“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/200
Sana05.04.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1275590
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   200
Bog'liq
PM. MS. Sport

Asosiy qism. Oʻquv muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini sog’lomlashtirish samaradorligini 
oshirish yoʻllaridan biri - bu ayollar talabiga mos keluvchi hamda qizlar va ayollar orasida ancha ommalashgan 
jismoniy tarbiyaning yangi turlarini va shakllarini tadbiq qilish bilan oʻquvchilardan harakat faolligini 
kengaytirishdir. 
Shu maqsadda foydalaniladigan koʻp turli vositalar orasida asosiy gimnastika, oʻquv muassasalarida 
asosiy bazaviy jismoniy tarbiya hisoblanadi. Qat’iy gimnastika yoʻnalishidagi mashqlar bilan bir qatorda
oʻquvchi yoshlar orasida ommalashgan, harakat faollik turlaridan biri sog’lashtiruvchi aerobika - qizlarni 
jismoniy tarbiyaga jalb qilishning eng qulay uslubi hisoblanadi. 
Barcha uchun mashg’ulotlarning boshlang’ich rivoji sog’lomlashtiruvchi mashg’ulot hisoblangan 
aerobika - harakat goʻzalligi, plastika, ijodiy yondashuvni estetik rivojlantiradi - jismoniy va funksional 
tayyorgarlikni oshiradi sog’liqni mustahkamlaydi.
Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bir qator tadqiqotlar oʻtkazilgan: step-aerobika [4], kuch turlari [2], 
sheyping [3], akva aerobika [1, 4], noana’naviy turlar [3]. 
Shug’ullanuvchilar organizmiga sog’lomlashtiruvchi aerobika turlarining ta’sirini oʻrganish boʻyicha 
tadqiqotlar (V.N.Seluyanov 2001, T.S.Lisistkaya 2002, V.S.Cheburaev 2002 va boshqalar) shuni koʻrsatadiki, 
yoshlar orasida kompleks mashg’ulotlar eng ommabop boʻlib, turli vositalarni oʻz ichiga oladi. 
Ammo bu sohada mavjud kam sonli ishlanmalar, tizimli tavsifga ega emas: 
- birinchidan turli tayyorgarlik darajasiga ega boʻlgan shug’ullanuvchilar uchun qulay 
sog’lomlashtiruvchi aerobika vositalari aniqlanmagan; 
https://buxdu.uz


“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son 
20 
- ikkinchidan, darsda va darsdan tashqari vaqtida oʻtkaziladigan asosiy va qoʻshimcha tadbirlar 
shaklidagi mashg’ulotlarni oʻtkazish va oʻrgantish uslubiyati ishlab chiqilmagan; 
- uchinchidan, sport-sog’lomlashtirish markazlari amaliyotida foydalaniladigan majmua dasturlari oʻta 
murakkab. 
Turli yoshdagi sportchilar bilan aerobikaning sog’lomlashtiruvchi turlari bilan mashg’ulotlar oʻtkazish 
muammolari juda dolzarb boʻlib samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba tadqiqotlarni talab qiladi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling