Pedagogik mahorat” fanining” fanidan o`quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Download 0.94 Mb.
bet72/176
Sana11.10.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1699100
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   176
Bog'liq
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi-fayllar.org

Til va nutq. Nutq madaniyati – til normalarini egallamoq, talaffuz, urg‘u, so‘z ishlatish, gap tuzish qonuniyatlarini chuqur bilmoqdir. Shu­ningdek, tilning tasviriy vositalari har xil sharoitlarga mos, maqsadga muvofiq bo‘lishi kerak. Nutqda til – fikr almashish quroli, o‘qituvchi qalbining oyinasi, o‘qituvchining dars berish uslubini, pedagogik maho­ra­tini to‘liq namoyon qiluvchi vosita. Nutqda – tildagi rang-barang vosi­talar o‘z ifodasini topsa, bunday nutq – boy nutqdir.
Til va nutq azaldan bir-biri bilan chambarchas bog‘langan vosita­lardir. Nutq qaysi tilda aytilmasin, o‘sha millat tilining qonun-qoidalari asosida ro‘yobga chiqadi. Biroq ular bir-biridan farqlanadi.
Til nutq uchun moddiy material. Shu material asosida nutq tashkil topadi.
Nutq – tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda real­likka aylangan fikr bo‘lib ikki xilda namoyon bo‘ladi:
  • ichki nutq;


  • tashqi nutq.


O‘qituvchi ongida hosil bo‘ladigan, hali amalga oshmagan til ele­ment­laridan tashkil topgan, kishining og‘iz ochmasdan fikrlashi, mulo­haza yuritishi, o‘ylashi ichki nutqdir.


O‘qituvchi mulohazasi va fikrining til vositasida nutq organlariga ta’siri va harakati bilan real tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq – tashqi nutq bo‘lib, u ijtimoiy hodisadir.
  1. O‘qituvchining nutqiy faoliyati: so‘zlash, mutolaa qilish va eshi­tishdan iborat. Nutq hodisasi monolog, dialog, polilog, deklamatsiya ham­da ay­rim tekst va kitob shaklida bo‘lishi mumkin. Nutq maxsus bel­gi­langan tar­tibda o‘zining hajmi bilan notiqqa havola etiladi.


Til hodisasi fonemalar tizimida, morfemalarda, sinonimiya, omo­ni­miyalarda, mavjud grammatik qoidalarda, murakkab terminlar va fraze­ologik iboralarda namoyon bo‘ladi.







Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling