“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
21
yetkazish;
III bosqich - mustahkamlash va keyinchalik takomillashtirish - individual
xususiyatlarni erishilgan
rivojlanish darajasiga muvofiq, mashqlarni koʻpkarra bajarish.
Muhokamalar va natijalar. Oʻtkazilgan tadqiqotlar asosida [9, 10, 11] sportda va aynan faqat
aerobikada qoʻllaniladigan, oʻrgatishning umumiy prinsiplari farqlanadi.
L.M.Dikarevich (1996), Y.K.Gaverdovskiy (2001) ma’lumotlari boʻyicha
umumiy prinsiplarga
quyidagilar kiradi:
1. Yengillik prinsipi.
2. Onglilik va faolik prinsipi.
3. Koʻrgazmalilik prinsipi.
Bir qator mualliflar [1, 2], oʻrgatishda asosiy metodik usullar sifatida quyidagilarni ajratdilar:
1. Tezkor sharx va tushuntirish.
Mashg’ulotni oʻtkazish jarayonida, mashqlarni bajarish paytida murabbiyning koʻrsatmalari
katta
ahamiyatga egadir. M.P. Ivlievning (1987) fikricha, bu koʻrsatmalar tashqi boshqaruv rolini oʻynaydi. Uning
yordamida shug’ullanuvchilar oʻzlarining shaxsiy harakatlari boʻyicha tezkor tassavvurga ega boʻladilar.
2. Guruhni vizual boshqarish.
Amerikada ishlab chiqilgan guruhni boshqarishning shartli belgisi tizimi, sog’lomlashtiruvchi aerobika
mashg’ulotlarini oʻtkazishni ancha yengillashtiradi.
Bundan tashqari, asosan parterda va
turli xildagi amartizastiyali, og’irliklar, jihozlar bilan kuch
mashqlarini bajarishida u yoki bu
mashq fazalari uchun tavsifli, toʻg’ri holatni mustahkamlashga yordam
beruvchi turli shakldagi fiksastiyalar tez-tez qoʻllaniladi [10].
Amplituda hisobiga intensivlikni oshirish, amplituda hisobiga yuqori intensivlikdagi harakatlarni, past
intensivlikka
almashtirish, joydan joyga harakatlanish elementlarini bajarilish tempi (har bir hisobida, takt
oralab va hokazo) kabi pedagogik usullar ishlab chiqilgan, bular oʻz navbatida guruh mashg’ulotlari sharoitida
ham jarayonni individuallashtirishga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: