Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni
Boshlang'ich ta'lim fanlarini o'qitilish jarayonida sharq mutafakkirlari merosidan foydalanish
Download 39.44 Kb.
|
1-17
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars jarayonida muammoli vaziyatlardan foydalanishda o’qituvchining mahorati va ijodkorligi
Boshlang'ich ta'lim fanlarini o'qitilish jarayonida sharq mutafakkirlari merosidan foydalanish
Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro’zg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota – onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota – ona tarbiyachi bo’lishi mumkin. Axloqiy tarbiyada eng muxim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g’ururiga tegmagan holda, yakkama – yakka suxbatga bo’lish unga nasixat qilishdir. Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan o’zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi. Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning uchun u tug’ilgan kundan bolab zarur tarbiyani olmog’i lozim. U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o’zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi. Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning noo’rin xatti – harakatlariga berilishining oldi olinadi. Mirzo Ulug’bekning oila muhiti sog’lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo’lgan qiziqish, xavasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim. Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. Dars jarayonida muammoli vaziyatlardan foydalanishda o’qituvchining mahorati va ijodkorligi Muammoli ta`lim, rivojlanuvchi ta`lim, muammoli ta`lim maqsadi, vazifalari, vositalari, muammoli ta`lim darajalari, muammoli dars strukturasi. Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin olish uchun ma`naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o’zgartirish, ularning bilim va ma`naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko’tarish zarur. Mana shu tomoni bilan muamoli ta`lim texnologiyasi boshqa barcha o’qitish texnologiyalaridan ustun turadi.CHunki bunda o’quvchi izlanish olib borish, taxlil qilish, empirik xulosa chiqarish, boshqa vaziyatga qo’llash, fikr muloxazalrini taxminan sistemalashtirib isbotlash kelgusida amaliy faoliyatga qo’llash malakalarini egallab boradi. Muammoli ta`lim an`anaviy o’qitish metodikasiga tayanadi. O’qituvchi muamoli vaziyatni o’quvchilar oldiga qo’yish bilan bir qatorda , uni echish uchun izlanish zarurligini, izlanish uslublarini o’quvchilarga o’rgatadi. Muammo echimini topish. Izlashga o’tish uchun, eng avvalo zaruriy muxit yaratilishi kerak. Muammo aniq bo’lishi, o’quvchilar o’ni echimini izlash jarayonida oldingi mavzularda,fanlarda olgan ma`lumotlari, tushunchalari, bilimlaridan foydalana oladigan bo’lishi kerak. O’quvchilar olidga qo’yilgan muammo o’zining dolzarbligiga ega bo’lishi ham muhim ahamiyatga ega. O’quvchi izlanishni ma`lum bir sistemada, muayyanlikda bo’lgan muammo ustida olib borish kerak.shunda o’quvchi muammoni taxlil qiladi, qismlarini ajrata oladi va echish uchun kirishadi. Download 39.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling