“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883


“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/200
Sana05.04.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1275590
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   200
Bog'liq
PM. MS. Sport

“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son 
25 
boʻladi. Futbolchilarning jismoniy, funksional, texnik-taktik tayyorgarligiga ta’sir koʻrsatuvchi omillar 
jamlanmasini oʻz ichiga oladigan bir qator masalalar ilmiy-uslubiy adabiyotlarda hali oʻz aksini topmagan. 
Yosh futbolchilarning shug’ullanishi boʻyicha ba’zi bir eksperimental va uslubiy ishlanmalar turlicha shart-
sharoitlarda va yosh hamda malaka boʻyicha har xil sportchilar bilan, koʻpincha xususiy masalalarni hal qilish 
bilan cheklangan holda hech qanday tizimlilik va oʻzaro bog’lanishlarsiz bajarilgan [3, 4, 5]. Shu bois, bizning 
nazarimizda, yosh futbolchilarni tayyorlashning samaradorligini yetarlicha oʻrganilmagan masala sifatida 
majmuaviy nazorat qilish asosida ularning yosh xususiyatlarini hisobga olish bilan yanada chuqur tadqiq qilish 
va ishlab chiqish zarurati muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotning maqsadi: yosh xususiyatlarini hisobga olib yosh futbolchilarning oʻquv-mashg’ulotlari 
jarayonini optimallashtirish. 
Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib biz oʻz oldimizga quyidagi vazifalarni belgilab oldik: 
1. Yosh futbolchilarni yillik sikldagi jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligi dinamikasini aniqlash. 
2. Yosh futbolchilarning tayyorgarligini majmuaviy nazorat qilishni stabil va informativ testlarini 
belgilash. 
3. Yosh futbolchilar tayyorgarligini chegaralovchi tomonlarini oshirishga yoʻnaltirlgan metodikasi va 
vositalarini tajribada asoslash.
Qoʻyilgan vazifalarni hal qilish uchun quyidagi tadqiq qilish uslublaridan foydalanilgan:
1. Oʻrganiladigan masala boʻyicha adabiy ma’lumotlarni tahlil qilish. 
2. Amaliy tajribani umumlashtirish. 
3. Anketa soʻrovi. 
4. Umumiy, maxsus, jismoniy tayyorgarlik va texnik mahoratni nazorat qilish. 
5. Sportchilarning funksional holatini test orqali baholash. 
6. Matematik statistika uslublari. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling