Qarori xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘G‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Download 105,07 Kb. Pdf ko'rish
|
210-сон 14.04.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bob. Jamg‘armaning maqsadi va vazifalari hamda huquq va majburiyatlari
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh., 2021-yil 14-aprel, 210-son Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14- apreldagi 210-son qaroriga 1-ILOVA Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) maqsadi, asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini, Jamg‘armani boshqarish, mablag‘larini shakllantirish va faoliyat yuritish tartibini belgilaydi. 2. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Vasiylik kengashining (keyingi o‘rinlarda — Vasiylik kengashi) qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi. 3. Jamg‘arma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Moliya vazirligining G‘aznachiligida hisobvarag‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan blankaga va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi. 4. Jamg‘armaning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi; qisqartirilgan nomi — Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi; b) rus tilida: to‘liq nomi — Gosudarstvenniy tselevoy fond podderjki jenщin; qisqartirilgan nomi — Fond podderjki jenщin; v) ingliz tilida: to‘liq nomi — State Trust Fund for Women’s Support; qisqartirilgan nomi — Fund for Women’s Support. 2-bob. Jamg‘armaning maqsadi va vazifalari hamda huquq va majburiyatlari 5. Jamg‘armaning asosiy maqsadi xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, shu jumladan, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga moddiy yordam ko‘rsatish, xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashda ko‘maklashishdan iborat. 6. Jamg‘armaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarga, nogironligi bo‘lgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga uy-joylarning boshlang‘ich badalini to‘lab berish; xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lig‘ini saqlash, ayollar sportini rivojlantirish, mehnat va o‘qish sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashish; xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklariga resurs mablag‘larini belgilangan tartibda joylashtirish; xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashish. 7. Jamg‘arma o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega: qonunchilik hujjatlariga muvofiq ushbu Nizomda nazarda tutilgan faoliyatni ta’minlash uchun Vasiylik kengashining qarori asosida mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish; davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslardan Jamg‘arma vakolatlariga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur axborotlarni so‘rash va olish; g‘aznachilikdagi o‘z hisobvaraqlarida ushbu Nizomda belgilangan manbalardan tushadigan mablag‘larni jamg‘arish; Jamg‘arma tomonidan ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish, huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat etish hamda moliyalashtirishni belgilangan tartibda to‘xtatish; vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida depozitlarga joylashtirish; Jamg‘arma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. Jamg‘arma qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 8. Jamg‘arma o‘z vakolatlarini amalga oshirayotganda: qonunchilik hujjatlari, ushbu Nizom talablari va Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi hamda Vasiylik kengashi qarorlarini to‘liq hamda o‘z vaqtida bajarishi; Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishini nazorat qilishi; o‘z faoliyatini amalga oshirish chog‘ida olingan axborotning tarqatilishi qonun bilan cheklangan bo‘lsa, uning maxfiyligiga rioya etishi shart. Jamg‘armaga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin. Download 105,07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling