Qarori xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘G‘risida


Download 105.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana27.02.2023
Hajmi105.07 Kb.
#1235154
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
210-сон 14.04.2021



Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.11.2022
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH DAVLAT MAQSADLI JAMG‘ARMASI FAOLIYATINI
TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat
hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son 
qarori
ijrosini ta’minlash, shuningdek, Xotin-qizlarni qo‘llab-
quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar
Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat
hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son 
qaroriga 
muvofiq:
a) Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Xotin-qizlarni
qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) sifatida qayta
tashkil etilganligi;
b) quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul
qilinsin:
og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan
shaxslar, nogironligi bo‘lgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz
oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga uy-joylarning
boshlang‘ich badalini to‘lab berish;
xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lig‘ini saqlash, ayollar sportini
rivojlantirish, mehnat va o‘qish sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga
ko‘maklashish;
xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat
banklariga resurs mablag‘larini belgilangan tartibda joylashtirish;
xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni
egallashi uchun zarur sharoitlar yaratish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashish.
2. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq har
yili 300 milliard so‘mgacha bo‘lgan miqdorda ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari;
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan
olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy
tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
3. Quyidagilar:
Jamg‘armaning maqsadi, asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini, Jamg‘armani
boshqarish, mablag‘larini shakllantirishni hamda faoliyat yuritish tartibini nazarda tutuvchi Xotin-
qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 
1-ilovaga 
muvofiq;
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Vasiylik kengashi tarkibi 
2-
ilovaga 
muvofiq;
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasi
xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari 
3-ilovaga 
muvofiq
tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:


Jamg‘arma Vasiylik kengashi va Ijro etuvchi direksiyasi Jamg‘armaning boshqaruv organlari
hisoblanadi;
Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi Vasiylik kengashi raisi vazifasini amalga
oshiradi;
Vasiylik kengashi tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Respublika xotin-qizlar
jamoatchilik kengashining qarori bilan amalga oshiriladi;
Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi har yil yakuni bo‘yicha Vasiylik kengashiga Jamg‘arma
faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;
Jamg‘arma xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun qonunchilik hujjatlarida
belgilangan mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirishning barcha shartlari qo‘llanilsin.
5. Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasiga direksiyaga ajratilgan mablag‘lar hisobidan bitta yengil
avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 
4-ilovaga 
muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 
5-ilovaga 
muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini
yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi manfaatdor vazirliklar
va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu
qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi
mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri R.T. Mamatov zimmasiga yuklansin.

Download 105.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling