Pedagogik mahorat
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish
Download 0.84 Mb.
|
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish, birinchi navbatda, ta’limning para- digmasini o‘zgartiradi. Agar ta’lim tizimida o‘qitish ustuvor sanalgan bo‘lsa, hozirgi kunda jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik o‘qishga va o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Shu sababdan ta’limning o‘qi- tuvchi-darslik-o‘quvchi paradigmasi o‘quvchi-darslik-o‘qituvchi paradig- masi bilan o‘rin almashmoqda. O‘qituvchi endilikda yangi statusga ega bo‘ladi, endi uning vazifasi o‘quvchilarda mustaqil bilim olish imko- niyatlarini yaratish va ijodiy faoliyatlarini tashkil etish, bilimlarni mus- taqil egallash va ularni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatishdan iborat. O‘qi- tuvchi bunday maqsadlarda o‘qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday tanlashi kerakki, u o‘quvchilarga nafaqat tayyor bilimlarni o‘z- lashtirishlarida, balki bilimlarni turli manbalardan izlash, mustaqil egallash, o‘zlarida shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni asoslashi va avvalgi egallangan bilimlardan yangilarini olishda foydalanish imko- niyatini yaratishi kerak. Bunday o‘qitishni “rivojlantiruvchi” ham deb atash mumkin.
Bilimlarni o‘zlashtirish fikrlashni rivojlantiruvchi muhim omil hisob- lansada, bilimlarni har qanday o‘zlashtirish yoki egallash o‘quvchining fikrlashiga rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatmaydi. Buning uchun bilimlarni o‘zlashtirishning faoliyat shakllarini faollashtirish lozim. Egallangan bi- limlarni oddiygina qaytarish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlarini rivoj- lantirishda yetarli manba bo‘lolmaydi. Faol bilish, mustaqil fikrlash fao- liyati juda zarurdir. Bilimlarni mustaqil egallash faoliyati va olingan bilimlarni qo‘llash jarayoni yangi bilimlarning shakllanishiga, o‘quv- chining samarali fikrlash manbaiga aylanadi. Shu sababdan mamlakatimizda va jahonning rivojlangan davlatlarida ta’lim sohasini isloh qilish jarayonida pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi, zarur axborotlarni mustaqil izlab topish, muammoni qo‘ya bilish va uning echimini hal etish, olingan bilimlarni tanqidiy tahlil eta olish va ushbu bilimlar asosida yangi masalalarni echishda qo‘llash uchun yo‘naltirilgan. Endilikda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning zaruriy- ligi barchaga ayon bo‘lmoqda. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling