TIL VA NUTQNING QIYOSIY TAHLILI:
|
Tilning imkoniyatlari:
|
Nutqning imkoniyatlari:
|
|
Til aloqa materiali.
|
Nutq aloqa shaklidir.
|
|
Tilni xalq yaratadi.
|
Nutqni har bir shaxs yaratadi.
|
|
Tilning hayoti qadim xalq hayoti bilan bog‘liq.
|
Nutqning hayoti esa qisqa bo‘lib, u aytilgan paytdagina mavjud.
|
|
Ayrim shaxslar ayni zamonda bir nechta tilni bilishi mumkin.
|
Ayrim shaxsning nutqi ayni zamonda faqat bitta bo‘ladi, chunki u ma’lum vaqtda va ma’lum o‘rinda yuz beradi.
|
|
Tilning hajmi noaniqdir.
|
Nutqning hajmi esa aniq.
|
|
Til – turg‘un statik hodisa.
|
Nutq harakatda bo‘luvchi, dinamik hodisa.
|
Til xatosida so‘zning ma’nosi keskin buzilishi mumkin (Masalan: sof-sop, tif-tip, fan-pan, dil-til, nufuz-nufus, servis-serviz, xo‘p-xo‘b).
Nutq xatosidagi buzilishlar ko‘pincha faqat akustik tomondan o‘zgaradi (fikr-pikr, fabrika-pabrika, safar-sapar kabilar).
Til va nutq hodisalarining qonun-qoidalarini mukammal bilish, uning qoidalariga doimo rioya qilish, obyektiv sharoitda tinimsiz mashg‘ulotlar olib borish – o‘qituvchining til sofligi, nutq madaniyati va odobi masalalariga oqilona yondashishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |