“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/200
Sana05.04.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1275590
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   200
Bog'liq
PM. MS. Sport

Ishning maqsadi. Sog’lomlashtiruvchi aerobika boʻyicha majmua dasturlarini ishlab chiqish asosida 
turli yoshdagi sportchilarning harakat faolligini oshirish. 
Tadqiqotning vazifasi: 
➢ turli tuzilmalarda aerobikaning sog’lomlashtirish yoʻnalishi boʻyicha mashg’ulotlarni oʻtkazish 
xususiyatlarini oʻrganish; 
➢ turli yoshdagi sportchilarga sog’lomlashtiruvchi aerobika mashqlariga oʻrgatish uslubiyati boʻyicha 
olimlarning fikr va mulohazalarini tahlil qilsh; 
➢ turli yoshdagi sportchilarga sog’lomlashtiruvchi aerobika mashqlariga oʻrgatish uslubiyati boʻyicha 
olimlarning fikr va mulohazalarini tahlil qilsh asosida sog’lomlashtiruvchi aerobika boʻyicha dasturlar ishlab 
chiqish. 
Tadqiqot uslubiyati 
1. Adabiyot manbalarini tahlil qilish. 
2. Anketalash. 
3. Pedagogik kuzatuv. 
4. Antromometrik oʻlcham. 
5. Nazorat sinovlari uslubiyati. 
6. Pedagogik tajriba. 
7. Matematik statistika uslubiyati. 
Barcha sport turlari kabi, sog’lomlashtiruvchi aerobikada uzoq faollik bilan bog’liq hamma faoliyatlarda 
biz oʻrgatish muammolari bilan toʻqnash kelamiz. 
Aerobika boʻyicha murabbiylar uchun eng muhimi, shug’ullanuvchilarga nafaqat chiroyli 
harakatlanishni, balki mashqlarni bajarish texnikasini toʻg’ri ijro etishga oʻrgata olishdir. Shuning uchun 
toʻg’ri oʻrgatish muammolari, aerobikada eng sodda harakatlarni oʻzlashtirishda ham dolzarb boʻlib qolmoqda. 
Maxsus adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatadiki [16, 17], mashqlarga oʻrgatish - bu oʻqituvchi va 
oʻquvchidan harakatlarni rejali va uslubiy toʻg’ri tashkil qilishni talab qiluvchi pedagogik jarayondir. U 
oʻrgatishning asosiy vazifalarini yechishga yoʻnaltirilgan. Shug’ullanuvchilarning harakat bilim va 
koʻnikmalarini shakllantirish, jismoniy sifatlarini kompleks rivojlantirish ma’naviy-irodaviy sifatlarini 
tarbiyalashdir. 
Sog’lomlashtiruvchi aerobika boʻyicha mashg’ulotlar, vositalar tanlovi, alohida mashqlar me’yori va 
navbatlashuvi, hamda ularni bajarilish tempiga koʻra farqlanadi. Lekin, mashg’ulotlarning xilma-xil variantlari 
yagona shakl va tuzilish qonuniyatiga boʻysunadi [8, 16]. 
Eng katta tuzilma birligi, majmua hisoblanib u oʻz navbatida qismlarga boʻlinadi, qismlar esa kichik 
seriyalarga boʻlinib, mashqlar zanjiridan tashkil topadi. Mashqlardan kombinastiyalar, bog’lamlar tashkil 
qilinadi. 
Bir qator mualliflarning ma’lumotlari boʻyicha [2, 4], sog’lomlashtirish aerobika mashg’ulotlari 
aerobika darsi shundan iboratki, oʻquv jarayonini malakali instruktor boshqaradi. 
Barcha darslar kabi, aerobika sinfining mashg’ulotlari ham tayyorlov, asosiy va yakuniy qismlardan 
iborat. Y.V.Menxin, A.V.Menxin (2002) aerobika boʻyicha mashg’ulotlarning tuzilishi oʻrtacha 60 daqiqa 
tashkil qiladi, tayyorlov qismning davomiyligi mashg’ulotning umumiy vaqtini 5-10% ni; asosiy qism-80-
85%; yakuniy qism esa 5-15% ni tashkil qiladi deb hisoblaydilar. 
Yetarli darajada shug’ullanganlar bilan 60 daqiqali mashg’ulot tuzilishi boʻyicha 90 daqiqa 
shug’ullanish mumkin. (O.A.Lomova 2002, M.L.Juravina, N.K.Menshikova 2002, J.K.Xolodov. 
V.S.Kuznestova 2002). 
Sportdagi kabi, sog’lomlashtiruvchi aerobikada oʻrgatish jarayoni shug’ullanuvchilar va 
instruktorlarning aniq tizimini oʻzida namoyon qiladi. Bu harakatlar ongli bog’lanishga egadir va vaqt boʻyicha 
ketma-ket taqsimlangan. Ta’limning aniq vazifalarini navbatma-navbat yechish alohida bosqichlarga boʻlish 
imkoniyatiga asoslanadi [3, 5, 7]. 
Oʻrgatish jarayonining III - bosqichi ajratiladi: 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling