Pedagogik mahorat fanining umumiy asoslari. Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Ijtimoiy pedagogika qarashlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi. O'zbekistonda innovatsion o’quv maskanlari


Download 68.81 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi68.81 Kb.
#258803
Bog'liq
Pedagogik mahorat

Pedagogik mahorat fanining umumiy asoslari.Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari.Ijtimoiy pedagogika qarashlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi.O'zbekistonda innovatsion o’quv maskanlari

Reja: 1. Pedagogik mahoratning zaruriyati va mohiyati. 2. Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. 3.Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi. 4.O’zbekistonda innovatsion o’quv markazlarining paydo bo’lishi.

Pedagogik mahorat tug’ma talant yoki nasldan-naslga o’tuvchi xususiyat emas, balki izlanish, ijodiy mehnat mahsulidir. Bu ko’p qirrali pedagogik faoliyat zaminida ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun hampedagogik mahorat hamma o’qituvchilar uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir o’qituvchining o’z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi.

Bu jarayonda ilg’or o’qituvchining pedagogik mahorati va tajribalarini boshqa o’qituvchi o’rganishi, undan ijodiy foydalanishi va o’z faoliyatini ilg’or tajribalar bilan boyitishi zarur. O’qituvchining pedagogik mahorati asosan sinf, auditoriya mashg’ulotlarida yaqqol ko’rinadi. Chunki o’quv mashg’ulotlari õziningmazmun va mohiyatiga ko’ra o’qituvchining o’quv yurtidagi asosiy ishidir. Shu sababli u ilmiy, g’oyaviy va ommabop bo’lishi, turmush bilan o’quvchi talabalarning tayyorgarlik darajasi bilan bog’lanishi zarur

Pedagogik qobiliyat va mahorat o’qituvchida osonlik bilan shakllanmaydi. Bu kasbni tanlagan kishi o’z maqsadiga erishish uchun uzluksiz o’qishi, o’rganishi va izlanishi, ijodiy mehnat qilishi, mustaqilyurtimizda bo’layotgan voqelikni tez anglashi va o’z mehnatining mamlakat uchun qanchali zarurligini chuqur his qilishi zarur.

O`qituvchining shaxsiy intilishi, munosabati pеdagogik mahorat tarkibiy qismlari orasida muhim o`rinni egallaydi. Uning bunday shaxsiy munosabati unda tеgishli bir qolipdagi fikrlar sistеmasi mavjudligi bilan izohlanadi, shu tufayli u ko`p hollarda dеyarli avtomatik tavishda ta'sirlarga javob bеra oladi.

Maktab o`qituvchilarning faoliyati Rеspublikamizda buyuk davlat-jamiyatni quruvchi va unda yashab mеhnat qiluvchi еtuk, erkin fikrlovchi inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan.

Pеdagogik mahoratning asosiy poydеvorini kasbga doir bilimlar tashkil etadi. Bunday bilimlar mazmuni esa o`qitilayotgan fan mazmuni, mеtodikasi, pеdagogikasi va psixologiyasiga doir bilimlarni o`z ichiga oladi

Pеdagogik mahoratni shakllantirishda o`qish san'atining roli haqida Emil Tagi shunday dеgan edi: «O`qish san'ati o`zganing ko`magi yordamida fikr yuritish san'atidir. O`qish o`zga bilan birgalikda fikrlash, o`zganing fikrini mulohaza qilib ko`rish, o`zimizning fikrlarimizni o`lchash va unga zid fikrlarni xayoldan o`tkazish dеmakdir».

Bugungi kunda har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti asosini innovatsion faoliyat tashkil etadi.

Shu bilan bir qatorda ta’lim sohasi tizimiga, balki jamiyatning barcha sohalarining rivojiga o‘zining aks ta’sirini ko‘rsatadi. Shu bois ham ana shu ta’sir va bo‘shliqning oldini olish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi.

Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejis emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar,innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak

Sir emaski, XXI asr - texnika va texnologiya asri. Ha, bu nom bejizga berilmadi. Atrof-muhitda sodir bo‘ladigan hodisalar uni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirdi. Bu qiziqish ortidan ilm-fan sohasida misli ko‘rilmagan kashfiyotlar paydo bo‘ldi va paydo bo‘lmoqda. Kundan kunga kishini hayratga soladigan yangiliklar yaratilmoqda

Bu borada O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tishni o‘rinlidir: “Kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq”.

Innovatsion texnologiyalar asosida mantiqiy fikrlash uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonida ma’lum o‘zgarishlarga, ta’lim mazmuni, sifati boyishiga va samarali tashkil etilishiga sabab bo‘ladigan turli tashabbus va yangiliklarning yaxlit tizimida namoyon bo‘ladi.

Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “...ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash” vazifalari belgilab qo‘yilgan. Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilg‘or pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab etmoqda.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, bugungi kun innovatsion texnologiyalarini ilm-fan va ta’lim sohasida muvaffaqiyatli qo‘llanilsa, yangi yosh avlod ana shu jahon tajribasi asosida saboq olib, ulg‘aysa, davlatimizning ertangi istiqboli, kelajagi yorqin bo‘lishiga shak-shubha yo‘q.


Download 68.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling