Qarori xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘G‘risida
-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va sarflash
Download 105.07 Kb. Pdf ko'rish
|
210-сон 14.04.2021
4-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va sarflash
19. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 20. Jamg‘armaga uning daromadlari bo‘yicha tushayotgan mablag‘lar Moliya vazirligi G‘aznachiligidagi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 21. Jamg‘arma mablag‘lar tushishining to‘liqligini nazorat qilish Vasiylik kengashi tomonidan amalga oshiriladi. 22. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘lari sarflanadigan asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi: Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi va Jamg‘armaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish; xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni, hunarmandchilikni tashkil etishda hamda shunday faoliyat uchun imtiyozli kreditlar ajratishda ko‘maklashish; xotin-qizlarga belgilangan tartibda subsidiyalar va grantlar ajratish; yosh qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy negizlari va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha maqsadli ishlar olib borilishiga ko‘maklashish; og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash; xotin-qizlarni kasblarga o‘rgatish va bandligini ta’minlashga ko‘maklashadigan hamda ularning muammolari bilan shug‘ullanadigan nodavlat notijorat tashkilotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga Vasiylik kengashi tomonidan ishlab chiqilgan tartib asosida grant mablag‘larini ajratish; zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarning moslashuviga va salomatliklarini mustahkamlashga ko‘maklashish, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash; Vasiylik kengashi talabnomasiga asosan xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan dasturiy ishlanmalarini, innovatsion g‘oyalarini, ixtirochilik, ratsionalizatorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash; Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasining murojaati asosida o‘rganishlar davomida aniqlangan og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ko‘maklashish xarajatlarini moliyalashtirish; Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tomonidan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlarni tashkil etishga ko‘maklashish, O‘zbekiston delegatsiyasining xalqaro tadbirlarda ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlarini qoplashga ko‘maklashish; xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan ishlash, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha davlat va jamoat tashkilotlari bilan aloqalar hamda xotin-qizlar muammolari bilan ishlash yo‘nalishlaridan kelib chiquvchi tadbirlarni, shu jumladan, xalqaro tadbirlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash; xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik markazlarida tashkil etilgan o‘quv kurslarini olib borgan mutaxassislarga soatbay haq to‘lash; (22-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6- oktabrdagi 624-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2021-y., 09/21/624/0940- son) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlis Senati hujjatlarida xotin-qizlarni qo‘llab- quvvatlashga doir belgilangan vazifalarni bajarish; Direksiyani saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash. 23. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasi Vasiylik kengashiga kelishish uchun kiritiladi hamda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Moliya vazirligiga taqdim etiladi. 24. Jamg‘armadan pul mablag‘larini ajratish tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi hamda Vasiylik kengashining qarori asosida amalga oshiriladi. 25. Jamg‘arma mablag‘larini sarflash Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan smetasiga muvofiq uning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi. 26. Direksiya Jamg‘armaga ajratilgan mablag‘lardan foydalanilishi va keyingi hisobot davrida kutilayotgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqish uchun Vasiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga kiritadi. 27. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi. Download 105.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling