“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
PM. MS. Sport
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot uslubiyati
Ishning maqsadi. Sog’lomlashtiruvchi aerobika boʻyicha majmua dasturlarini ishlab chiqish asosida
turli yoshdagi sportchilarning harakat faolligini oshirish. Tadqiqotning vazifasi: ➢ turli tuzilmalarda aerobikaning sog’lomlashtirish yoʻnalishi boʻyicha mashg’ulotlarni oʻtkazish xususiyatlarini oʻrganish; ➢ turli yoshdagi sportchilarga sog’lomlashtiruvchi aerobika mashqlariga oʻrgatish uslubiyati boʻyicha olimlarning fikr va mulohazalarini tahlil qilsh; ➢ turli yoshdagi sportchilarga sog’lomlashtiruvchi aerobika mashqlariga oʻrgatish uslubiyati boʻyicha olimlarning fikr va mulohazalarini tahlil qilsh asosida sog’lomlashtiruvchi aerobika boʻyicha dasturlar ishlab chiqish. Tadqiqot uslubiyati 1. Adabiyot manbalarini tahlil qilish. 2. Anketalash. 3. Pedagogik kuzatuv. 4. Antromometrik oʻlcham. 5. Nazorat sinovlari uslubiyati. 6. Pedagogik tajriba. 7. Matematik statistika uslubiyati. Barcha sport turlari kabi, sog’lomlashtiruvchi aerobikada uzoq faollik bilan bog’liq hamma faoliyatlarda biz oʻrgatish muammolari bilan toʻqnash kelamiz. Aerobika boʻyicha murabbiylar uchun eng muhimi, shug’ullanuvchilarga nafaqat chiroyli harakatlanishni, balki mashqlarni bajarish texnikasini toʻg’ri ijro etishga oʻrgata olishdir. Shuning uchun toʻg’ri oʻrgatish muammolari, aerobikada eng sodda harakatlarni oʻzlashtirishda ham dolzarb boʻlib qolmoqda. Maxsus adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatadiki [16, 17], mashqlarga oʻrgatish - bu oʻqituvchi va oʻquvchidan harakatlarni rejali va uslubiy toʻg’ri tashkil qilishni talab qiluvchi pedagogik jarayondir. U oʻrgatishning asosiy vazifalarini yechishga yoʻnaltirilgan. Shug’ullanuvchilarning harakat bilim va koʻnikmalarini shakllantirish, jismoniy sifatlarini kompleks rivojlantirish ma’naviy-irodaviy sifatlarini tarbiyalashdir. Sog’lomlashtiruvchi aerobika boʻyicha mashg’ulotlar, vositalar tanlovi, alohida mashqlar me’yori va navbatlashuvi, hamda ularni bajarilish tempiga koʻra farqlanadi. Lekin, mashg’ulotlarning xilma-xil variantlari yagona shakl va tuzilish qonuniyatiga boʻysunadi [8, 16]. Eng katta tuzilma birligi, majmua hisoblanib u oʻz navbatida qismlarga boʻlinadi, qismlar esa kichik seriyalarga boʻlinib, mashqlar zanjiridan tashkil topadi. Mashqlardan kombinastiyalar, bog’lamlar tashkil qilinadi. Bir qator mualliflarning ma’lumotlari boʻyicha [2, 4], sog’lomlashtirish aerobika mashg’ulotlari aerobika darsi shundan iboratki, oʻquv jarayonini malakali instruktor boshqaradi. Barcha darslar kabi, aerobika sinfining mashg’ulotlari ham tayyorlov, asosiy va yakuniy qismlardan iborat. Y.V.Menxin, A.V.Menxin (2002) aerobika boʻyicha mashg’ulotlarning tuzilishi oʻrtacha 60 daqiqa tashkil qiladi, tayyorlov qismning davomiyligi mashg’ulotning umumiy vaqtini 5-10% ni; asosiy qism-80- 85%; yakuniy qism esa 5-15% ni tashkil qiladi deb hisoblaydilar. Yetarli darajada shug’ullanganlar bilan 60 daqiqali mashg’ulot tuzilishi boʻyicha 90 daqiqa shug’ullanish mumkin. (O.A.Lomova 2002, M.L.Juravina, N.K.Menshikova 2002, J.K.Xolodov. V.S.Kuznestova 2002). Sportdagi kabi, sog’lomlashtiruvchi aerobikada oʻrgatish jarayoni shug’ullanuvchilar va instruktorlarning aniq tizimini oʻzida namoyon qiladi. Bu harakatlar ongli bog’lanishga egadir va vaqt boʻyicha ketma-ket taqsimlangan. Ta’limning aniq vazifalarini navbatma-navbat yechish alohida bosqichlarga boʻlish imkoniyatiga asoslanadi [3, 5, 7]. Oʻrgatish jarayonining III - bosqichi ajratiladi: Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling