“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/200
Sana05.04.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1275590
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   200
Bog'liq
PM. MS. Sport

 
Kirish. Soʻnggi yillarda xalqimizning salomatligi toʻg’risida g’amxoʻrlik qilish, maʼnaviy va jismoniy 
barkamol avlodni shakllantirish, millionlar oʻyini boʻlgan va mamlakatimizda alohida oʻrin tutadigan 
sportning futbol turiga aholini, ayniqsa, yoshlarni keng jalb etish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar amalga 
oshirilib kelinmoqda. 
Shu bilan birga, bugungi kunda mamlakatimizda yuqori iqtidorga ega boʻlgan yosh futbolchilarni 
tanlash, saralab olish (seleksiya) tizimi va futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirish, futbol boʻyicha sport 
maktablari faoliyatini yangi bosqichga koʻtarish, soha mutaxassislarini tayyorlash va ularni moddiy 
rag’batlantirish tizimini yaxshilash, oʻtkazilayotgan musobaqalar saviyasini yuksaltirish kabi masalalar 
dolzarb vazifalardan biri boʻlib qolmoqda. 
Asosiy qism. Oʻzbekistonda futbolni aholi oʻrtasida eng ommaviy sport turiga aylantirish, yuqori 
iqtidorga ega boʻlgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida 
tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish, mamlakat futbolini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan 
darajaga yetkazish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash, futbol 
klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun oʻquv-mashq jarayonini samarali tashkil etish, 
mamlakatimizda futbol boʻyicha yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, oʻsmirlar, yoshlar va xotin-qizlar 
jamoalari oʻrtasida jahon va qitʼa birinchiliklarini oʻtkazish maqsadida hukumatimiz tomonidan bir qancha 
qaror va farmonlar qabul qilindi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi 
“Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
toʻg’risida”gi PF–5368-son Farmoniga muvofiq: 
Mazkur hujjatlar asosida Respublikaning deyarli barcha viloyatlarida olimpiya zaxiralari kollejlari 
yaratilgan. Shu tariqa, xususan, mamlakatning oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalarini, oliy liga jamoalarining 
tarkiblarini toʻldirishga qodir boʻlgan yosh futbolchilarni oʻqitish va ularning tayyorgarligini takomillashtirish 
boʻyicha zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan. Biroq, shu bilan birgalikda, ushbu sa’y-harakatlarga qaramasdan, 
kollejlarda oʻquv-shug’ullanish jarayoni hali ilmiy tadqiqotlarning ma’lumotlariga toʻliq asoslanmaydi. Bu oʻz 
navbatida, yosh futbolchilarning yashirin imkoniyatlarini aniqlash imkonini bermaydi.
Bu muhim masalalarni hal qilish aspektida yosh futbolchilarni tayyorlash tizimini ishlab chiqish 
muammosining holatini tavsiflash va yosh futbolchilarni tayyorlashning sport tayyorgarligini tavsiflaydigan 
zaruriy sifatlarni rivojlantirish boʻyicha yetarlicha oʻrganilmagan ilmiy-uslubiy yoʻnalishlarini ajratish lozim 
https://buxdu.uz



Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling