“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
PM. MS. Sport
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy qism.
Kirish. Soʻnggi yillarda xalqimizning salomatligi toʻg’risida g’amxoʻrlik qilish, maʼnaviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, millionlar oʻyini boʻlgan va mamlakatimizda alohida oʻrin tutadigan sportning futbol turiga aholini, ayniqsa, yoshlarni keng jalb etish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu bilan birga, bugungi kunda mamlakatimizda yuqori iqtidorga ega boʻlgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish (seleksiya) tizimi va futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirish, futbol boʻyicha sport maktablari faoliyatini yangi bosqichga koʻtarish, soha mutaxassislarini tayyorlash va ularni moddiy rag’batlantirish tizimini yaxshilash, oʻtkazilayotgan musobaqalar saviyasini yuksaltirish kabi masalalar dolzarb vazifalardan biri boʻlib qolmoqda. Asosiy qism. Oʻzbekistonda futbolni aholi oʻrtasida eng ommaviy sport turiga aylantirish, yuqori iqtidorga ega boʻlgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish, mamlakat futbolini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash, futbol klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun oʻquv-mashq jarayonini samarali tashkil etish, mamlakatimizda futbol boʻyicha yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, oʻsmirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari oʻrtasida jahon va qitʼa birinchiliklarini oʻtkazish maqsadida hukumatimiz tomonidan bir qancha qaror va farmonlar qabul qilindi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg’risida”gi PF–5368-son Farmoniga muvofiq: Mazkur hujjatlar asosida Respublikaning deyarli barcha viloyatlarida olimpiya zaxiralari kollejlari yaratilgan. Shu tariqa, xususan, mamlakatning oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalarini, oliy liga jamoalarining tarkiblarini toʻldirishga qodir boʻlgan yosh futbolchilarni oʻqitish va ularning tayyorgarligini takomillashtirish boʻyicha zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan. Biroq, shu bilan birgalikda, ushbu sa’y-harakatlarga qaramasdan, kollejlarda oʻquv-shug’ullanish jarayoni hali ilmiy tadqiqotlarning ma’lumotlariga toʻliq asoslanmaydi. Bu oʻz navbatida, yosh futbolchilarning yashirin imkoniyatlarini aniqlash imkonini bermaydi. Bu muhim masalalarni hal qilish aspektida yosh futbolchilarni tayyorlash tizimini ishlab chiqish muammosining holatini tavsiflash va yosh futbolchilarni tayyorlashning sport tayyorgarligini tavsiflaydigan zaruriy sifatlarni rivojlantirish boʻyicha yetarlicha oʻrganilmagan ilmiy-uslubiy yoʻnalishlarini ajratish lozim https://buxdu.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling