“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
PM. MS. Sport
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishining maqsadiga koʻra quyidagi vazifalar qoʻyilgan
Ishining maqsadi: xorijiy oliy ta’lim muassasalarida yoshlarning jismoniy madaniyatini
https://buxdu.uz “PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son 15 shakllantirishning samarali yoʻllarini tahlil qilish. Ishining maqsadiga koʻra quyidagi vazifalar qoʻyilgan: 1. Mavzuga oid ilmiy-uslubiy mahalliy va xorijiy adabiyotlarni tahlil etish. 2. “Jismoniy madaniyat va sport” fanlarini oʻqitishda xorij tajribasini oʻrganish. 3. Oliy ta’lim muassasalarida yoshlarning jismoniy tayyorgarligi holatini aniqlash. 4. Oliy ta’lim muassasalarida yoshlarning jismoniy madaniyatini shakllantirish jarayonida qoʻllanilayotgan usullarni tahlil etish. Jismoniy madaniyat va sport sohasida oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish, ta’limni insonparvarlashtirish, demokratlashtirish, xorijiy oliy ta’limning tajribasi va taraqqiyotining tahlili, noan’anaviy ta’limning didaktik asoslari, Jismoniy madaniyat va sportda innovastion texnologiyalar (pedagogik texnologiyalar, interfaol uslublar, ta’limda axborot kommunikatsion texnologiyalar), talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish va oliy ta’lim professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish masalalarini respublikamizda faolit yuritayotgan olimlaridan R.D.Xolmuxamedov, F.A.Kerimov, Maxkamdjanov K.M., T.S.Usmanxodjayev, R.S.Salamov, E.A.Seytxalilov, I.A.Koshbaxtiyev, O.V.Goncharova, Sh.X.Xonkeldiyev, M.S.Olimov, S.S.Tajibayev, A.Q.Atoyev, X.A.Botirov, B.B.Mamurov, M.J.Abdullayev va boshqalar oʻzlarining ilmiy-metodik izlanishlarida toʻxtalib oʻtganlar. Bugun Oʻzbekiston demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yoʻlidan izchil borayotganligi uchun kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilindi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topdi. Oʻquv-tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash zarurati ham raqobatbardosh kadrlar tayyorlash shartlaridan biridir. Shu sabab biz bu pedagogik fenomenning paydo boʻlishi va rivojlanish jarayonini oʻrganishga tarixiy yondashmoqdamiz. Respublikamiz Birinchi Prezidenti 1999-yil apreldagi Oliy Majlisning XIV sessiyasida “Yangi darsliklarni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻz vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlashni nazorat ostiga olish zarur” [1]ligini alohida ta’kidladilar. Bugun olimlar va oʻqituvchilar ilg’or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishga astoydil kirishishlari shart va ular bu ishga mas’uldirlar. Bu sohaga yaqin xorijiy davlatlarda ham e’tibor kuchaytirilmoqda. Muhimi shundaki, Birinchi Prezidentimiz I.Karimov tomonidan Milliy dasturni roʻyobga chiqarishning 2-bosqichida (2001-2005-yillar) “Oʻquv-tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash” muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi. Respublikamizdagi oliy (oʻrta maxsus kasb-hunar maktab) ta’lim tizimida faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilarni malaka oshirish kurslarida ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari boʻyicha yangi bilimlar tizimi bilan qurollantirishni uzluksiz tashkil etish davr talabidir. Shuning uchun ham bugungi kunda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda oʻqitishning hozirgi zamon tizimlari va yangi pedagogik texnologiyalari asosida hamda xorijiy ilg’or tajribalardan foydalanib amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Albatta, hozirda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya va ma’naviy sohada ulkan islohotlar oʻtkazilmoqda. Yurtimizda kadrlar tayyorlash borasidagi ta’lim va u bilan bog’liq boʻlgan me’yoriy-huquqiy manbalarda barcha sohalar boʻyicha davr talablariga toʻla layoqatli mutaxassis kadrlar tayyorlash, ularning ma’naviy va jismoniy barkamolligini tarbiyalashga katta e’tibor berilmoqda. E’tirof etish lozimki, buning natijasini oʻsib kelayotgan yosh avlod vakillarining dunyodagi oʻzining tengdoshlari orasida tashkil etilayotgan turli nufuzli ilm-fan va sport yoʻnalishlaridagi olimpiadalar va musobaqalarda qoʻlga kiritilayotgan katta-yu kichik yutuqlarida koʻrishimiz mumkin. Bu jarayonlarda jismoniy madaniyat va sport ishlariga alohida e’tibor qaratilayotganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu asosda ta’lim tizimida ilg’or xorijiy tajribalar va innovatsion ta’lim texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish bugunning dolzarb masalasiga aylanib ulgurdi. Ta’lim sohasida xorij tajribasini kuzatar ekanmiz, bizning yurtimizda ham ularnikidan kam boʻlmagan sharoitlar yaratilgan boʻlib, bizning ta’lim tizimimiz puxta ishlangan rejaga asosan tashkil etilgan. Faqatgina yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, ta’limning barcha bosqichlarida yangicha fikrlaydigan va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amalga tatbiq etadigan mutaxassislar tayyorlash yuzasidan ish olib borish zarur. Shu maqsadda sport mashg’ulotlarida va amaliy darslarni oʻtkazishda sport turlari boʻyicha e’tiborli tadbirlar oʻtkazilib, ularda innovastion texnologiyalar va pedagogik texnologiyalardan maqsadli va samarali foydalanishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling