“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883


“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/200
Sana05.04.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1275590
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   200
Bog'liq
PM. MS. Sport

“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son 
19 
Mehriddin ABDULLAYEV 
Buxoro davlat universiteti professori, 
pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) 
Zarina TURAYEVA 
Buxoro davlat universiteti magistranti 
 
TURLI YOSHDAGI SPORTCHILARGA SOG’LOMLASHTIRUVCHI AEROBIKA 
MASHQLARIGA OʻRGATISH USLUBIYATI 
Ushbu maqolada sog’lomlashtiruvchi aerobika boʻyicha majmua dasturlarini ishlab chiqish asosida 
turli yoshdagi sportchilarga sog’lomlashtiruvchi aerobika mashqlariga oʻrgatish boʻyicha ishlar tahlil 
qilingan va yetakchi olimlarning fikr va mulohazalariga tayanib sog’lomlashtiruvchi aerobika mashqlariga 
oʻrgatish uslubiyati ishlab chiqilgan. 
Kalit soʻzlar: salomatlik, aerobika, step-aerobika, sheyping, akva aerobika, noana’naviy turlar. 
В данной статье на основе разработки комплексных программ оздоровительной аэробики 
проанализирована работа по обучению спортсменов разного возраста упражнениям оздоровительной 
аэробики и разработана методика обучения упражнениям оздоровительной аэробики, основанная на 
мнениях и отзывах ведущих ученых.
Ключевые слова: здоровье, аэробика, степ-аэробика, шейпинг, аквааэробика, нетрадиционные 
виды. 
In this article, work on the development of health-improving aerobics programs has been analyzed on 
the basis of teaching health-improving aerobics exercises to athletes of different ages, and the method of 
teaching health-improving aerobics exercises has been developed, relying on the opinions and feedback of 
leading scientists.
Key words: health, aerobics, step-aerobics, sheyping, aqua aerobics, non-traditional species. 
Kirish. Salomatlik nafaqat jismoniy tarbiya bilan bog’liq, hozirgi paytga kelib oʻquvchilarning harakat 
faoliyatini toʻg’ri shakllantirish, shaxsni har tomonlama garmonik rivojlantirishdan iboratdir. 
Afsuski, zamonaviy oʻquvchi qizlarning harakat faoliyati yetarli darajada emas. Buning natijasida turli 
kasalliklarga moyillik yuqori darajada qayd etilmoqda. Albatta, bu koʻrinishdagi tendensiya nasliy emas balki 
bu jismoniy mashqlarni bajarmaslik va jismoniy tarbiya darslariga kam qatnashish oqibatidir. Jismoniy tarbiya 
darslarida harakatlanish talablarining faqatgina 40-60% qondiriladi, 25%dan kam oʻquvchilar doimiy jismoniy 
tarbiya va sport faoliyatiga jalb qilingan, darsdan tashqari jismoniy tarbiya faoliyati bilan 30-35% gina qizlar 
shug’ullanadilar. 
Harakat tanqisligi organizmning oʻsish va shakllanish davrida juda xavfli hisoblanadi. Demak, 
zamonaviy oʻquvchilar va talabalarning katta qismida saqlanib qolinadigan turli xil kasalliklar uchraydi
jismoniy rivojlanish va tayyorgarlik esa koʻpincha yosh me’yorlariga javob bera olmaydi.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling