Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni
Maktab hujjatlarini o'rganish va uni tahlil qilish
Download 39.44 Kb.
|
1-17
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik masala va vaziyatlarni yechishda kasbga oid bilimlardan foydalanish
Maktab hujjatlarini o'rganish va uni tahlil qilish
Maktab hujjatlarini o’rganish - o’quvchilarning shaxsiy delolari, metodistlarninng xabarlari, sinf jurnallari, kundaliklari, yig’ilishi va majlislar bayonnomalari tadqiqoti uchun olib borilayotgan ta‘lim-tarbiya ahvoli, darajasi haqida ob‘ektiv axborot manbai hisoblanadi. Maktab hujjatlarini tekshirish orqali o’qituvchilar va o’quvchilar jamoasi, ularning pedagogik faoliyati haqida aniq ma‘lumotlar olinadi. Eksperiment – so’zi lotincha «sinab ko’rish», «tajriba qilib ko’rish» ma‘nosini anglatadi. Eksperimental – tajriba ishlari asosan ta‘lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqiy jarayonlarini tekshirish aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Eksperiment usuli sharoitga qarab 3 xilda o’tkaziladi: 1) Tabiiy eksperiment. 2) Laboratoriya eksperimenti. 3) Amaliy tajriba. Matematik metod – ommaviy materiallarni tahlil qilishda (masalan, anketalashtirish yo’li bilan to’plangan materiallarni yoki ma‘lumotlarni umumlashtirish uchun) qullaniladi. Bu metod eksperiment natijalarini aniq baholashini, xulosalarning ishonchli bo’lishini ta‘minlaydi. Tadqiqot natijalari va ularni amalga tadbiq etish. Pedagogikada bu jarayon turli yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Chunonchi, tadqiqotchilarning seminarlarda, ilmiy konferentsiyalarda tadqiqot natijalari bo’yicha ma‘ruzalar bilan chiqish ilmiy maqolalar, kitoblar nashr etish, o’qituvchilarga mo’ljallangan metodik tavsiyalari bo’lishi mumkin. Pedagogikada hali hal etilmagan muammolar juda ko’p. Bular ilmiy – tadqiqot olib borish yo’li bilan hal etiladi. Anketa metodi. Anketa fransuzcha so'z bo'lib, tekshirish degan ma'noni anglatadi. Anketa metodi o'quvchilardan so'rash metodi bo'lib, u o'quvchilar tarkibining sifati to'g'risida kerakli ma'lumotlarni olish uchun, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun, shuningdek kasbga yo'llashni belgilash uchun ma'lum bir shaklda o'tkaziladi. Pedagogik masala va vaziyatlarni yechishda kasbga oid bilimlardan foydalanish Pedagogik amaliyot va vaziyatlar jarayonidagi ijtimoiy faollik motivastiyasi ayni paytda pedagogik omil vazifasini o’tashi mumkin ekan. Chunki, amaliyot jarayonida talabada kasbiga nisbatan qiziqish ortib borishi yaqqol ko’zga tashlanadi. Shu bilan birga o’quvchi, ya’ni shaxs olamiga xos muhitning tobora ichiga kirib borishga intilgani sari o’qituvchilik kasbining ijtimoiy rivojlanishidagi o’rnini anglay boshlaydi. Shu bilan birga o’quvchi, ya’ni shaxs olamiga xos muhitning tobora ichiga kirib borishga intilgani sari o’qituvchilik kasbining ijtimoiy rivojlanishidagi o’rnini anglay boshlaydi. O’qituvchilik kasbining ijodkorlik xarakteri o’qituvchining doimo izlanish hamda faol harakat sari undashi bu kasbning ijtimoiy mazmunini tashkil etishini talaba tushunib etadi. Shaxsning ijtimoiylashuvi uzluksiz jarayon bo’lgani kabi, ta’lim tizimi ham uzluksiz, izchil hamda uyg`un xarakterda bo’lishligi talabada yangicha tafakkurning tub mohiyatini anglab etishi sari undaydi. Pedagogik faoliyat xar doim boshqa faoliyat ustidan boshqarishga o’xshaydi, bu esa o’quvchilar faoliyatini boshqarish demakdir. Pedagog faoliyat ko’rsatayotgan o’quvchiga nisbatan asabiylashmasligi, ovozini ko’tarmasligi kerak. U o’quvchiga shunday muomala qilishni bilsinki, bola o’qituvchi maqsadini amalga oshirish uchun kerakli qaror qabul qilsin bunday qarorga kelish o’quvchidan o’sha aqlliylikni talab qilmasada pedagog maqsadni amalga oshirishi bilan axamiyatlidir. O’qituvchi pedagogik vaziyatida: A) Maqsadni ijodiy tushinish B) vazifalarni aniq bajarish V) bola qiziqishini hisobga olish, G) o’quv jarayonida bolani maqsadga yo’naltirib turish yotadi. Download 39.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling