“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/200
Sana05.04.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1275590
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   200
Bog'liq
PM. MS. Sport

3. Mashqlarni koʻrsatish. 
Koordinastiyasi sodda harakatlarni shug’ullanuvchilarga yuzlanib chap qoʻl va oyoqdan
murakkablarini esa shug’ullanuvchilarga orqa turib koʻrsatish mumkin. 
Shu vaqtning oʻzida shug’ullanuvchilarga uzoq vaqt orqa turib mashq oʻtkazish, ayrim insonlarda salbiy 
ta’sirni chaqirishi mumkin (T.S.Lisistkaya 1984, J.K.Xolodov, V.S.Kuznestov 2002 va boshqalar). 
4. Simmetrik oʻrgatish. 
L.M.Dikarevich (1996) fikricha, harakatlar ikkala tomonda ham birdek bajarilishi lozim. Turli 
oʻlchamdagi yuklamalar organizmning har tomonlama rivojlanishga yordam beradi. 
Mashg’ulotlarni tashkil qilish, rejalashtirish hamda bevosita aerobikaning klassik mashqlarini 
oʻrgatishda S.Rozensteveych (1988), quyidagi harakatlarning oʻzaro aloqa xususiyatlarini hisobga olishni 
tavsiya qiladi: 
1) yangi harakatlarni oʻzlashtirishning boshlang’ich bosqichida harakatlarning ijobiy oʻzaro 
munosabati samaradorligi katta boʻladi. 
2) harakatlarni bir vaqtda oʻrgatishga nisbatan ketma-ket oʻrganib oʻxshash harakatlarni tanlashda 
(juftlik, guruhlar) va ularni xususiyatlarini aniqlashda nafaqat shaklga (tashqi alomatlar) e’tibor qaratish lozim, 
vaholanki harakat tuzilishini qismlarigacha baholash kerak, xususan ularning miqdori, koʻrsatkichlari: 
amplituda, vaqt, kuch, tezlik, ritm va boshqalar. 
https://buxdu.uz


“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son 
22 
Koʻpgina yetakchi mutaxasislarning fikricha, jarayon ishonchli oʻrganilishi uchun quyidagi talablarga 
rioya qilish lozim: 
1. Oʻrgatish va oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan operastiyalar toʻplami maqsadini aniqlash. 
2. Murakkablik xajmiga koʻra qulaylashtirilgan oʻquv materiallarini operastiyalar boʻyicha boʻlish. 
3. Oʻquvchidan oʻqituvchiga aksincha aloqa bilan me’yorlashtirilgan materiallarni oʻzlashtirilishi 
boʻyicha muntazam sifat nazoratini oʻtkazish. 
4. Ishning tempi va berilgan materiallarning murakkabligi boʻyicha moslashish bilan oʻzlashtirilgan 
materiallar sifatidan kelib chiqib, oʻrgatishning egiluvchan differenstiyalanishi. 
5. Oʻrgatishning maxsus texnik vositalarini va oʻquv dasturlarining qoʻllanilishi. 
T.S.Lisistskaya (1994), sog’lomlashtiruvchi aerobika mashg’ulotlarida qoʻllaniladigan harakat 
materiallarini, quyidagi oʻzlashtirish ketma-ketligida aniqlash maqsadga muvofiq deb hisoblaydi: 
1. Odatda ular aralash qoʻllaniladi, ya’ni koʻrsatib berish soʻz sharxi bilan olib boriladi. 
Shug’ullanuvchilarga orqa turib yoki (zerkalniy) koʻzgu usulida mashqlarni koʻrsatish keng qoʻllaniladi. 
2. Alohida harakat fazalariga urg’u berib koʻrsatish ham qoʻllaniladi. Koʻrsatish doimo hisob va uslubiy 
sharxlar bilan birga olib borilishi shart. Bunda albatta shug’ullanuvchilar ustidan vizual nazorat oʻrnatilishi 
zarur. 
Xulosa qilib aytganda Adabiyotlardan olingan ma’lumotlar va anketa soʻrovnoma materiallarini 
umumlashtirib shuni ta’kidlash kerakki, sog’lomlashtiruvchi aerobikaning yangi yoʻnalishlarining paydo 
boʻlishi, sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning boshqa turlari orasida yetakchilikni saqlab qolishga imkon 
beradi. 
Sog’lomlashtiruvchi aerobika mashqlarini oʻrgatish uchun an’anaviy uslublar: soʻz, koʻrgazma uslubi, 
yaxlitlik va qismlarga ajratib oʻrgatish uslubiyatlari bir biri bilan uyg’unlashtirib qoʻllaniladi. 
Aerobikaning sog’lomlashtiruvchi turlari boʻyicha mavjud dasturlarda, koʻpchilik shug’ullanuvchilar 
oʻzlariga ma’lum yoʻnalishlarni, ya’ni raqs, kuch, sheypingni afzal biladilar. Ammo ular juda kam va katta 
yoshdagilar uchun moʻljallangan. Oʻquvchi-yoshlarning katta qismi quyidagi sabablarga koʻra 
shug’ullanmaydilar: 
- mashqlarni boshlang’ich bosqichlarini oʻzlashtirish uchun yengil boʻlgan sog’lomlashtirish aerobika 
vositalari aniqlanmagan; 
- murakkabligi boʻyicha (bog’lamlar, kombinastiyalar) oʻquv materiallarining noqulay taqsimoti; 
- 18-20 yoshli qizlar uchun oʻrnatish dasturlari (bazaviy aerobika) ishlab chiqilmagan; 
- slayd, step va boshqa kabi turlarda yordamchi vositalar, anjomlar, jihozlarni topish qiyin boʻlganligi 
sababli erishib boʻlmaydi; 
Bularning barchasi, maxsus tadqiqotlarni oʻtkazish va 18-20 yoshli qizlar uchun oʻrgatish dasturlarini 
ishlab chiqish zaruriyatini aniqladi. 
Ilmiy tadqiqotlar va amaliy tajribalar shuni koʻrsatadiki, 18-20 yosh - oʻqitishning zamonaviy vosita va 
uslubiyatlarini qoʻllash bilan sog’lomlashtiruvchi faollik harakatlarni bajarish uchun eng qulay davr 
hisoblanadi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling