“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
PM. MS. Sport
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy qism.
Key words: M.V.Lomonosov, Perm State Academy of Pharmacy, Practical Training, St. Petersburg
University of cinema and television, Kemerov State University Angero-Sudzhensk branch, Physical Culture and sports. Kirish. Sport – bu millatning oʻzligini anglashda, uning aniq maqsadlar sari jipslashuvi va birlashuvida, oʻzidagi bor salohiyatini hamda qudratini jahon uzra namoyon boʻlishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda, mamlakat sportini rivojlantirish dolzarb va nihoyatda muhim masaladir. Zero, jismonan baquvvat va sog’lom millat qudratli boʻladi, uning davlati har tomonlama mustahkam boʻlib, buyuk taraqqiyot sari rivojlanib boradi. Barkamol avlod tarbiyasida jismoniy madaniyat va sport qanchalik muhim omil ekanligini, hozirgi kunda hukumatimizni sportga g’amxoʻrligidan va davlat siyosati darajasiga koʻtarilganligidan ham anglash mumkin. Jumladan, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 3-iyun PQ–3031-son “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻg’risida”gi, 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish toʻg’risida”gi, 2018-yil 5-iyuldagi 507-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish toʻg’risida”gi Qarorida hamda 2018-yil 5-martdagi PF- 5368-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari toʻg’risida” Farmonida ta’kidlanishicha biz bugun sport sohasida “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Unversiada musobaqalari bilan chegaralanishimiz kerak emas. Iqtidorli oʻsmir va qizlarni tanlab olish va tarbiyalash boʻyicha jiddiy seleksiya ishlarini amalga oshirish zarur. Bu sport tashkilotlari, ta’lim muassasalari va ota-onalar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Iqtidorli oʻg’il va qizlarni tanlash, ularni sinov-tajribalaridan oʻtkazish va yetuk darajadagi sport mahoratlarini tarbiyalashda ilg’or pedagogik tajribalar innovastion texnologiyalar, ma’naviy va moddiy jihatdan ta’minot (seleksiya tarmog’i) yuqori darajadagi tibbiy mezoniy xizmatlarni yanada kuchaytirishga toʻg’ri keladi deyilgan. Asosiy qism. Maqolaning dolzarbligi shundaki, bugungi kunda talabalarning “Jismoniy madaniyat va sport” oʻquv sohasi orqali jismoniy madaniyatni oʻzlashtirish jarayoni davomida ularning jismoniy rivojlanish dinamikasini chuqurroq oʻrganish, shuningdek, talabalarni salomatligi, jismoniy imkoniyatlari darajasiga muvofiqlikda jismoniy madaniyatini shakllantirish boʻyicha shaxsga yoʻnaltirilgan, aniq maqsadni koʻzda tutuvchi dasturlarni xorijiy tajribalarga asoslanib ishlab chiqish zaruriyati vujduga kelmoqda. Jismoniy madaniyatni shakllantirishga ana shunday yondashish faoliyat samaradorligini oshirishga asos boʻladi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling