O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan


Download 55.5 Kb.
bet1/17
Sana16.11.2023
Hajmi55.5 Kb.
#1778176
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
bhms 19 inventarizatsiya











O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan
Vazir o‘rinbosari
E. GADOYEV
1999-yil 19-oktabr
EG/17-19-2075-son
“TASDIQLANGAN”
INVENTARIZATSIYANI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBINING MILLIY STANDARTI
19-SONLI BHMS
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 2-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 833]
1. Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur buxgalteriya hisobi milliy standarti (keyingi o‘rinlarda — standart) “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan.
1.2. Mazkur standart asosiy faoliyati budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarni qo‘shgan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasi hamda uning natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
1.3. Inventarizatsiyaning asosiy maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash;
haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish;
majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish.
1.4. Xo‘jalik yurituvchi subyektning joylashgan joyidan qat’i nazar, barcha aktivlari va majburiyatlari inventarizatsiya qilinadi.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xo‘jalik yurituvchi subyektga qarashli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’ul saqlashda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulk inventarizatsiya qilinishi kerak.
Mol-mulkni inventarizatsiyasi uning joylashgan joyi va moddiy javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi.
1.5. Quyidagi hollarda inventarizatsiya o‘tkazilishi majburiy:
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat korxonasini o‘zgartirish (davlat tasarrufidan chiqarilgan) da;
(1.5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, bundan inventarizatsiyasi hisobot yilining 1-oktabridan keyin o‘tkazilgan mol-mulk mustasno. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar” (ro‘yxat raqami 1595, 2006-yil 17-iyul)ga muvofiq tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi bir yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar” (ro‘yxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar)ga muvofiq asosiy vositalar inventarizatsiyasi ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta amalga oshiriladi.
Pul mablag‘lari, pul hujjatlari, qiymatliklari va qat’iy hisobdagi blanklar inventarizatsiyasi oyda bir marta, yonilg‘i-moylash materiallar, oziq-ovqat mahsulotlar — har chorakda, qimmatbaho metallar — tarmoq yo‘riqnomalariga muvofiq o‘tkaziladi.
Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish zaxiralar inventarizatsiyasi ular eng kam miqdorda qolgan davrda o‘tkaziladi:
asosiy vositalar va tovar-moddiy qiymatliklar qayta baholanganda;
moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish — topshirish kunida);
o‘g‘irlik yoki suiiste’mol, shuningdek, qiymatliklarni buzilishi faktlari aniqlanganda;
tabiiy ofatlar, yong‘inlar, falokatlar yoki g‘ayritabiiy sharoitlar yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda;
Oldingi tahrirga qarang.
xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilik hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
(1.5-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
1.6. Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarizatsiya jamoa rahbari o‘zgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq a’zolari chiqib ketganda, shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta a’zolari talabi bilan o‘tkaziladi.

Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling