Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni
Download 39.44 Kb.
|
1-17
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida oqituvchi mahorati masalalari
- Pedagoglik kasbi haqida sharq va g arb olimlarining qonuniyatlaridan foydalanish
- “Baytul Hikma” (“Donishmandlar uyi”)
Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni Agarda pedagogning kasbiy mahorat dasturiga amaliy qaralsa, u holda birinchi o’ringa uning integral sifati – o’qituvchining mahoratidan iborat bo’ladi. Pedagogik mahoratga berilgan ta'riflar shuncha ko’p bo’lishiga qaramay, ularda mahoratning qaysidir tomonlari albatta ifodalanadi. Mahorat - bu yuqori va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o’qitish san'atidan iborat. Pedagog – o’z ishining ustasi, o’z fanini chuqur biluvchi, fan va san'atning mos sohalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi tushunuvchi, o’qitish va tarbiyalash metodikasini har tomonlama biluvchi hamda yuqori madaniyatga ega bo’lgan mutaxassis. Pedagogik nazariyada o’qituvchi mahoratini ikki xil tushunish mavjud. Birinchisi, pedagogik mehnatni tushunish bilan bogliq bo’lsa, ikkinchisi tarbiyada pedagog shaxsi asosiy o’rin tutadi. Mahoratni egallash uchun ko’p narsani bilish va qila bilish zarur. Tarbiya printsiplari va qonunlarini hamda uning tashkil etuvchilarini bilishi zarur. O’quv-tarbiyaviy jarayon va uning tashkil etuvchilarni samarador texnologiyalardan foydalanish uchun har bir konkret holat uchun ularni to’g’ri tanlab olishni, diagnostikalashni, oldindan bilishni va berilgan daraja va sifat jarayonini loyihalashni juda yaxshi bilishi zarur. “Men faqat «buyoqqa kel»ni 15-20 xilda gapira olganimdan, aft, tashqi qiyofa va ovozni 20 ko’rinishda bera olganimdan sunggina xakikiy masterga aylandim,- deydi buyuk pedagog A.S. Makarenko. Pedogogik mahorat – shaxsning pedagogik sifatlari majmui va o’qituvchi tomonidan kasbiy pedagogik faoliyatni mustaqil ravishda samarali tashkil etishni ta'minlash bo'lib, u pedagogning faoliyat mohirligini eng yuqori choq-isiga erishganligini bildiradi. O’qituvchilik kasbi o'z mohiyatiga ko'ra o'ta individualdir. Har bir o’qituvchining muhim hayotiy o'rni, uning o'z ishining ustasi bo'lishdir. Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o'qituvchi mahorati masalalari Zamonaviy, ilg`or o`qituvchilarning ta'lim-tarbiya sohasida erishgan umumpеdagogik tajribalari-qobiliyat va mahoratlari «Pеdagogik mahorat» kursining prеdmеti hisoblanadi. Mazkur qobiliyat, mahoratning mazmun-mohiyati, tarkibini sistеma sifatida o`rganishda, oliy o`quv yurtlarida kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirishda «Pеdagogik mahorat» kursini o`rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. «Pеdagogik mahorat» kursi o`qituvchilar, jumladan, bo`lajak o`qituvchilarni ta'lim-tarbiya ishlarga ilmiy mеtodik va amaliy jihatdan tayyorlashni o`z maqsad qilib qo`yadi. Uning asosiy vazifalari: bo`lajak tarbiyachi, o`qituvchida pеdagogik ijodkorlik, topqirlik, pеdagogik muloqot, o`qituvchi nutqi, o`quvchiga har tomonlama ijobiy ta'sir etish usullari, pеdagogik tеxnika hamda tarbiyachining tarbiyachilik mahoratini shakllantirishdan iboratdir. Amaliy-sеminar darslarida esa, o`qituvchi nutqi va fikrlash madaniyati, pеdagogik ta'sirning rang-barang usullari, tarbiyachi o`qituvchining tashkilotchilik mahorati kabi masalalar o`rganiladi. Amaliy darslarida diqqat va xayolni to`plash mashqlari bajariladi. Labaratoriya va mustaqil ishlarda ajratilgan soatlarda pеdagogik vaziyatlar hosil qilinib, talabalar hamkorligida erishiladi. Bunday masala yoki pеdagogik vaziyatlar o`qituvchining o`quvchilar bilan muomola qila bilish malakasini tarbiyalashda xizmat qiladi. «Pеdagogik mahorat» kursining amaliy darslaridan muayan qismi maktablar va kollеjlarda o`tkazilishi mumkin va ular nazariy bilimlarni mustahkamlashni ko`zda tutadi. «Pеdagogik mahorat» faniniing boshqa pеdagogik tizimdagi fanlardan asosiy farqi shunday, u o`qituvchi va o`quvchi munosabatlarida kеng ijodiy imkoniyatlardan foydalanish uchun bitmas-tuganmas ijodiy faoliyat uchun maydon hisoblanadi. Pedagoglik kasbi haqida sharq va g arb olimlarining qonuniyatlaridan foydalanish SHarq ilk Uyg‘onish davri IX asrdan boshlanib XII asrgacha davom etdi. Bu davrinig buyuk olimi, Abu Abdulloh ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) osiyolik bir guruh mashhur olimlar singari Bag‘dod xalifalari – Abbosiylar sulolasidan bo‘lmish al-Ma’mun (813-833), al-Mu’tasim (833-842) va al-Vosiq (842-847) saroylarida yashab, ijod etdi. Xorun ar-Rashid (786-809) va uning o‘g‘li alMa’mun (813-833) davrida. Bag‘dod SHarqning yirik va madaniy markaziga aylandi, ayniqsa, falsafa, riyoziyot, tibbiyot va boshqa fanlar rivojlandi. Bag‘dodda ochilgan “Baytul Hikma” (“Donishmandlar uyi”)ga Xuroson, Movarounnahr, Baqtriya, Xorazm, SHosh, Forob, Marv, Qobul va boshqa qo‘shni o‘lkalardan kelgan olimu fozillar, shoiru tarjimonlar va hattotlar to‘plangan edi. “Baytul Hikma”ning ko‘p yillik faoliyati mobaynida mashhur yunon olimlarining bir qancha asarlari arab tiliga tarjima qilindi, shuningdek, riyoziyot, falakiyot, jo‘g‘rofiya va boshqa fanlarga doir bebaho asarlar bitildi. “Baytul Hikma” huzurida yirik kutubxona ochilgan bo‘lib, unda xalifalik va qo‘shni mamlakatlardan olib kelingan nodir kitoblar jamg‘arilgan edi. Ma’mun davrida kutubxonaga “akademiya”ning ko‘zga ko‘ringan olimi sifatida Muso alXorazmiy boshchilik qildi. “Baytul Hikma” kutubxonasidan tashqari uning ixtiyorida ikki rasadxona ham bo‘lib, ulardan biri Bag‘dodning SHamossiya mahallasida, ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun tog‘ida barpo qilingan edi. Al-Xorazmiy ana shu rasadxonani ham boshqarib, asosan falakiyot ilmi bilan shug‘ullanadi. Olim IX asrning 20-yillarida o‘zining mashhur astronomiya va trigonometriya jadvallariga doir “Zij fi ilm al-falak” risolasini yozib tugatadi. Al-Xorazmiyning bu asariga tayanib arab tilidagi ilmiy adabiyotlarga birinchi bo‘lib Sayyoralar, Oy va Quyoshning harakatlari, sayyoralarning sutkalik harakatlari va ularni aniqlash yo‘llari, Oy va Quyosh gardishining kattaligi, sinuslar jadvali va tangens kiritilgan edi. Asar XII asr boshlarida lotin tiliga tarjima qilingan. Al-Xorazmiy “Ziji”ga ko‘pgina olimlar izohlar, tushuntirishlar yozishgan. Download 39.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling