallim pedagogik mahoratni egallashlari zarur. Pedagogk faoliyatning samarali bo’lishi uchun o’qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo’lmog’i lozim: - Bilish qobiliyati. O’qituvchi o’z mutaxassisligini kuchli bilishi, o’z fani sohasida kashfiyotlarni hamisha kuzatib borishi kerak. - Tushuntira olish qobiliyati - o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli qilib yetkazib bera olish muammoli, nizoli mavzularni hayotiy misollar asosida tushuntirib bera olish: - kuzatuvchanlik qobiliyati – o’quvchining tarbiyalanuvchi ichki dunyosiga kira olishi, o’quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini yaxshi tushinish bilish bilan bog’liq bo’lgan kuzatuvchanlikka ham e’tiborini qaratish. Ta’lim jarayonida o’qituvchi nizolarni yuzaga keltirmasligi uchun o’quvchini yosh va individual xususiyatlariga ham e’tibor berish lozim. Har bir guruh talabalarini xarakteri, tempramentiga qarab munosabatga kirishsa, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida nizolar yuzaga kelmaydi. 2. Pedagogning pertseptiv (o’quvchi, talabalarni tushunish) xatolari. To’qnashuv qarama-qarshiliklar motivi. To’qnashuv qarama-qarshilik nizolar guruhlarda, jamoalarda vujudga keladi. Shaxsning jamiyatdagi o’rni o’zini qanday tutishi egallangan mavqeyi hech sababsiz o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Faoliyatni amalga oshishi va shaxs hulq atvorini tushuntirish uchun motiv tushunchasiga to’xtalamiz. Motiv aniqroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu hulq atvorga nisbatan turgan moyillik hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. To’qnashuv qarama-qarshgilik motiviga misol. Mashhur nemis olimi Kurt Levan motivlar muammosi to’qnashuv qarama qarshiliklar asosidaligi qo’yidagicha e’tirof etadi. Masalan, tehnika oliygohida “materiallarning qarshiligi” nomli kurs bor bo’lib, shu kursni o’zlashtirish va undan sinovdan o’tish ko’pchilikka osonlicha ruy bermaydi. Hali kurs boshlanmmasdanoq, yosh talabalarda shu kurs vauning talabalariga nisbatan shunday ustanovka shakllanadiki,albatta, bu kurs qiyin uni olib boruvchi o’qituvchi o’ta talabchan,qattiqqo’l va hakozo degan. Bunday totiv mana necha avlod talabalar boshidan chiqayotgan holat endi aniq bir shaxs ning dars jarayonim boshlangan keiyngi harakatlari aniq bir motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq talaba uchun bu fan ham bosh3qa fanlar qatori tinimsiz izlanishi, o’z vaqtida darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun dangasaroq talaba uchun bu darsdan qiyin dars yo’q. Ta’lim-tarbiya jarayonidagi majburiylik O’zbekiston Respublikasida ta’limni qo’yidagi turlari majburiy amalga oshiriladi. - maktabga ta’lim - umumiy o’rta ta’lim - o’rta mahsus kasb-hunar ta’limi maktabgacha ta’lim bola shaxsnini sog’lom va etuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. - Umumiy o’rta ta’lim bosqichlari qo’yidagicha boshlang’ich ta’lim (1-6 sinflar) umumiy o’rta ta’lim (1-6sinflar). Boshlang’iya ta’lim umumiy o’rta ta’lim 192 olish uchun zarur bo’lgan saboqlarni bilim ko’nikmalar asoslarini takamillashtirgan qaratilgan. Umumiy o’rta ta’lim bilimlarining zarur ham jihatlikni beradi. Mustaqil fikrlash, takomillashgan qobiliyati va amaliy tarbiya ko’nikmalarini rivojlantirgan. O’rta mahsus kasb-hunar ta’limi oliy maqsadida har kim umumiy o’rta ta’lim asosida akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o’qishning yo’nalishini ehtiyoriy ravishda takomillashtirish huquqiga ega. Nizoning ijobiy va salbiy tomonlari. Pedagogika nizolarini salbiy tomonlari o’quvchilar bilimining baholashda jiddiy hatolarda yana biri turish guruhlarga sub’ektiv yondashishidir. Bu o’quvchi tomonidan ayni bir javob uchun ayni bir ish uchun turli o’quvchilarni baholashda tafovutlarda aks eatdi. Bunday vaziyatga e’tibor qiling. Doskada past o’zlashtiradigan o’quvchi javob bermoqda, ishonchsiz, o’rinsiz gapirmoqda. Bunday holatda o’qituvchining munosabati qanday bo’ladi u o’quvchi gapini shartta bo’lib, unga “ikki” qo’yadi va joyiga o’tkazadi: “Sen” hech qachon odam bo’lmaysan, “Senga o’rgatsa ham befoyda ekan deb izzat qiladi. Endi boshqa vaziyatni ko’raylik. Doska olidida yaxshi o’zlashtiruvchi kishi bugun darsga tayyor emas, ishonchsiz holda javob berayapti o’qituvchi uni ancha suyaydi. Bu vaziyatlarda nizoni salbiy tomonlarini yaqqol ko’zda tashlanadi. Nizoning ijobiy tomonlari pedagog ta’lim jarayonida aqliy hujum metodikalaridan foydalanadi. Aqliy hujum metodikasida muomoli vaziyatli savollar guruhga tashlanadi.. muammolani mavzu yuzasidan har bir talaba o’z fikrlarini bildiradi. Nizolar, mojoralar to’qnashuv qarama-qarshiliklar tufayli talabalar fikrlari yanada kengayib borada. Biror kasbning haqiqiy ustasi bo’lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum jismoniy, va ruhiy islohatlar, puhta tayyorgarlik shaxsiy tayyorgarlik ayrim shaxsiy sifatlar bo’lish kerak. Pedagogik maqsadga yo’naltirishda qanday munosabatlarga e’tiborimizni qaratishimiz kerak. Pedagogik kasbini tanlangan kishi avvolo sog’lom bo’lishi so’zlarni to’g’ri va yaxshi talafuz qila olishi bosiq asablari joyida bo’lishi, boshqalar bilan muomolada o’zini tuta olishi zarur. SHuningdek bolalalrni yoqtirishi ular bilan ishonch bilan ishlashga mayli borlik, hushmuomilalik keng fikrlay olish tashkilotchilik, o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi shaxsiy sifatlar mavjudligi ham kishining pedagogik ishga yaroqligini ko’rsatadi. Pedagog o’z maqsadiga yutug’larga erishishi uchun munosabatga o’quvchilar bilan kirishi uchun qo’yidagi vazifalarga ega bo’lishi lozim. Bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish pedagogik ishni sevish, psihologik va pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik tashkilotchilik qobiliyati, haqqoniy, dilkashlik, talabchanlik, qatiylik va maqsadga intilish, vazminlik o’zini tuta olish. Pedagog pedagogik maqsadga yo’naltirilgan munosabat jarayonda o’quvchilarni harakter xususiyatlariga ham alohida e’tiborini qarata olishi lozimdir. Maqsadga erishishga birgalikda intilish. Ta’lim sohasida biz maqsadga erishimiz. Uchun albatta birgalikda intilishimiz lozimdir. Ta’limni tashkil etuvchi hodimlar bu pedagoglardir shunday ekan ta’limni samarali amalga oshishida kimlar bilan birgalikda ishlashimiz o’rinli Ma’lum, pedagogik kasbda maqsadga erishish uchun o’qtuvchining faqat bilimdon bo’lishi, u yoki bu fanini chuqur bilishining etarli emas. O’qituvchi tarbiya hamdir. U bolalarning yosh va ruhiy 193 xususiyatlarini e’tiboriga olib biror fanni qay darajada, qanday usullar bilan o’rganishni ham, bolalarni qanday tarbiyali metodikasini ham, inson shaxsning shakllanishi qonunniyatlarini ham bilishi zarur. 3. Pedagogning o’quvchilar bilan ish yoki shaxsiy ish yuzasidan bo’ladigan kelishmovchiliklarni. Pedagog jamoa bilan ishlashni bilishi, guruh talablariga munosabati jarayonida bir hil muomola bo’lishi, ota-onalar bilan ishlashi guruh rahbari ish tizimining ajralmas qismidir. Ota-onalar bilan ishlash sinf rahbaridan ular bilan ishonchli va ishchan munosabati o’rnatish pedagog nazokat, chidam, izchil va qat’iy e’tiborini talab qiladi. Tarbiyaning umumiy va vazifalari ota-onalar jamoasi orqali muvoffaqiyatli hal qilinadi. Sinf rahbari ota-onalari tarbiyasi qiyin o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlashga majbur qilib ogohlantirsa maqsadga erishishning qiyinchiliklarga duch kelmaydi. Ta’lim-tarbiya jarayoni pedagog va o’quvchilar o’rtasidagi munosabatdir. Prezidentimiz I. Karimov takidlagannidek “birorni o’qitadigan tarbiya qiladigan inson avvolo o’zi har tomonlama barkamol bo’lmog’i lozim. Zamon talablari shuki, professor va o’qituvchilar o’zlarida mavjud bo’lgan bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan, horijiy mamlakatlar tajribasini va qund va savot bilan o’rganib mag’zini chaqib o’ndan keyin talabalarga saboq berishlari zarurligini alohida ta’kidlaydi. O’qituvchining ijobiy munosabatlari qay darajada shakllanganligida ham bog’liqdir. Qobiliyat jarayonida, faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi deb ta’kidlaydi professor M. Ochilov hamda o’qituvchi qobiliyatini qo’yidagi turlarni tavsiya etadi. Jumladan, bo’lishi qobiliyati, tushuntira olish qobiliyati, muomola qilish qobiliyati kabilar. Uzluksiz ta’limda dars va ma’ruzalarni mukammal tashkil qilishi o’qituvchining ijobiy munosabatlaridan biridir. Yuqori saviyada o’tilgan mavzular yoshlar ongiga uzoq saqlanadi. Ularning iymon e’tiqodi va mafkuralarning shakllanishiga samarali ta’sir ko’rstadi. Shu sababli o’qituvchining ishlash saviyasi o’z burchiga munosabati, yoshlarga murabbiylik ishtiyoqi, pedagogik mahorati, dastlab dars ma’ruzalarida ko’rinadi. Dars berish sa’natini egallashda o’qituvchi ishontirgan o’quv mashg’uloti guruh bilim berish vositasi bilan birga, mustaqil O’zbekistonning ravnaqi, ertangi kunga bo’lgan ishonch, xalqimizning aql zakofati va mehnatining nimalarga qodirligi jamiyatning munosib fuqorosi va quruvchisi bo’lishi uchun nima qilish zarurligini ko’rsatuvchi ko’zgu bo’lib, hizmat qiladi. Yoshlarimiz dars jarayonida ijobiy munosabatlari o’zlarida shakllantirsinlar. O’quvchi yoki talabalar darsdan har jihatdan mamnun bo’lsinlar ularda romatik orzular uyg’onsin, tafakkuri rivojlansin amaliy faoliyat, ijodiy qobiliyat, o’qish-o’rganish va mehnatga havas kuchaysin. Ular o’quv mashg’ulotidan keyin baholari bilan emas, balki bilim va malakalari hosil qilinganliklarini ma’naviy oziq olganlarning his qilsinlar. Ta’limni mazmundor, qiziqarli va tushunarli bo’lishi ustoz bilan shogirdlar qalbini ruhini bir biriga mustahkam bog’laydi, ular o’rtasida samimiy hurmatni o’zaro ishonchni mustahkamlaydi. Buning uchun o’qituvchi avvolo, o’z fanini va uni o’qitish yo’l usullarini mukammal o’zlashtirib olishi, o’qituvchi murabbiyga hos madaniyatni yuqoriligi, o’z shogirdlariga hurmat va muhabbat, ular hayotiga qiziqish va ruhiy 194 holatlarini bilish tushunishi, bosiqlik, his tuyg’ularni boshqara olishlari, tashqi ko’rinishi, kiyinish madaniyatiga e’tibor berishlari, nutq madaniyatining yuqoriligi jamoat ishlariga faoliyatchi, ayniqsa omma o’rtasida ilmiy ma’rifat va ma’naviy madaniy ishlar tahribotchilari bo’lishlari lozim. SHundagina mamlakatimiz. Kelajagi bo’lgan yoshlarimiz. O’z murabbiylari nomini zo’r ehtirom, chuqur minnatdorchilik bilan tilga oladilar. Buning uchun har bir o’qituvchi tegishli ma’lumot egasi, yuksak kasbiy tayyorgarligi va yuqori ahloqiy fazilat egasi bo’lishlari darkor. O’qituvchining salbiy munosabatlari o’qituvchi tomonidan o’quvchilar bilimini baholashda qo’yilgan hatolar faqat baholashda qo’yilgan hatolar faqat baholash kompanentlarining o’zgarishiga emas, balki butun o’quv bilish faoliyatining o’zgarishiga olib keladi. Ular bu tizimga hos bo’lgan kamchiliklarni kuchaytirib, uni kamsuqum yoki yoqimsiz qilib qo’yadi. O’quvchi o’z-o’zini bilan qiyoslangan sinorda ijobiy natijalar qo’lga kiritildi. Bolalar bilishini shunday taqqoslash kerakki, unda birovni yuqori ko’tarib, boshqalarni erga o’rmay, bolalarning eng yaxshi natijalarga erishuvini va o’z shaxsini takomillashtirishini qo’llab-quvvatlasin. Pedagog nizolarni, qarama-qarshiliklarni oldini olishda har bir o’quvchini harakteriga e’tiborini qaratish kerak. 4.Yosh pedagoglar faoliyatida odatda yo’l qo’yiladigan xatolar va ularni yengish yo’llari. Jamiyatimiz keng qamrovchi bo’lib u erda turli hil harakterdagi shaxslarni uchratishimiz mumkin. Shaxslararo nizolar albatta faoliyat turlarida namayon bo’ladi. Masalan guruh misolida ko’ramiz. Tasavvur qiling bir guruhda iqtidorli talantli shaxslarimiz bor. Ular har bir mazmuni yaxshi o’zlashtirib mustaqil fikrlarini bildira oladilar, fikr doiralari keng bo’lganligi sababli u shaxslar o’rtasida to’qnashuv, majoro kelishmovchilik, nizolar yuzaga keladi. Har bir guruh a’zosi o’z fikrini to’hriligini isbotlay oladilar bunday holatlarda nizoni boshqarish o’qituvchi tomonidan bartaraf etiladi. Har bir sohada shaxslar o’rtasida nizolarni ko’rishimiz mumkin. Shaxslar o’z ustidan ishlasa, fikrini isbotlay oladimi, ular nizolarni echimini ham topadilar. Muloqot pedagogik nizolarning echish va boshqarish usulidir. Muloqotdagi nizo shakllari turlichadir. Masalan yuzma-yuz yoki tehnik vositalar (telefon telegraf va shunga o’hshash vositalar) bilan amalga oshiriliadi. Oilada nizo muloqot ayrim a’zolari o’rtasida bo’lishi mumkin. O’zaro munosabatlarga kirishilganda nizoni yuzaga keltirmaslikning asosiy omili o’zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo’lsa, o’zaro til topishishi bir-birini tushuna olish lozim. Har qanday faoliyatdan zerikish, garchan mumkin, faqat odam muloqotdan ayniqsa, uning norasmiy,samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag’batlantiriladilar. Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy, qiyofasi, fazilatlari, hattoki nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Har qanday muloqotlarning elemintar funktsiyasi suhbatdoshilarning o’zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Pedagogik nizolarni oldini olishda gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tenglaydi, eshitadi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik 195 o’zaro mosligi, bir-birini to’ldirishga bog’liq ekan noto’g’ri tasavvurlardan bir shuki, odamni muomola yoki muloqatga o’rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so’zlardan foydalanib ta’sirchan gapirishcha o’rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni-tinglash qobiliyatiga diyarli e’tibor berilmaydi. Mashhur amerikalik notiq, psiholog Deyl Karnegi “yaxshi suhbatdosh – yaxshi gapirishni biladigani emas, balki yaxshi tinglashni biladiganidir” deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo’lishini nazarda tutgan edi. Pedagogik muloqot - o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatdir. Pedagoglik jarayondagi aloqalar tizimida o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muomola – munosabatlar katta o’rin egallaydi. O’qituvchi hayotga endigina kirib kelayotgan, barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan insonlar - yosh bolalar bilan muloqotda bo’ladi. O’qituvchining biror tasodifiy xatti-harakati natijasida o’quvchilarda u haqda sodir bo’lgan fikr ham ta’lim-tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir etishi, o’qituvchining ishini murakkablashtirishi mumkin. Odatda, bunday nizolar uzoq davom etadi va o’qituvchi foydasiga hal etiladi. O’qituvchi obro’sini saqlayman deb, kattalar ba’zan o’quvchining qadr-qimmatini erga uradilar, o’quvchidan kechirim surashni talab etadilar, vaholanki bu nizoga o’qituvchining noto’g’ri xatti-harakati sabab bo’lgan.


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling