5-bob. Jamg‘armaning faoliyati ustidan nazorat qilish
28. Jamg‘armaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish Vasiylik kengashining qaroriga binoan
Jamg‘armaning yillik faoliyati yakunlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
29. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli
foydalanilishini nazorat qiladi.
30. Vasiylik kengashining talabiga ko‘ra Direksiya tomonidan Jamg‘armaning moliyaviy
faoliyati to‘g‘risidagi barcha hujjatlar taqdim etilishi shart.
31. Jamg‘armaning moliyaviy faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Vasiylik kengashi:
hisobotlar va boshqa moliyaviy hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchli ekanligiga baho
beradi;
buxgalteriya hisobi yuritilishi va moliyaviy hisobot taqdim etish tartibi buzilganligi hollari
to‘g‘risidagi ma’lumotni;
aniqlangan
huquqbuzarliklarni
bartaraf
etish
yuzasidan
tavsiyalar,
shuningdek,
Jamg‘armaning moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirishga oid takliflarni o‘z ichiga olgan qaror
qabul qiladi.
6-bob. Hisobga olish va hisobot
32. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobot har chorakda Vasiylik
kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va Direksiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligiga taqdim etiladi.
33. Jamg‘arma buxgalteriya va statistika hisobi hamda hisobotini yuritadi, O‘zbekiston
Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa to‘lovlarni to‘laydi.
34. Direksiya har yil yakuni bo‘yicha Vasiylik kengashiga Jamg‘arma faoliyati natijalari
to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
35. Jamg‘armaning buxgalteriya balansi hisobot yilidan keyingi yilning 31-martiga qadar
Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
36. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga
muvofiq javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-
apreldagi 210-son
qaroriga
2-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |