“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883
“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
PM. MS. Sport
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit soʻzlar
- Ключевые слова
- Key words
“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
19 Mehriddin ABDULLAYEV Buxoro davlat universiteti professori, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Zarina TURAYEVA Buxoro davlat universiteti magistranti TURLI YOSHDAGI SPORTCHILARGA SOG’LOMLASHTIRUVCHI AEROBIKA MASHQLARIGA OʻRGATISH USLUBIYATI Ushbu maqolada sog’lomlashtiruvchi aerobika boʻyicha majmua dasturlarini ishlab chiqish asosida turli yoshdagi sportchilarga sog’lomlashtiruvchi aerobika mashqlariga oʻrgatish boʻyicha ishlar tahlil qilingan va yetakchi olimlarning fikr va mulohazalariga tayanib sog’lomlashtiruvchi aerobika mashqlariga oʻrgatish uslubiyati ishlab chiqilgan. Kalit soʻzlar: salomatlik, aerobika, step-aerobika, sheyping, akva aerobika, noana’naviy turlar. В данной статье на основе разработки комплексных программ оздоровительной аэробики проанализирована работа по обучению спортсменов разного возраста упражнениям оздоровительной аэробики и разработана методика обучения упражнениям оздоровительной аэробики, основанная на мнениях и отзывах ведущих ученых. Ключевые слова: здоровье, аэробика, степ-аэробика, шейпинг, аквааэробика, нетрадиционные виды. In this article, work on the development of health-improving aerobics programs has been analyzed on the basis of teaching health-improving aerobics exercises to athletes of different ages, and the method of teaching health-improving aerobics exercises has been developed, relying on the opinions and feedback of leading scientists. Key words: health, aerobics, step-aerobics, sheyping, aqua aerobics, non-traditional species. Kirish. Salomatlik nafaqat jismoniy tarbiya bilan bog’liq, hozirgi paytga kelib oʻquvchilarning harakat faoliyatini toʻg’ri shakllantirish, shaxsni har tomonlama garmonik rivojlantirishdan iboratdir. Afsuski, zamonaviy oʻquvchi qizlarning harakat faoliyati yetarli darajada emas. Buning natijasida turli kasalliklarga moyillik yuqori darajada qayd etilmoqda. Albatta, bu koʻrinishdagi tendensiya nasliy emas balki bu jismoniy mashqlarni bajarmaslik va jismoniy tarbiya darslariga kam qatnashish oqibatidir. Jismoniy tarbiya darslarida harakatlanish talablarining faqatgina 40-60% qondiriladi, 25%dan kam oʻquvchilar doimiy jismoniy tarbiya va sport faoliyatiga jalb qilingan, darsdan tashqari jismoniy tarbiya faoliyati bilan 30-35% gina qizlar shug’ullanadilar. Harakat tanqisligi organizmning oʻsish va shakllanish davrida juda xavfli hisoblanadi. Demak, zamonaviy oʻquvchilar va talabalarning katta qismida saqlanib qolinadigan turli xil kasalliklar uchraydi, jismoniy rivojlanish va tayyorgarlik esa koʻpincha yosh me’yorlariga javob bera olmaydi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling