Qarori xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘G‘risida
Download 105.07 Kb. Pdf ko'rish
|
210-сон 14.04.2021
qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-apreldagi 257-son qarorining 5-bandi va qarorga 1-ilovaning 8-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi” so‘zlari “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 12-apreldagi 285-son qarorida: a) 3-banddagi “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi” so‘zlari “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 4-bandning uchinchi hatboshisidagi “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi” so‘zlari “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovada : 21-banddagi “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining” so‘zlari “Xotin- qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasining” so‘zlari bilan almashtirilsin; 22-banddagi “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga” so‘zlari “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 24-banddagi “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi” so‘zlari “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 15-apreldagi 228-son qarorida : a) 3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “har yili O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi tomonidan asoslangan hisob-kitoblarga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar”; b) O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom (2-ilova)ning 4-bandi uchinchi xatboshisidagi “Xotin-qizlar va oilani qo‘llab quvvatlash jamoat fondiga har yili O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘larning 20 foizi” so‘zlari “har yili O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi tomonidan asoslangan hisob-kitoblarga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi 820-son qarorida : a) 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi” so‘zlari “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarida mashg‘ulotlarni tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ilova)ning 18-bandidagi “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020- yil 10-iyundagi 367-son qaroriga quyidagi mazmundagi 8 band qo‘shilsin: “8 . institutga yuklatilgan asosiy vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar, shuningdek, “Mahalla va oila” institutining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda institutda bajariladigan ilmiy- amaliy loyihalar uchun mablag‘lar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan institutning budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.” Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14- apreldagi 210-son qaroriga 5-ILOVA Download 105.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling